Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.6K photos
1.89K videos
121 files
4.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#hamkorlik #seminar

“Soliq maʼmuriyatchiligini diagnostik baholash vositasini qoʻllash” mavzusida oʻquv-seminari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasida Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mutaxassislari ishtirokida “Soliq maʼmuriyatchiligini diagnostik baholash vositasini qoʻllash” boʻyicha oʻquv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Oʻquv-seminar maqsadi – mamlakatimiz soliq ma’murchiligini takomillashtirish va soliqlarning yig'iluvchanligini oshirish.

Joriy yilning 5-iyun kuni start olgan seminarda Avstraliya, Yaponiya va Pokiston davlatlaridan iqtisodchi va soliq sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan ilmiy va amaliy taqdimotlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu turdagi o‘quv-seminarlari soliq xizmati xodimlarini o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda soliq qonunchiligini xalqaro standartlar asosida takomillashtirib borishga xizmat qiladi.
___________
#сотрудничество #семинар

Семинар-тренинг по применению инструмента диагностической оценки налогового администрирования

В Налоговом комитете при Министерстве экономики и финансов c участием специалистов Азиатского банка развития и Международного валютного фонда проходит семинар на тему «Применение инструмента диагностической оценки налогового администрирования».

Цель учебного семинара - совершенствование налогового администрирования в стране и повышение собираемости налогов.

В ходе семинара, стартовавшего 5 июня этого года, ведущие специалисты экономической и налоговой сферы из Австралии, Японии и Пакистана проводят научно-практические презентации.

Такие обучающие программы способствуют повышению знаний и навыков сотрудников налоговой службы, а также совершенствованию налогового законодательства на основе международных стандартов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#solishtirima_dalolatnoma

My3.soliq.uz da solishtirma dalolatnoma va shaxsiy kartochka

Elektron soliq xizmatlari portalining yangi talqiniga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan solishtirma dalolatnoma va shaxsiy kartochkalar endi my3.soliq.uz saytida shakllantirilmoqda.

Interaktiv xizmatdan foydalanishning 2 usuli bor:

1. My.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YShlarning solishtirma dalolatnomalari” xizmatiga kiriladi. “Shaxsiy kartochka” va “Solishtirma dalolatnoma” qismida joylashgan ko‘k rangli oynadagi tegishli havolalar orqali my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga o‘tiladi (avtorizatsiyadan o‘tish talab etilmaydi).

2. My3.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kiriladi. “Xizmatlar” oynasidagi “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida “Yuridik shaxslarning soliqlari bo‘yicha solishtirma dalolatnomalari”ga o‘tiladi.

“Shaxsiy kartochka” bo‘limida ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha hudud va tuman aks ettiriladi. Kerak bo‘lsa, boshqa hudud va tuman hamda yil, soliq turi va jadval shaklini (“Qisqa” yoki “To‘liq”) tanlab, “Ko‘rsatish” tugmasi bosiladi.
Quyida ochilgan jadvalda ko‘rsatilgan soliq turi va davri bo‘yicha barcha kerakli ma’lumotlar shakllanadi. Uni Excel formatda yuklab olish mumkin (ma’lumot avtomatik ko‘rinmasa, “Yangilash” tugmasini bosish lozim).

“Solishtirma dalolatnoma” bo‘limida ham ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha hudud va tuman aks ettiriladi. O‘lchov birligi hamda sana belgilanib, “Ko‘rsatish” funksiyasi tanlanadi.
Quyida ochilgan jadvalda, ko‘rsatilgan sanaga solishtirma dalolatnoma shakllanadi. Agar ma’lumot avtomatik aks etmasa, “Shakllantirish” tugmasini bosish lozim. Solishtirma dalolatnomani pdf yoki Excelda yuklab olish mumkin.

Agar hududdagi soliq majburiyatlari o‘zgarsa, yoki yangi majburiyatlar yuzaga kelsa, ular bo‘yicha shaxsiy kartochka va solishtirma dalolatnoma yaratish uchun "Hududni yangilash" tugmasi bosiladi.

Ish jarayonida natijaga ta’sir qilmaydigan kichik o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#sayyor_qabul

♻️ Bekabod shahri Navro‘z MFY da aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔺Qabul jarayonida 40 nafar fuqaro hamda tadbirkorlardan jami 22 ta masalalar bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

✔️Uchrashuvda Bekobod shaxar Уoshlar ishlari agentligi xodimlari ham ishtirok etdi.

📌Ochiq muloqot moddiy yordam olish, sog‘liqni saqlash, bandlik, kadastr masalalari bo‘yicha, elektr, suv va boshqa masalalarda o'nga yaqin masalalar muhokama qilindi.

❇️Murojaatlarning 3 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 4 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun nazoratga olindi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Ish davri davomida malaka oshirish uchun nodavlat tashkilotlariga yo‘naltirilgan ish haqimdan daromad solig‘i to‘lanadimi?

Javob:Soliq to‘lovchining soliq davri davomida qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga (kursni tugatganlik to‘g‘risida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lganda) to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, BHMning 8 baravarigacha (2 mln 640 ming so‘mgacha) bo‘lgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Aholi murojaаtlari e’tiborda.

📌So‘ngi yillarda xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tamomila yangi tizimga asos solindi.

⚡️Birgina soliq xizmati organlariga tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan turli masalalarda bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlariga 2023 -yil 1-iyun holtiga ko‘ra jami 34 ming 821 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

💻 31 ming 399 tasi elektron;

💬 2 ming 639 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.

‼️Bugungi kungacha murojaatlarning

✔️19 ming 93 tasi ijobiy hal etilgan,

🔹279 tasida keltirilgan holatlar tasdiqlanmasdan rad etilgan,

🔎1278 tasi ko`rib chiqish jarayonida.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
🔰2023-yil may oyida Toshkent viloyatidan Soliq qo'mitasi Call-markazi (1198)ga 4324 ta murojaat yo‘llangan.
Toshkent viloyatida 117 ta soliq qarzi ko‘p bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari mavjud.

📊2023-yil 1-may holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln so‘mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 117 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi -58,7 mlrd so‘m. Shundan 29,9 mlrd so‘mi, ya’ni 50,9 %i soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 10-iyun
dam olish (shanba) kuniga to‘g‘i kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 12-iyunga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
_______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 10 июня - выходной день (суббота), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 12 июня.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 Налогового кодекса
👉ст.86 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM