Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#sektor

Davlat xizmatlari mahallalarga kirib bormoqda

Fuqarolarga sifatli va qulay xizmat koʻrsatish maqsadida davlat xizmatlari agentligi Boʻka tuman boʻlimining tuman DSI ga qarashli 4-sektor xududidagi "Boʻston" mahallasida filiali ishga tushdi.

Filial ishga tushishi 6 ta mahalla aholisi uchun qulaylik boʻldi, markazga borish xarajatlari va vaqt tejaladi.

Ushbu filial fuqarolarga 160 dan ortiq turdagi davlat xizmatlarini koʻrsata oladi.

Ochilish marosimida Boʻka tumani DSI boshligʻi 4-sektor raxbari Alisher Kadirov, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Oybek Muxamedxanov, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi Ilhomjon Abdusattorov, Xalq qabulxonasi Boʻka tumani boʻlimi mudiri Qidirali Poʻlatov va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Bo'ka tumani davlat soliq inspeksiyasi
#sport
#sektor_faoliyati
⛹️Sport bilan hamnafas yoshlar

🏸🏓Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni turli sport o‘yinlari bilan shug‘ullanishga jalb etish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlarning navbatdagisi “Sport bilan hamnafas yoshlar” shiori ostida Ohangaron tumanida tashkil etildi.

🤽🏐Ohangaron tumanining 4-sektor hududiga qarashli O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inidagi 12-umumiy ta’lim maktabida tashkil etilgan sport musobaqasida o‘quvchilar voleybol, shaxmat va shashka kabi sport turlari bo‘yicha bellashdilar.

🏆🥇Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga sektor rahbarining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#sektor_faoliyati
⛹️Sport bilan hamnafas yoshlar

🏸🏓Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni turli sport o‘yinlari bilan shug‘ullanishga jalb etish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlarning navbatdagisi “Sport bilan hamnafas yoshlar” shiori ostida Ohangaron tumanida tashkil etildi.

🤽🏐Ohangaron tumanining 4-sektor hududiga qarashli O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inidagi 12-umumiy ta’lim maktabida tashkil etilgan sport musobaqasida o‘quvchilar voleybol, shaxmat va shashka kabi sport turlari bo‘yicha bellashdilar.

✔️Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida ''Zakovot'' intellektual o‘yinlari ham tashkil etildi.

🏆🥇Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga sektor rahbarining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#sektor
⚡️ Ohangaron shahar 4-sektor hududidagi Qo‘rg‘on MFYda sektor rahbari A.Mo‘minov va shahar kengashi deputati va raisi S.Shadarova va homiy tashkilotlar hamkorligida imkoniyati cheklangan 23 ta oilaga 9476000 so‘mlik oziq-ovqat maxsulotlari tarkatdilar.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_himoya
#sektor_faoliyati

Xayrli va ezgu ishlar davom etmoqda. 

♻️ Ohangaron tumani 4-sektor rahbariyatining tashabbusi, sa’y-harakatlari bilan bugun sektor tasarrufidagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan 24 ta xonadon egalari holidan xabar olinib, oila ehtiyoji uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
#sektor_faoliyati
#sayyor_qabul

Zangiota tumani 4-sektorga qarashli "Dehqonobod" va "Chinor" MFYlarda sayyor qabul o‘tkazildi. Sektor xodimlari 20 dan ziyod elektr, gaz, suv ta'minoti bo'yicha aholi murojaatlarini qabul qilishdi.
Shuningdek, "Chinor" MFY hududida bunyod etilgan masjidga yaqin manzilda avtomashinalar uchun maxsus joy ajratishda amaliy yordam ko‘rsatish, chiqindilarni muddatida olib chiqish va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha qilingan murojaatlarni nazoratga olib, tegishliligi bo‘yicha batafsil tushuntirish berishdi.

🔰Shu bilan birga umumta'lim maktablarida isitish tizimidagi organishlar ham davom etdi.
4-sektor xodimlari hududda joylashgan 30, 38-sonli umumta'lim maktablarida bolib, isitish tizimidagi ayrim nosozliklar bo‘yicha holatni tegishli mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqib, muammoni hal etishda amaliy yordam berish choralarini kordilar.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#jarayon
#sektor_faoliyati

Zangiota tumani "O‘rikzor" MFYda 4-sektor xodimlari, tegishli tashkilotlarning vakillari, "O‘rikzor" MFY rahbariyati hamkorligida mahalla fuqarolari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Fuqarolar tomonidan suv, elektr ta’minoti, maishiy chiqindi, pensiyaga doir va boshqa mavzular yuzasidan murojaatlari tinglandi.

🔰Suv ta’minoti bo‘yicha quvurlar o‘rnatilib, yana amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar 2023-2024 yillarga rejalashtirilayotgani, pensiya yoki nogironligi bor fuqaroning boquvchisiga qanday pensiya miqdorlari o‘rnatilgani va buning uchun kimga murojaat qilinishi, qanday hujjatlar talab etilishi hamda boshqa bir qator mavzularda berilgan savollarga sektor xodimlari, tashkilotlar mutasaddilari va MFY rahbariyati tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#ijtimoiy_himoya
#sektor
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uy-joy bilan ta’minlanadi
.

🏠 Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishiga asosan “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 8 nafar yashash sharoitida muammosi bor Mehribonlik uylarining 30 yoshgacha bo‘lgan sobiq bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Buning uchun 1 milliard 440 million so‘m mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Tuman-shahar hokimlari muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash choralari ko‘riladi.
#sektor
Yangiyoʻl tumanidagi daftardagi yoshlarga yil boshidan buyon 1,5 milliarddan ortiq moddiy yordamlar koʻrsatildi
.

🔰Yangiyoʻl tumanida joriy yil boshidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 1 milliard 526 million 96 ming 236 soʻm pul mablagʻi quyidagi yoʻnalishlarda sarflandi:

☑️26 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam pullari ajratilib, 1 milliondan tarqatildi;

41 nafar yoshlarga subsidiya tartibida 423 million soʻm evaziga tikuv mashinasi, motokultivator, kompyuter uskunalari olib berildi;

109 nafar yoshga “Talabaga madad” loyxasi doirasida jami 653 million 245 ming 636 soʻm miqdorida badal pullari toʻlab berildi;

‼️26 nafar yoshga safarbarlik chaqruv rezerfiga jami 168 million 157 ming 600 soʻm miqdorda badal pullari oʻtkazib berildi;

♦️2 nafar yosh haydovchilik kursida oʻqitish uchun 2 million 400 ming soʻm sarf etildi;

📌6 nafar yoshning jarrohlik amaliyoti uchun jami 73 million 293 ming soʻm mablagʻ oʻtkazildi;

📎25 nafar yoshlarga zamonaviy kasbga oʻqitish uchun jami 180 million soʻm miqdorda pul mablagʻlari ajratildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sektor_faoliyati
#xayriya

🔰Mahalla obodligi yo'lida 4-sektor tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda ijtimoiy ta'minotga muhtoj oilalarga berilayotgan ko'maklar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sektor faoliyati

O‘RTA CHIRCHIQ TUMANI_QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK_18.07.2024