Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12K photos
1.64K videos
109 files
3.67K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Maqsad qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish

Ayrim elektron nashrlarda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda tutilgan normalarga Savdo-sanoat palatasi o‘z pozitsiyasini bildirgani haqida maqola eʼlon qilindi.

Maqolada keltirilgan holatlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi o‘z munosabatini bildiradi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-599-son, 30.12.2019-y.) 1-moddasiga muvofiq Hukumat qarorlarini Soliq kodeksiga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

Mazkur qaror loyihasida yangi tahrirda qabul qilingan va 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksi bilan rasman bekor bo‘lgan va foydalanilmayotgan, biroq qator Hukumat qarorlarida saqlanib qolgan soliq imtiyozlari bekor qilinishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Soliq kodeksida kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditini tashkil etish va o‘tkazishning yangi normalari belgilanganligi bois, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 280-son qarori 2-bandini mazkur Soliq kodeksi normalari bilan muvofiqlashtirish taklif etilgan.

Taʼkidlash lozimki, qaror loyihasida hozirgi kunda amal qilib turgan soliq imtiyozlarini bekor qilish hamda yangi turdagi soliq tekshiruvlarini joriy etish nazarda tutilmagan.

Mazkur qaror loyihasi vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida. Qaror loyiha hujjati ularning taklif va eʼtirozlari asosida qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi hamda asoslangan takliflar bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Maqsad – teng raqobat sharoitini yaratish va insofli soliq to‘lovchilarni himoyalash

Davlat soliq qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq organlari tomonidan davlat organlari maʼlumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardagi Savdo - sanoat palatasining xulosasi bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qiladi:

Soliq organlari soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida ularning soliq organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obro‘sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi uchun sharoit yaratishga eʼtibor qaratmoqda.

soliq.uz” saytida “shubhali” korxonalar ro‘yxati doimiy ravishda yangilanib borilmoqda, hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish elektron tizimida yetkazib beruvchi va xaridorlarning soliq uzilishlari koeffitsiyenti aks ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan birja savdolarida hamda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron savdo va tenderlarda soliq xavfi darajasidan kelib chiqqan holda ishtirok etish huquqini belgilovchi tartib ishlab chiqishning nazarda tutilishi ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy zanjiri hisoblanadi.

Qayd etish lozimki, ushbu taklif aynan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilib, ular tomonidan birja g‘olibi bilan ishlashga majburligi, kontragentni tanlash va uni tekshirish imkoniyati yo‘qligi va bu o‘z navbatida ularning soliq uzilishi koeffitsiyenti hamda QQS bo‘yicha hisobga olinishi lozim summaga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganligi bildirilgan edi.

Masalan, DSQning
rasmiy saytida eʼlon qilingan “shubhali” korxonalar ro‘yxatidagi subyektlardan 258 tasi 2021-yil tovar-xomashyo birjasidan jami 1,2 trln so‘mlik yuqori likvidli tovarlarni sotib olib, kontragent korxonalarga kirim qilinmagan boshqa turdagi tovarlarni realizatsiya qilganligi va ular bilan ishlagan 17,3 mingta kontragent korxona tomonidan 971,5 mlrd so‘mlik QQS asossiz hisobga olinganligi qayd etilgan.

👉
Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Xarid cheklarini berish bilan bog‘liq tekshirishlar to‘g‘risida

Davlat soliq qo‘mitasi oxirgi vaqtlarda xarid cheklarini berish bilan bog‘liq o‘tkazilayotgan sayyor soliq tekshirishlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim postlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Soliq organlari maʼmurchilikni amalga oshirishda quyidagilarga tayanadi:
🔸tadbirkorlar uchun bir xil sharoitdagi muhitni yaratishga erishish;
🔸“yashirin” iqtisodiyotga barham berish.

Shuningdek, Xalqaro moliya institutlari va professional ekspertlarning tahlil va xulosalari respublikamizda yashirin iqtisodiyotning ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lib, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida bu ko‘rsatkich 70 foizgacha yetishi maʼlum qilingan.

Shu munosabat bilan xufiyona iqtisodiyotni jilovlashga qaratilgan soliq maʼmurchiligining zamonaviy instrumentlari qatorida, chek bermaslik, plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlari ustidan keng jamoatchilik nazorati instituti ishga tushirilib, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish uchun “Soliq” mobil ilovasi amaliyotga kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlarga fuqarolarning faol ishtiroki kuzatilib, yil boshidan buyon 13 mingga yaqin fuqarodan 66 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar asosida nazorat tadbirlarini o‘tkazishdan oldin, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilganidek hech qanday tahlillarsiz emas, ularning har biri sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilmoqda:

Onlayn kassa mashinalari orqali urilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilib, murojaatchining xabari asosliyligi bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat kassa mashinasi ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.

Aynan shunday tahlillar natijasi bilan 30 mingga yaqin murojaat bo‘yicha tekshirish o‘tkazish rad etilgan.

Lekin, qolgan qismi tekshirilganda - afsuski 97 foizida haqiqatda chek urilmaganligi bo‘yicha murojaatchilarning xabari tasdig‘ini topdi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar soliq to‘lovchilarni jazolash emas, belgilangan soliq siyosati asosida budjetga to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan.

Soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berish hamda “Soliqchi ko‘makchi” tamoyili asosida chora qo‘llashdan oldin bartaraf etishga imkoniyat yaratish talabidan kelib chiqib Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni eʼlon qiladi.

Joriy yil 1-iyundan boshlab:
Birinchidan,
“Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan taʼsirchan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydi.

Mazkur ogohlantirishdan keyin ham xulosa qilinmasdan, qonun buzilishlari davom ettirilib, ushbu tadbirkorlik subyekti bo‘yicha ikkinchi marotaba murojaat kelib tushsa belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha soliq tekshiruvi tashkil etiladi.

Ikkinchidan, murojaat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilayotgan yoki o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subyekt bo‘yicha takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.

To‘rtinchidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlari, mukofot to‘lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda, chek talab qilib, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolarimizni rag‘batlantirishni va noqonuniy ishlash yo‘lini tanlagan ayrim subyektlarga nisbatan taʼsirchan nazorat tadbirlari izchil davom ettiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda soliq nazorati tadbirlarida prosessual normalarga rioya qilinmaganlik holatlari haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy munosabati

Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlariga ziyon yetkazadigan soliq organlari mansabdor shaxslarining har bir g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan murosasiz kurash olib bormoqda.

Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ichki nazorat tadbirlari natijasida, soliq to‘lovchilarning faoliyati ustidan soliq nazorati tadbirlarini olib borishda ayrim soliq organlarida prosessual qonun normalari buzilganligi aniqlangan.

Soliq organlari faoliyatidagi bunday kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida takrorlanishini oldini olish maqsadida, xizmat vazifalarini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarni egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rishni nazarda tutgan Davlat soliq qo‘mitasining maxsus topshirig‘i hududiy soliq organlariga yuborilgan.

❗️Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlarini poymol qiladigan har bir holatga nisbatan bundan buyon ham qat’iy choralar ko‘rib, insofli soliq to‘lovchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat
#QQS

Ijtimoiy tarmoqlarda tashkilotlarning sotib olingan va keyinchalik sotilgan yengil avtomobil uchun takroran QQS to‘lashi haqidagi murojaatlari e’lon qilinganligi munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston bo‘lgan tovar(xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQS soliq solish obyekti hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 238-modda 1-qism 1-band

Tovarga bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda o‘tkazish ushbu aylanmaga kiradi.
👉 Soliq kodeksi 239-modda 1-qism 1-band

Agar QQS to‘lovchisi bo‘lgan tashkilot avtosalondan 300 mln so‘mga yengil avtomobil sotib olsa (egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazsa), avtosalonga ushbu summadan 15% QQS – 45 mln so‘m (jami 345 mln so‘m) to‘laydi. Avtosalon ham o‘z navbatida QQS to‘lovchisi bo‘lgani uchun bu 45 mln so‘mni budjetga o‘tkazishi shart.

Yengil avtomobil sotib olgan tashkilot QQSni (45 mln so‘m) hisobga olish huquqiga ega, agar:
🔸 soliq to‘lovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu avtomobildan foydalanilganda realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasiga soliq solinishi lozim bo‘lganda;

🔸 Ushbu avtomobil uchun avtosalondan QQS summasi alohida ajratilgan hisobvaraq-faktura olingan bo‘lsa.
👉 Soliq kodeksi 266-modda

Soliq to‘lovchida avtomobil uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qatnovlarni amalga oshirishda foydalanganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar bo‘lishi kerak.
Agar ushbu yengil avtomobil soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi soliq organi tomonidan dalilar bilan isbotlansa, avtomobilni sotib olish chog‘ida to‘langan QQS summalari hisobga olinmaydi.
👉Batafsil tushuntirish bu yerda

Agar tashkilot kelgusida yengil avtomobilni 200 mln so‘mga sotishga qaror qilsa, u holda avtomobilni sotib oluvchi ham unga ushbu summadan 15 % QQS – 30 mln so‘m (jami 230 mln so‘m) to‘laydi.

Agar tashkilot avval avtosalonga o‘tkazib bergan 45 mln so‘mni hisobga olgan bo‘lsa, ushbu summadan 30 mln so‘m QQS chegirib tashlanadi va natijada 15 mln so‘m hisobda qoladi.

Agar tashkilot avval QQSni hisobga olmagan bo'lsa yoki hisobga olish rad etilgan bo'lsa, u holda avtomobilni sotishda soliq to'lovchi sifatida yangi egasi tomonidan unga o'tkazilgan 30 mln so'm QQS summasi budjetga to'lanishi shart.

Demak, soliq to'lovchi tomonidan avtomobil sotib olingan va sotilganda, ushbu operatsiya bo'yicha bir marta QQS to'lanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Ижтимоий тармоқларда электрон тўлов ташкилотларининг Давлат солиқ қўмитаси билан интеграцияси туфайли уларнинг хизматларида узилишлар кузатилиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалди.

Давлат солиқ қўмитаси ушбу хабарларга аниқлик киритган ҳолда қўйидагиларни маълум қилади.

Тўлов тизимлари операторлари ўз тўлов тизимларини онлайн-НКМга мажбурий равишда улаш ва шу орқали солиқ органларининг ахборот тизимларига 2022 йил март ойидан интеграциялашни таъминлаш талаби ўрнатилган.

Ушбу мақсадда тўлов ташкилотлари билан тизимли ишлар амалга оширилиб, жорий йилнинг март ойидан шу кунга қадар 12 маротаба учрашув ташкиллаштирилган.

Аҳоли билан пулли ҳисоб-китобларни амалга оширишда электрон тўлов тизими орқали электрон фискал чек тақдим қилиш тартиби белгиланган.

Хусусан, мавжуд 48 та электрон тўлов ташкилотидан 25 таси фискал маълумотлар операторига интеграцияни тўлиқ якунлаган.

Айтиш жоизки, ҳозирги кунда харидлар учун тўловларни аксарият ҳолларда P2P (картадан картага ўтказиш) қилиш кузатилмоқда.

Мамлакат иқтисодиётини узоқ муддатли ривожлантириш борасида кенг кўламли ислоҳотлар амалга оширилаётган шароитда ахборот технологиялари воситасида истеъмолчилар, тадбиркорлик субъектлари ва давлат солиқ хизмати органларининг уйғунлашган фаолияти алоҳида аҳамият касб этади.

Рақамлаштириш билан боғлиқ амалий тажриба иқтисодий фаолликни ошириш ва қонуний фаолиятни амалга ошираётган тадбиркорларни ҳимоя қилиш таъминланганлигини кўрсатди.

Ўтган йилнинг мос даврига нисбатан харид чеклари сони 185%га харид суммаси эса 176% га ошди. Бу рақамларни яширин иқтисодиётни соядан чиқариш натижалари деб қайд этиш мумкин.

Шу ўринда 1,5 млн нафардан ошиқ фуқаролар ҳуқуқлари кафолатланиши таъминланди (ярим трлн сўм дан ортиқ кешбэк тўланди).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#rasmiy_munosabat

Ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan bank hisobvaraqlariga asossiz ravishda inkasso topshiriqnomasi qoʻyilganligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlarni toʻlash maqsadida joriy yilning 20-yanvar (juma) kuni bank ish kuni tugagandan (17:00dan) soʻng tijorat banklariga toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgan (elektron yoki qogʻoz koʻrinishida).

Bank ish kuni tugaganligi sababli mijoz (soliq toʻlovchi)larning toʻlov hujjatlari banklar tomonidan ushbu sana bilan qabul qilinmagan.

Toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgandan keyingi kunlar dam olish kuni (shanba, yakshanba) boʻlganligi uchun Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga tijorat banklarining toʻlov topshiriqnomalarni qabul qilganligi toʻgʻrisida elektron axboroti kelib tushmagan.

Natijada, joriy yil 23-yanvar (dushanba) kuni avtomatlashgan tizim orqali shakllangan inkasso topshiriqnomalari inson omili ishtirokisiz ushbu soliq toʻlovchilarning bank hisobvaragʻiga joʻnatilgan. Oʻz navbatida, tijorat banklari ish kuni boshlangan soʻng toʻlov topshiriqnomalarini ijroga qabul qilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar tezkorlik bilan oʻrganilib, ortiqcha toʻlangan mablagʻlar belgilangan tartibda qaytarilmoqda.

👉To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
#официальная_информация

В социальных сетях распространяются сообщения о том, что налогоплательщиков принуждают к переходу на уплату налога с оборота в фиксированной сумме.

В связи с этим сообщаем следующее.

В соответствии с внесенными в законодательство изменениями с 1 января 2023 года налогоплательщикам предоставлено право уплаты налога с оборота в фиксированной сумме.

Налоговыми органами среди налогоплательщиков активно проводится разъяснительная работа о предоставленных возможностях: посредством семинаров, через персональные кабинеты, а также официальные аккаунты территориальных налоговых органов в социальных сетях.

Переход на уплату налога с оборота в фиксированной сумме не является обязательным, а осуществляется только на добровольной основе.

Если
Вы столкнулись с тем, что сотрудники налоговых органов принуждают к переходу на уплату налога с оборота в фиксированной сумме, сообщите об этом через специальный Telegram-бот @dsq_anticorrupciya_bot

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining axboroti

Prezident farmoniga muvofiq Soliq qo‘mitasi 2023-yil 1-oktabrga qadar tajriba tariqasida QQS to‘lash bo‘yicha soliq uzilishi aniqlanganda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirishi mumkin.

QQS bilvosita soliq bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun uning neytralligi hisob-kitob mexanizmi orqali ta’minlanishi sababli, tovar (xizmat)lar realizatsiyasining har bir bosqichida soliq budjetga to‘lanishi zarur.

Shuni amalga oshirish maqsadida intizomsiz soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni noqonuniy qoplashni oldini olish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi.

Bu Yevropa va MDH davlatlarida keng qo‘llaniladigan butunjaxon amaliyotdir. Ushbu mamlakatlarning soliq ma’murchiligida tovar (xizmat)larni yetkazib berish zanjirida QQS uzilishlari aniqlanganida, soliqni asossiz qoplashda nafga ega bo‘layotgan benefitsiarlarni aniqlash uchun bunday yetkazib berish jarayonlarida ishtirok etgan barcha shaxslarga nisbatan qat’iy soliq nazorati tadbirlari o‘tkaziladi.

❗️Muhim. Tajriba doirasida o‘tkaziladigan soliq nazorati choralari ommaviy xarakterga ega bo‘lmaydi.

Biroq, soxta tadbirkor - soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni budjetga to‘lamaslik shart-sharoitlarining yaratilishi tovar (xizmat)larni yetkazib berish zanjirining barcha ishtirokchilarini, hatto ular bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli tadbirkorlarni, soliq huquqbuzarligi sodir etlishi mumkin bo`lgan xavf guruhiga kirib qolishiga olib kelmoqda.

Shu bois, soliq organlarining vazifasi haqiqiy benefitsiarlar hamda ularga aloqador shaxslarni va noqonuniy qoplangan soliqlarni aniqlashdan iborat.

Bugungi kunda Soliq qoʻmitasining soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirish tajribasi qoʻshilgan qiymatni yaratish va oʻtkazish, shuningdek, QQSni budjetga toʻlash zanjirining toʻliq xaritasini shakllantirish imkonini beradi.

Ushbu imkoniyatdan kelib chiqib, soliq uzilishi ko‘rsatkichini qoʻllash faqat soliqdan qochishning agressiv usullariga murojaat qiladigan intizomsiz soliq to‘lovchilarga nisbatan amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joizki, manzilli ishlar firibgarlik sxemalardan foydalangan holda asossiz soliq nafi olish bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli soliq to‘lovchilarning huquqlarini himoya qilish imkonini beradi. Bunday aniq va manzilli ishlarni amalga oshirish zarurligi ishbilarmon doiralar va professional jamoatchilik vakillari tomonidan ham bildirilgan.

Tajriba keng jamoatchilik va ekspertlar hamjamiyatini jalb qilgan holda o‘tkaziladi va uning natijalari, jumladan, dastlabkilari OAVda yoritiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ortiqcha undirilgan foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar qaytariladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qayd etilgan foyda solig‘i bo‘yicha holatlar Soliq qo‘mitasi tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.

Tezkor o‘rganish natijalari tanqidiy ravishda ko‘rib chiqilib, quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:

birinchidan,
ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘yganliklari uchun Soliq qo‘mitasi masʼul nazorat departamenti boshlig‘i B.Muqimov va Toshkent shahar bo‘lim boshlig‘i O.Lutfillayev egallagan lavozimlaridan ozod etildi;

ikkinchidan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Yu.Nasimjanov va Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Mirpo‘latovning maxsus unvonlari bir pog‘onaga pasaytirilib, intizomiy jazo chorasi belgilandi;
Shuningdek, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i X.Bazarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi tayinlandi.

uchinchidan, foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari hisobidan budjetga undirilgan ortiqcha mablag‘larni 28-mart kuni soat 13:00 ga qadar soliq to‘lovchilarga to‘liq qaytarish vazifasi belgilandi;

to‘rtinchidan
, qayd etilgan holatlar bo‘yicha Toshkent shahar soliq organlarida maxsus boshqarma tomonidan xizmat tekshirishi o‘tkazish va natijalari bo‘yicha hujjatlarni huquqni himoya qilish organlariga yuborish vazifasi topshirildi.

❗️Hurmatli tadbirkorlar, Soliq qo‘mitasi qayd etilgan holatlar bo‘yicha vaqtida axborot bergan tadbirkorlik subyektlariga minnatdorlik bildirgan holda, summasidan qatʼiy nazar kelgusida qayd etiladigan har bir holat bo‘yicha Soliq qo‘mitasiga yoki @dsq_anticorrupciya_bot ga murojaat qilishingizni iltimos qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#rasmiy_munosabat

Ortiqcha undirilgan 27,1 mlrd so‘m foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari qaytarildi

Avval xabar berilganidek, Soliq qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahrida foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari hisobidan budjetga undirilgan ortiqcha mablag‘larni qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Zudlik bilan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 28-mart kuni soat 15:00 ga qadar 367 ta korxona bo‘yicha ortiqcha undirilgan 28,5 mlrd so‘mlik foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlaridan 352 ta korxonaga 27,1 mlrd so‘m qaytarilishi taʼminlandi.

Qolgan 1,4 mlrd so‘mlik mablag‘larni ham bugun qaytarilishi taʼminlanadi.
___________
#официальная_информация

Возвращено 27,1 млрд сумов излишне взысканных авансовых платежей по налогу на прибыль

Ранее сообщалось, что Налоговым комитетом принимаются меры по возврату излишне взысканных в бюджет средств за счет авансовых платежей по налогу на прибыль в г.Ташкенте.

В результате предпринятых незамедлительных действий до 15:00 часов 28 марта 352 организациям обеспечен возврат 27,1 млрд сумов из 28,5 млрд сумов авансовых платежей по налогу на прибыль, излишне взысканных у 367 предприятий.

Остальные средства в размере 1,4 млрд сумов будут возвращены сегодня.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda kartadan kartaga (P2P) pul o'tkazmalari uchun soliq joriy etilgani haqida xabarlar yuzasidan Soliq qoʻmitasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Jismoniy shaxslarning boshqa jismoniy shaxsdan
meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olgan pul shaklidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

Ya'ni, bir jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsga pul o'tkazish (P2P) operatsiyalari soliqqa tortilmaydi.
_____________
#официальная_информация

В связи с тем, что в социальных сетях распространяются сообщения о введении налогообложения для денежных переводов с карты на карту (P2P), Налоговый комитет сообщает следующее.

Доходы в денежной форме, полученные физическими лицами от других физических лиц в порядке наследования, дарения или безвозмездно, не подлежат налогообложению.
👉ст. 378 НК

То есть операции по переводу денежных средств (P2P) от одного физического лица другому физическому лицу не облагаются налогом.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#rasmiy_munosabat

Taksi xizmatlari Soliq qo‘mitasi talablarini bajarmoqda


Joriy yil 1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq rezidenti – “YandexGo UB” MChJ yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi.

Shu kundan boshlab Yandex Go xizmati o‘z hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida yuritadi, birlamchi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.

Bu haqda Ridetech International B.V. Soliq qoʻmitasini rasmiy xat orqali xabardor qildi.

Shu bilan birga, Yandex Go xizmatini fiskal ma'lumotlar operatori bilan integratsiyalash bo'yicha ishlar yakunlandi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yuridik shaxslar mazkur servis yordamida tashish xizmatini ko‘rsatganda mijozlarga fiskal chek berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu tariqa, Yandex Go o'z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish bo'yicha Soliq qo'mitasi tomonidan qo'yilgan talablarni bajarmoqda.

Shuningdek, MyTaxi va Uklon xizmatlarining fiskal maʼlumotlar operatori bilan integratsiyalash ishlari ham yakunlanganini maʼlum qilamiz.
Yaqin kunlarda ular orqali ko‘rsatilgan tashish xizmatlari uchun to'lovlarni fiskallashtirish kutilmoqda.
______________
#официальная_информация

Сервисы такси выполняют требования Налогового комитета

C 1 декабря этого года сервис Yandex Go будет предоставляться на территории Республики Узбекистан налоговым резидентом Узбекистанаюридическим лицом ООО «YandexGo UB».

Начиная с этой даты, сервис Yandex Go будет вести учет в соответствии с требованиями законодательства РУз, выставлять первичные документы, представлять налоговую отчетность и уплачивать установленные налоги.

Об этом компания Ridetech International B.V. уведомила Налоговый комитет официальным письмом.

Вместе с этим завершена работа по интеграции сервиса Yandex Go с оператором фискальных данных. Решается вопрос выдачи фискальных чеков самозанятых и юрлиц на каждую поездку c использованием данного сервиса.

Таким образом, Yandex Go выполняет выставленные Налоговым комитетом требования по приведению своей деятельности в соответствие с законодательством.

Также сообщаем, что работа по интеграции с оператором фискальных данных завершена у сервисов MyTaxi и Uklon. Фискализация платежей за поездки в данных сервисах ожидается в самое ближайшее время.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#rasmiy_munosabat

Soliq organlari tomonidan soliq bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlardan biri taksi va yoʻlovchi tashish bozorini tartibga solishdir.

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 1-dekabridan boshlab Yandex Go xizmati Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini mahalliylashtirib, soliq rezidentiga aylandi. Shu bilan birga, mazkur servis Soliq axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi natijasida har bir tashish xizmati uchun fiskal chek shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Oʻtgan kunlar davomida (1 – 6-dekabr) 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta chek shakllantirildi.

Oʻz navbatida, mazkur sohada bir qator yechimini topishi lozim boʻlgan masalalar saqlanib qolmoqda:

birinchidan,
taksi xizmati (Yandex Go va boshqalar) uchun naqd pul orqali toʻlov qilinganda chek berilishi yoʻlga qoʻyilmagan.

Bu borada amaliyotga tatbiq etish uchun bir nechta yechimlar ishlab chiqildi va bozor ishtirokchilariga taklif qilindi, yaqin kunlarda naqd pul orqali toʻlov qilinganida ham chek berilishi taʼminlanadi;

ikkinchidan, qolgan agregatorlarda, xususan – MyTaxi, Uklon va boshqalarda fiskal chek bugungi kungacha shakllantirilmayapti.
Ushbu agregatorlar bilan texnik integratsiyalash ishlari yakunlangan va yaqin kunlarda yoʻlovchilar ushbu xizmatlardan foydalanganda fiskal cheklarni olishni boshlashi kutilmoqda.

Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish koʻzda tutilgan;

uchinchidan, bugungi kunga qadar shakllantirilgan 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta cheklarning 13,4 mlrd soʻmlik 791 100 tasi 232 ta yuridik shaxslar (Yandex Go hamkorlari va taksi kompaniyalari), 163,9 mln soʻmlik 9 383 tasi esa 1 821 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi.

Bunda, tashish xizmati oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi tomonidan koʻrsatilgan boʻlsada, tashishning barcha summasi taksopark (hamkor) aylanmasida aks etish holatlari Soliq qoʻmitasi tomonidan kuzatilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda taksoparklar va oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar oʻrtasida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida komissioner va komitentni toʻgʻri belgilash boʻyicha tushuntirish ishlari agregatorlar bilan birgalikda olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu sohada oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur funksiyani Soliq mobil ilovasiga qoʻshish orqali soddalashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun: yuridik shaxslar oʻzlarining shaxsiy kabinetida fiskal cheklarni tahrirlash mexanizmidan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan.

Taksi faoliyatidan rasmiy daromad shakllantirish imkoniyatining paydo boʻlganligi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun alohida bir qator afzalliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keyinchalik ularga boshqa iqtisodiy harakatlarda (ipoteka, isteʼmol kreditlari, tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash va hokazo) imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu oʻz navbatida aholining iqtisodiy faolligi oshishiga xizmat qiladi.

Soliq qoʻmitasi taksi xizmatini koʻrsatishda agregatorlar va ularning hamkorlari biznes jarayonlarini monitoring qilib bormoqda va aniq yechimlarni taklif etadi.

Shu bilan birga yoʻlovchi tashish bozorida, turli baholashlarga asosan 500 mingdan 1 mln nafargacha fuqaro toʻliq yoki qisman bandligini, shuningdek, taksilarning kundalik logistika va harakatlanishdagi ahamiyati katta ekanini hisobga olib, mazkur sohadagi munosabatlarni avtomatlashtirish va fiskallashtirish jarayonini bosqichma-bosqich va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz.

Bunda, soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga soliqlarning toʻliq tushishini taʼminlash soliq organlarining asosiy vazifalari boʻlib qoladi.
#rasmiy_munosabat

Soliq qoʻmitasi har bir Soliq toʻlovchining fikr va mulohazalarini hurmat qiladi!

So‘nggi vaqtlarda amaliyotda ishlab turgan normalarga bir necha yengillik va oʻzgartirishlar kiritilganini buning dalili deyish mumkin.

Soliq qoʻmitasi
bundan keyin ham Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni oʻzining muhim vazifasi deb hisoblaydi.

“Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi Hukumatga kiritilishidan oldin amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda regulation.gov.uz portali orqali jamoatchilik fikr-mulohozasini oʻrganish va takliflarini olish uchun keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.

Jamoatchilik muhokamalari (tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalari) asosida loyiha toʻliq qayta koʻrib chiqiladi va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʼsir etuvchi tartib-taomillar va talablar bartaraf etilgandan soʻng loyiha Hukumatga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
————-
#официальная_информация

Налоговый комитет уважает мнение и позицию каждого налогоплательщика!

Тому свидетельством служит ряд послаблений и изменений, внедренных в действующие нормы в последнее время.

Клиентоориентированность во взаимодействии с налогоплательщиками считаем своей наиболее значимой задачей.

Прежде чем проект постановления "О реализации комплексных мер по борьбе с теневой экономикой" будет внесен в Правительство, состоится его широкое общественное обсуждение через портал regulation.gov.uz в порядке, установленном действующим законодательством, для изучения общественного мнения и получения предложений.

На основе этих общественных обсуждений (советов и рекомендаций предпринимателей, институтов гражданского общества, ученых, экспертов и специалистов) проект будет полностью пересмотрен и после внесения правок в нормы и требования, оказывающие негативное влияние на предпринимательскую деятельность, проект будет представлен на рассмотрение Правительства.
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Inbazar” savdo doʻkonlari tarmogʻidagi xodimlar soni toʻgʻrisida tarqalgan maʼlumotlar yuzasidan Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Bugungi kunda Toshkent shahrida “Inbazar” savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda:
▫️"IN MAG" MChJ;
▫️"GO TREND" MChJ;
▫️"KDS SALES" MChJ.

Taqdim etilgan soliq hisobotlariga koʻra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan taʻminlangan.

Soliq organlari qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlaridan kelib chiqqan holda, soliq toʻlovchilar tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Soliq organlari tomonidan 2024-yilning oʻtgan davrida “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida , mazkur tadbirkorlik subyektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha jarimalar qoʻllanilgan.

Shtatida 1 nafar xodim koʻrsatilgan “INBAZAR” MChJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida.
___________
#официальная_информация

В связи с информацией, распространившейся в социальных сетях, о количестве сотрудников в сети магазинов Inbazar, Налоговый комитет сообщает следующее.

В настоящее время в Ташкенте под торговой маркой Inbazar осуществляют деятельность 3 организации:
▫️ООО “IN MAG”;
▫️ООО “GO TREND”;
▫️ООО “KDS SALES”.

По данным представленной налоговой отчетности в этих организациях официально трудоустроено 44 человека.

Исходя из установленных законодательством обязанностей, налоговые органы осуществляют контроль за соблюдением налогоплательщиками налогового законодательства, правильностью исчисления, полнотой и своевременностью уплаты налогов.

Так, на основании поступивших через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq жалоб покупателей, приобретающих товары в этих магазинах, в течение 2024 года в отношении этих организаций проведено 17 выездных налоговых проверок и применены штрафы.

В данный момент ООО "INBAZAR", в которой трудоустроен 1 сотрудник, не осуществляет предпринимательскую деятельность и находится в стадии добровольной ликвидации.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads