Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12K photos
1.64K videos
109 files
3.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
# Sektorlar faoliyati

❇️ Joriy yilning 23 yanvar kuni Quyi Chirchiq tumani prokurori 2-sektor raxbari B.SATVALDIEV va tuman DSI boshligi, 4- sektor raxbari A.TILLAEVlar ob-xavoning keskin sovib ketishi natijasida kelib chikayotgan muammolarni organish va joyida bartaraf qilish maqsadida 4-sektorning "Sergeli" MFY xonadonlarida bolishdi. Muammolarini organilganda, axoli asosan gaz bosimining pastligi va shu masalaning yechimini topishda yordam berishlarini sorashdi. Shu joyning o`zida tegishli tashkilot mutaxassislari chaqirtirilib muammo joyida bartaraf qilindi.
❗️Tadbir davom ettiriladi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
“Bek baraka bozorida janjal” sarlavhasi bilan tarqalgan video xabar yuzasidan IZOH

Mazkur holat joriy yilning 20 yanvar kuni Zangiota tumani “Bek baraka” savdo majmuasi hududida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, savdo majmuasi oldidan o‘tgan, avtomobillar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lning qatnov qismida (yo‘l yoqasida) va piyodalar o‘tish yo‘lagida, bir nechta fuqarolar yoyma savdo tashkil qilishlari oqibatida, yo‘lda tirbandliklar yuzaga kelgan.

Shuningdek, piyodalar yo‘lagida ham savdo qilinishi sababli yo‘ldan o‘tuvchilarga noqulaylik kelib chiqqan.

Ushbu sotuvchilarga bozor ichkarisidan, savdo uchun joy ajratib berilgan bo‘lsada yo‘l yoqasida ishlash davomli bo‘lgani uchun, hududdan harakatlanuvchi haydovchilar, piyoda fuqarolar va bozor maʼmuriyati tomonidan tegishli tashkilotlarga bir qancha murojaatlar kelib tushgan.

Unga ko‘ra, 20 yanvar kuni Zangiota tumani DSI, tuman SEO, Obodonlashtirish va tuman Prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilgan.

Jarayonda bozor maʼmuriyati va yoyma savdo bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida o‘zaro tortishuv kelib chiqqan.

Shundan so‘ng jamoat tartibini saqlar maqsadida voqea joyiga IIB xodimlari jalb etilganlar.

Xizmat faoliyati davomida odamlarni tinchlantirish, tartibni saqlashga keskin qarshilik qilib, janjal ko‘targan bir nafar fuqaro (ayol)ning buyumlari va o‘zi IIB ga olib borilgan.

Xech kimga nisbatan tan jarohati yoki noqonuniy, qo‘pol hatti harakatlar qilinmagan.

Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi yuzasidan qo'shimcha axborot beriladi.


@BB_Tulyaganov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bek baraka bozorida janjal” sarlavhasi bilan tarqalgan video xabarlar yuzasidan IZOH

Batafsil
👉 https://bit.ly/3XINSVC


@BB_Tulyaganov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq sohasining mutaxassislari ishtirokida navbatdagi onlayn seminar 🗓 24-yanvar kuni "Qat’iy belgilangan summada AOS to‘lashga o‘tish" mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 10:30
____________
#онлайн_семинар

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов налоговой сферы состоится 🗓 24 января на тему «Переход на уплату налога с оборота в фиксированной сумме».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 10:30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#e_ijara

❗️Talabalarga uy-joy ijaraga bergan jismoniy shaxslar ushbu daromadlaridan soliq to'lamaydi.

2022-yilda talabalar bilan 47 730 ta uy-joy ijara shartnomasi tuzilgan, ularda 80 mingga yaqin talaba istiqomat qiladi. Ijaraga beruvchilar tomonidan foydalanilgan imtiyoz miqdori 12,7 mlrd so‘mdan ortiq.

👉Batafsil
__________
#e_ijara

❗️Физические лица, которые сдают жилье в аренду студентам, не уплачивают налог на эти доходы.

В 2022 году со студентами заключено 47 730 договоров аренды жилья, в котором проживают около 80 тыс. студентов. Сумма вышеуказанной льготы, которой воспользовались арендодатели, превысила 12,7 млрд сумов.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

"Qat’iy belgilangan summada AOS to‘lashga o‘tish"
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtu.be/vkvWke_lFlM
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался
онлайн семинар-тренинг на тему «Переход на уплату налога с оборота в фиксированной сумме».

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtu.be/vkvWke_lFlM

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lash tartibiga o‘tish uchun xabarnoma taqdim etish muddati 31-yanvargacha uzaytirildi

📍Avvalroq, 2023-yil 1-yanvardan aylanmadan olinadigan soliqni (AOS)  qatʼiy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etilganligi haqida maʼlumot berilgan edi.

✔️Mazkur tartib soliq qonunchiligiga yangi kiritilganligi hamda soliq to‘lovchilarning murojaatlarini inobatga olgan holda, 2023-yil yanvar hamda fevral oyidan AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lash tartibiga o‘tish uchun xabarnoma taqdim etish muddati 2023-yil 31-yanvargacha (31-yanvar ham) uzaytirildi.

🔰Bugun Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasida "Abu Saxiy" bozorida tadbirkorlik bilan shug'ullab kelayotgan shaxslarga mazkur yangilik tushuntirildi.

📎Uchrashuvda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig'i ishtirok etib, mutasaddilar bilan birga tabdirkorlarning savollariga javob berildi.

📌Ma'lumot uchun, quyidagilar AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lash tartibiga o‘ta olmaydi:
▫️QQS to‘lovchi yuridik shaxslar va YATTlar;
▫️Qatʼiy belgilangan summada JSHODS to‘lovchi YATTlar.

Bunday tushuntirish ishlari joylarda muntazam o'tkazilmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#rasmiy_munosabat

Ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan bank hisobvaraqlariga asossiz ravishda inkasso topshiriqnomasi qoʻyilganligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlarni toʻlash maqsadida joriy yilning 20-yanvar (juma) kuni bank ish kuni tugagandan (17:00dan) soʻng tijorat banklariga toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgan (elektron yoki qogʻoz koʻrinishida).

Bank ish kuni tugaganligi sababli mijoz (soliq toʻlovchi)larning toʻlov hujjatlari banklar tomonidan ushbu sana bilan qabul qilinmagan.

Toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgandan keyingi kunlar dam olish kuni (shanba, yakshanba) boʻlganligi uchun Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga tijorat banklarining toʻlov topshiriqnomalarni qabul qilganligi toʻgʻrisida elektron axboroti kelib tushmagan.

Natijada, joriy yil 23-yanvar (dushanba) kuni avtomatlashgan tizim orqali shakllangan inkasso topshiriqnomalari inson omili ishtirokisiz ushbu soliq toʻlovchilarning bank hisobvaragʻiga joʻnatilgan. Oʻz navbatida, tijorat banklari ish kuni boshlangan soʻng toʻlov topshiriqnomalarini ijroga qabul qilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar tezkorlik bilan oʻrganilib, ortiqcha toʻlangan mablagʻlar belgilangan tartibda qaytarilmoqda.

👉To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Quyidagilar uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan 12% miqdorida daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish mumkin:

▫️
kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

☝️Bu haqda batafsil videqo‘llanmada tanishing

🏫Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ta'lim olish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan daromad solig‘ini qaytarib olish uchun "Soliq imtiyozlari" bo‘limidan 16.1-band,
🏘Ipoteka kreditlari uchun esa 16.3-band tanlanadi
.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#o‘rganish

Ohangaron tuman solik inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Ortiqboy Hamdamov tomonidan hududdagi ijtimoiy soha ob'ektlari – maktab va maktabgacha ta'lim muasasalarining issiqlik tizimidagi muammolar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#nazorat
#4_sektor

📌Angren shahrida olis va og‘ir hudud "Jigariston" mahallasida joylashgan 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining isitish tizimida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Bugun 4-sektor rahbari Jamshid Usmanov mazkur muassasada bo‘ldi. Unda issiqlik tarmog‘ida ta’mirlash jarayonini ko‘zdan kechirdi.

📎O‘rganish davomida sektor rahbari tomonidan ish hajmi va sifati bilan bog‘liq masalalalar muhokama qilinib, zarur tavsiyalar berildi va nazoratga olindi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.