Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.5K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
109 files
3.69K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

4-cektor rahbari aholi bilan muloqotda

⚡️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari, Olmaliq shahar hokimi hamda shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining aholi bilan navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.

📌Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan bugungi qabulga 50 nafardan ziyod fuqarolar kelib, oʻzlarini qiynayotgan turli masalalar boʻyicha murojaatlarini bayon etildi.

♻️Qabulda fuqarolarga hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

‼️Shundan so‘ng, sayyor qabulda tegishli tashkilot vakillari bilan birga har bir fuqaro alohida qabul qilinib, ularning muammo, taklif va e’tirozlari birma-bir eshitildi

✔️Uchrashuv davomida aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan 35 ta murojaat kelib tushdi, shundan 15 ta muammo joyida hal etildi, 17 tasiga tushuntirishlar berildi hamda 3 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

🔅Qabul so‘ngida Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarga tikuv mashinasi berildi. Ikki nafar fuqarolarga nogironlik aravachalari berildi.


✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Bugun 2022–yil 4-noyabr kuni 📱Soliq mobil ilovasini yuklab olgan 2 millioninchi foydalanuvchi qayd etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAYJEST
📆31 oktabr- 5 noyabr
🌐Hafta davomida
✔️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida


🔰''Yashil makon''
🟢Nurafshon shahrida yashil makon tadbiri bo'lib o'tdi

🔰Keshbek imkoniyatlari
🟢''Soliq'' Mobil ilovasi orqali 2022-yilning boshidan 1 887 370 nafar fuqaro ro'yxatdan o'tdi.Shu haqda MATBUOT ANJUMANI.

🔰Korrupsiya-Taraqqiyot kushandasi.
🟢Soliq organi mutasaddilari tomonidan joylarda  korrupsiyani oldini olishga doir targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

🔰"Odod mahalla" davlat dasturi amalda.
🟢Zangiota tumani 4-sektor hududidagi mahallalar odod bo'lmoqda.

🔰Raqamlashtirish.
🟢Toshkent viloyati soliq tizimida raqamlashtirish

🔰O'zini o'zi band qilish.
🟢O'zini o'zi band qilgan qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari 10 taga oshdi.

🔰Eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari

📌2022-yil 1-noyabrdan boshlab eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llaniladi.

🔰"Soliqchi-tadbirkorga ko'makchi''
🟢Ohangaron shahrida bu borada qilinayotgan ishlar.

🔰Seminar.
🟢"Jamiyatda xotin-qozlarning o'rni tobora mustahkamlanmoqda" mavzuida seminar tadbirlari o'tkazilmoqda

🔰4-sektor rahbari aholi muammolarini o'rganish uchun sayyor qabul o'tkazdi.

🟢Ohangaron shahrida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i R.Raimovning aholi bilan galdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Тoshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Солиқчи - тадбиркорга кўмакчи
#6nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#sayyor_qabul
#targ‘ibot

4-SEKTOR.Ohangaron tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, sektor rahbari Ortiqboy Hamdamov va ishchi guruh a'zolari "Qoraxitoy" va “O‘zbekiston” MFY aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

📌Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-son qarori bo‘yicha mahallada olib boriladigan ishlar yuzasidan mahalla aholisiga tushuntirish ishlari olib borildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#keshbek
#turizm

🔴 Dam olish kunlari oilamiz bilan Buxoroga bordik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdan ikki tomonga - borish va qaytish uchun chipta sotib oldik, mehmon uyidan xona oldik. Sayohatimiz davomida biz shunchaki eski shaharni aylanib chiqdik va muzeylarga, madaniy obida majmualariga bormadik. Biz sayohat uchun keshbek olishimiz mumkinmi?

🔵 Sayohat uchun keshbekga ega bo‘lish uchun bir qator shartlarni bajarish kerak:

📲Soliq mobil ilovasida JShShIRni kiritgan holda FACE ID orqali ro‘yxatdan o‘tish;
shuningdek, sayohatning barcha uch bosqichi uchun amalga oshirilgan to‘lovlarga taqdim etilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, ya'ni:
✈️ avia, temir yo‘l va (yoki) avtobus transporti chiptasini xarid qilish;
⛺️ joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, dam olish uylari va zonalari, mehmon uylari va boshqalardan) foydalanish;
🕌 madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish.

Sizning holatingizda 3-bosqich tugallanmagan, ya'ni madaniy meros obyektlariga tashrif buyurganlik uchun chek mavjud emasligi sababli, sayohat uchun keshbek olish mumkin emas deb hisoblanadi.

❗️Eslatamiz: joriy yilning 1-sentabridan boshlab respublika boʻylab sayohat qiluvchi va sayohat davomida sayohatning barcha uch bosqichini bir vaqtning oʻzida yakunlagan sayyohlar xarajatlari uchun 15 dan 50% gacha keshbekka ega bo‘lmoqda.

👉PQ-232 30.04.2022-yil
👉VMQ-484 31.08.2022-yil

👉 Sayohat uchun keshbek: ilk natijalar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#yer_soligi
#imtiyoz

Yuridik shaxslarning soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:

🔹madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot obyektlari egallagan yerlar;

🔹sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar;

🔹shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;

🔹aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari egallagan yerlar;

🔹magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;

🔹 ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar;

🔹suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar;

🔹qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar;

🔹melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar;

🔹yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar;

🔹ilmiy tashkilotlarning, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lgan yerlar va o‘rmon fondining yerlari;

🔹qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari egallagan yer uchastkalari.

Ushbu soliq imtiyozlari belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4-sektor rahbari ishtirokida Oqqo‘rg‘on tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

🔰Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i R.Raimov hamda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Imomov ishtirokida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

📌Ommaviy sayyor qabulda 65 nafardan ortiq aholi ishtirok etib, fuqarolardan bandlik, tadbirkorlik, bank krediti, moddiy yordam, uy-joy, tibbiy xizmat olish kabi turli masalalarda 30ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

♻️Joyning o‘zida hal etish mumkin bo‘lgan masalalarga ijobiy yechim belgilash bilan bir qatorda, qator fuqarolarning murojaatlari mas’ul idoralarga o‘rganib chiqish va belgilangan muddatlarda hal etish uchun topshirildi va ijrosi nazoratga olinadigan bo’ldi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

4-cektor rahbari aholi bilan muloqotda

⚡️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari,  Olmaliq shahar hokimi hamda shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining aholi bilan  navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.

📌Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan bugungi qabulga 50 nafardan ziyod fuqarolar kelib, oʻzlarini qiynayotgan turli masalalar boʻyicha murojaatlarini bayon etildi.

✔️Uchrashuv davomida aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan 35 ta murojaat kelib tushdi, shundan 15 ta muammo joyida hal etildi, 17 tasiga tushuntirishlar berildi hamda 3 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

🔅Qabul so‘ngida Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarga tikuv mashinasi berildi. Ikki nafar fuqarolarga nogironlik aravachalari berildi.


✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Aholiga qulayliklar yaratish maqsadida.

❗️Nurafshonda shahar qurilmoqda, qurilish ishlari tinimsiz olib borilmoqda. Yo‘llar buzilishi, qurilish ishlari tugamasdan asfalt qilishning imkoni yo‘qligi, biroz muddat tartibsizliklar bo‘lishi tabiiy xol.

Shuningdek, yog‘ingarchilik kunlar boshlanib, suv toshgani, yo‘llar loyligi, ta’mirtalabligi yuzasidan ko‘p murojaatlar bo‘lishi aniq albatta.

♻️Ammo, mutassadi rahbarlar aholi murojaatini kutmagan xolda yomg‘irli qorong‘u kechalarda ham o‘zlari bosh bo‘lishib imkon qadar sharoit yaratishmoqda.

📌Nurafshon shahar DSI boshlig‘i 4-sektor rahbari S. Narxadjaev
ham sektor xududidagi ichki yo‘llarga shag‘al yotqizmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

‼️Zangiota tumani 4-sektor rahbari, Zangiota tumani DSI boshlig‘i Sh.Nafasov rahbarligida sektor tasarrufidagi "Achchisoy" MFY rahbariyati, faollari ishtirokida ushbu MFY "Open byudjet"dan g‘olib bo‘lgani va sarf etiladigan byudjet mablag‘larini rejalashtirilgan yo‘nalishlarga oqilona sarflash, uning nazoratini olib borish masalalari ustida so‘z yuritilgan bo‘lsa, "Obod mahalla" davlat dasturiga kiritilgan "O‘rikzor" MFYda esa MFY rahbariyati, ko‘cha vakillari va faollar ishtirokida ularning shaxsan nazoratlari ostida dasturda belgilangan barcha tadbirlarni sifatli, o‘z muddatida ijro etilishi lozimligi xususida batafsil tushuntirishlar, tegishli topshiriqlar berildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.