Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.76K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Avtokameral: soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlil -
taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz, “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur tizimda joriy qilingan mezonlar mantiqiy shartlar va algoritmlar asosida,
tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan soliq organlarida mavjud ma’lumotlarni (jumladan, elektron hisobvaraq-faktura, eksport-import operatsiyalari, onlayn kassa texnikasi cheklari va h.k.) avtomatlashtirilgan tartibda taqqoslaydi.

Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida
soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

Xabarnomada
qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini ko‘rish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish lozim. Shundan so‘ng avtomatik tarzda my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda tegishli oyna ochiladi. Uning quyi qismida “mutaxassis yordami” moduli orqali mas’ul mutaxassislar bilan qo‘shimcha savollar yuzasidan telefon orqali bog‘langan holda javoblar olishlari mumkin.

Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi.

Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlangan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi.

Ushbu avtomatlashtirilgan tizimning joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga bir qator afzalliklar yaratadi. Jumladan:
🔸Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda hisoblanishi hamda to‘lanishini ta’minlashda ko‘maklashadi;
🔸Ularning faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi;
🔸Ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jarimalar, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining oldi olinishini ta’minlashga xizmat qiladi;
🔸 Ularning faoliyatiga asossiz aralashish va korrupsiya holatlarini cheklash hamda ma’muriy bosimlarni kamaytirishga imkoniyat beradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasida joriy yil uchun tushumlarni byudjet daromadlariga belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarni bajarish to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA

Chirchiq shahriga davlat byudjeti daromadlari (kontingent) buyicha joriy yil uchun 172,7 mlrd.so‘m reja ko‘rsatkich belgilangan bo‘lib, 31 oktyabr holatiga xaqiqatda 139,6 mlrd.so‘mga yoki rejaga nisbatan 81,2 foizga tushum ta’minlandi.
Joriy yilning 4-choragi uchun belgilangan 59,3 mlrd.so‘m prognoz ko‘rsatkichlar 31 oktyabr holatiga 15,6 mlrd.so‘mga yoki 26 foizga bajarildi.
Oktyabr oyi uchun belgilangan 14,6 mlrd.so‘m prognoz ko‘rsatkichi hakikatda 15,6 mlrd.so‘mga yoki 107,2 foizga bajarildi.
Shuningdek, mahalliy byudjetga joriy yil uchun belgilangan 67,7 mlrd.so‘m prognoz amalda ya’ni joriy yilning 31-oktyabr xolatiga 49,8 mln.so‘mga yoki 73,6 foizga bajarilishi ta’minlandi xamda mahalliy byudjetga 2022 yil 4-choragi uchun belgilangan 13,8 mlrd.so‘m prognoz amalda ya’ni joriy yilning 31-oktyabr xolatiga 16,9 mln.so‘mga yoki 122,5 foizga bajarilishi ta’minlandi.
Ma’lumot uchun: Chirchik shahar bo‘yicha bugungi kunda jami
1705 ta korxona va tashkilotlar (QQS to‘lovchilari bilan 2487 ta) faoliyat yuritib kelmoqda. (QQS to‘lovchilar 856 tani tashkil etadi).
1705 ta (AOS to‘lovchilar 1349 ta ) faoliyat yuritayotgan korxona tashkilotlarga kuyidagilar to‘g‘ri keladi. Bular;
Chakana savdo 638 ta, umumiy ovqatlanish 95 ta, dorixonalar 78 ta, AYoQShlar 15 ta, tibbiy xizmatlar 25 ta, transport xizmati 7 ta, to‘yxonalar 7 ta, oilaviy korxonalar 43 ta, dexqon bozori 1 ta, savdo komplekslari 3 ta, boshka pullik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari (paynet, aviakassa, avtoservislar vaxokazo) 797 tani tashkil etmoqda.
Jami faoliyat yuritayotgan YaTTlar 1784 nafarni tashkil etadi. Bular asosan; Chakana savdo 752 nafar, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarni sotish 62 nafar, sartaroshxonalar 46 nafar, nonvoylar 45 nafar, davlat sherikchiligidagi bog‘chalar 11 nafar, oilaviy mexmon uylari 4 nafar, taksi xizmati 18 nafar, transport vositalarini ta’mirlash 27 nafar, mol so‘yish 1 nafar, boshqa faoliyat boshka turlari 818 nafar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bilan O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati tasdiqlangan.
Shaxarda axoli tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat qonuniylashtirilishi bilan bir qatorda bandligini ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, Chirchiq shaxrida joriy yilning 01 noyabr xolatiga 2576 nafar shundan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, ular faoliyati qonuniyligi ta’minlangan.
Chirchiq shaharda 2022 yilning 10 oyi davomida jami 1782 ta reja grafigi berilgan bo‘lib, xaqiqatda 10 oy davomida jami 1867 ta sub’ektlarda norasmiy ishlayotgan ishchi xodimlarni aniqlanib, ya’ni o‘rnatilgan reja grafigi 104,8 foizga bajarilishi ta’minlangan.
Soxalar kesimida ko‘rilganda esa ya’ni, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 249 ta, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida 1326 ta, qurulish sohasida 127 ta sub’ektlarda norasmiy ishlayotgan ishchi xodimlar aniqlangan.
Shuningdek, shaharda joriy yilning 10 oyi davomida 299 ta yangi tashkil etilgan (ro‘yxatdan o‘tgan) xo‘jalik su’bektlarning 28 tasi faoliyat ko‘rsatmayotgan bo‘lib, qolgan 271 tasida jami 302 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi va ular tomonidan byudjetga jami 451,9 mln.so‘m soliqlar hisoblangan.
Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliklari buyicha jami ob’ektlar soni 51 776 ta, shundan noturar ob’ektlar 1 519 ta, xovli joylar 12 411 ta, kvartiralar 36 831 ta, dala xovlilar 1 015 tani tashkil etadi.
2022 yil uchun xisoblangan jami jismoniy shaxslarni mol-mulk va yer soliqlari summasi 11,3 mlrd.so‘mni tashkil etadi.
Shundan, noturar ob’ektlar 3,5 mlrd so‘m, turar ob’ektlar 7,8 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
Bekobod tumani 4-sektor hududida aholiga qulaylik yaratish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.

🚰Ichimlik suvi tarmog‘i tortish, asfaltlashtirish, elektr energiyasi simyog‘ochlarini beton tayanchlar bilan almashtirish kabi masalalar yuzasidan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar, uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ayni kunlarda Bekobod tumani 4-sektor hududida joylashgan mahallalarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

🏘 Xususan, sektor rahbari boshchiligida Farxod MFYda 50 ta beton tayanchlar o‘rnatildi, 12 km uzunlikda ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Shuningdek, Adolat, Sokin, Paxtakor, Bog'iston ko‘chalaridagi ichki yo‘llarning 4,2 km qismi asfaltlashtirildi.

🏗Shu bilan birga, ijtimoiy ob'ektalarni ta'mirlash borasida ham keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan 4-sektor hududidagi 22-umumta'lim maktabi binosini mukammal ta'mirlash uchun 5 198 mln so'm mablag' ajratilib qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
🔰Savol: Korxona ta’sischisi ustav fondiga TMZ kiritilganda jamiyat to‘lov manbaida jismoniy jaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘laydimi?

📌Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasi to‘rtinchi qismida soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etilishi belgilangan.
Shuningdek, tovar cheklari odatda TMZ sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. Agar ular saqlanmagan bo‘lsa, ta’sischilar tomonidan tasdiqlangan korxonaning ustav fondiga hissaning pul bahosi realizatsiya qilishdan olingan daromad bo‘lib, to‘lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga ham tortiladi.


🔰Savol: O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchi yollashi mumkinmi?

📌Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 806-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning beshinchi qismida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik sub’ektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emasligi belgilangan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
♻️Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Piskent tumani Oybek MFY da sayyor qabuli o‘tkazildi.

🔺Qabul jarayonida 35 nafar fuqarodan jami 27 ta masalalar bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

✔️Uchrashuvda jami 6 nafar hokim yordamchilari ham ishtirok etdi.

📌Moddiy yordam olish 2 ta, sog‘liqni saqlash 3 ta, bandlik 1 ta, kadastr masalalari bo‘yicha 4 ta, gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti 7 ta va boshqa masalalarda 10 ta murojaatlar kelib tushdi.

❇️Murojaatlarning 20 tasi joyida hal etildi, 7 ta murojaatni qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etilganligi sababli nazoratga olindi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Soliqda xaftalik dayjest!!!

👉Toshkent viloyati 4-sektor hududlarida “ Yashil makon” tadbirlari.

🌳Qibray hamda Zangiota tumanlarida “Yashil makon” tadbirlari tadbirlari bo‘lib o‘tdi.Bu bilan joylardagi yashil maydonlarni ko‘paytirish maqsad qilingan. Loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar belgilangan.

👉“Jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni tobora mustahkamlanmoqda” mavzusida semenar bo‘lib o‘tdi.

✔️
Mamlakatimizda xotin-qizlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilyapti.
Shu maqsadda Ohangaron shahri davlat soliq inspeksiyasida Jamiyatda Xotin-qizlarning o‘rni tobora mustahkamlanmoqda” mavzusi seminar bo‘lib o‘tdi.

👉Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi.

🔰Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarga ko‘mak berilib, ularning muammolari o‘rganilmoqda. Zarur maslahatlar berib kelinmoqda. "Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili doirasida yil boshidan bugungi kunga qadar 33407 ta tadbirkorlik sub’yektlarining muammolari o‘rganildi.473 ta korxonaga 161304 mln so‘m QQSdan mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarildi.

👉4-sektor rahbari ishtirokida Oqqo‘rg‘on tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

🌟Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i R.Raimov hamda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Imomov ishtirokida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi. Ommaviy sayyor  qabulda  65 nafardan ortiq aholi ishtirok etib, fuqarolardan bandlik, tadbirkorlik, bank krediti, moddiy yordam, uy-joy, tibbiy xizmat olish kabi turli masalalarda  30ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Joyning o‘zida hal etish mumkin bo‘lgan masalalarga ijobiy yechim belgilash bilan bir qatorda, qator fuqarolarning murojaatlari mas’ul idoralarga o‘rganib chiqish va belgilangan muddatlarda hal etish uchun topshirildi va ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

👉Galdagi sayyor qabulning manzili Olmaliq shahri.

📌Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i R.Raimov hamda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Imomov ishtirokida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi. Ommaviy sayyor  qabulda  65 nafardan ortiq aholi ishtirok etib, fuqarolardan bandlik, tadbirkorlik, bank krediti, moddiy yordam, uy-joy, tibbiy xizmat olish kabi turli masalalarda  30ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Joyning o‘zida hal etish mumkin bo‘lgan masalalarga ijobiy yechim belgilash bilan bir qatorda, qator fuqarolarning murojaatlari mas’ul idoralarga o‘rganib chiqish va belgilangan muddatlarda hal etish uchun topshirildi va ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

👉Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari,  Olmaliq shahar hokimi hamda shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining aholi bilan  navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.

📎Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan bugungi qabulga 50 nafardan ziyod fuqarolar kelib, oʻzlarini qiynayotgan turli masalalar boʻyicha murojaatlarini bayon etildi.Uchrashuv davomida aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan 35 ta murojaat kelib tushdi, shundan 15 ta muammo joyida hal etildi, 17 tasiga tushuntirishlar berildi hamda 3 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
Диққат, сўровнома - 1⃣

🔘Йилнинг энг яхшиларини аниқлашда давом этамиз.

⚡️Юқоридаги суратдан жорий йилда Тошкент вилоятидаги давлат бошқарув органларида фаолият юритаётган матбуот котиблари ўрин олган. Бошқарма матбуот котибларининг барчасини битта сўровномада беришнинг иложи бўлмагани сабабли уларни иккига бўлиб беришга (бугун ва эртага) қарор қилдик.

Овоз беринг, сизнингча, қайси бошқарма матбуот котиби йилнинг энг яхшиси бўлишга лойиқ?

Сўровнома эртага соат 20:00 гача давом этади.

⚠️Эслатма: турли ботлар орқали сунъий овоз жамғаришга интилганлар сўровномадан четлаштирилади.

🎁Сўровномалар ғолиблари йил якунида тантанали тарзда тақдирланади.

📣 Ҳомий - "Woodline" мебеллар фабрикаси.

☎️ (93) 136 99 96
(93) 136 99 97

Овоз беришда иштирок этиш учун каналга уланинг:
https://t.iss.one/+tcc8Accr_k80OGNi
Forwarded from Отабек Тошмухамедов Тош.вил ДСБ
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining yangi binosi qurilishidan fotolavhalar.
#билдириш

Бошқарма матбуот котиблари ўртасида ўтказилган 1-сўровнома ўз якунига етди. Бироқ жараёнда иштирокчилар томонидан овозларни сунъийлаштиришга уринишлар бўлгани сабабли ушбу сўровнома натижалари бекор қилинади.

Мазкур сўровнома ғолиби АОКА вилоят бошқармасининг хулосасига кўра аниқланади.

Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Savol: Maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalari soliq qonunchiligiga asosan qanday imtiyozlar mavjud?

📌Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi ““Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4931-son Farmoni 8-bandiga muvofiq “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat ko‘rsatish davrida soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3356-sonli Qarorining 9-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi ““Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4931-son Farmoni 8-bandining amal qilishi barcha mavjud va yangidan tashkil etilayotgan maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalariga joriy etilgan.

🔰Savol: Chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, shuningdek ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun ijtimoiy soliq bo`yicha qanday imtiyoz mavjud?

📌Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasi yigirmanchi qismida «Chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, shuningdek ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari — 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ushbu moddaning yigirmanchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz, agar belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil qilsa, tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etiladi. Xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal qilishi bekor qilinadi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 21-noyabr

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1- va 2-qismlar);

- agar oktabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 4-qism);

- maxsus renta soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlash kuni
(Soliq kodeksi 454-7-modda 2-va 3-qismlar);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
__________________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 21 ноября 2022 года последний день

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в октябре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.4 статьи 454 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты специального рентного налога
(ч.2 и 3 ст.454-7 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_NKM

Onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga ruxsat berildi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, bugundan boshlab 20 kun davomida 2022 yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:

▫️ MXIK;
▫️ miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan o‘rganiladi.

Ko‘rib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga o‘zgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga ko‘ra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, “Hisoblash” va “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

Elektron tizimlar integratsiya jarayoni har bir ishtirokchidan uyg‘unlashgan ish va mas'uliyatli munosabat talab etadi

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida yetakchi to‘lov tizimlari operatorlari va onlayn-NKT ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar vakillari bilan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar olib borilayotgan tizimli ishlar doirasida soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvning navbatdagi bosqichi natijalarini muhokama qildilar. Xususan, onlayn-NKT va elektron to‘lov tizimlariga qo‘yiladigan texnik talablar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilib, onlayn-NKTlardan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlarining javobgarligi va to‘lovni joyida amalga oshirish imkoniyatini joriy etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, yagona maqsad sari intilish, ya’ni elektron to‘lov tashkilotlari orqali aholi bilan hisob-kitoblarni naqd pul orqali amalga oshirishda elektron fiskal chek taqdim etish har bir integratsiya ishtirokchisidan uyg‘unlashgan ish va mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladigan jarayondir.

Ma’lumot uchun: ayni paytda 48 ta elektron to‘lov tashkilotidan 31 tasi fiskal ma’lumotlar operatori bilan integratsiyani to‘liq yakunlagan, qolgan 17 tasida jarayon davom etmoqda.
___________
#онлайн_ККМ

Интеграция электронных систем требует скоординированной работы и ответственного отношения каждого участника процесса

В Государственном налоговом комитете при участии руководства ГНК состоялась очередная встреча с представителями ведущих операторов платежных систем и крупных производителей онлайн контрольно-кассовой техники.

Сторонами обсуждены итоги продолжающегося этапа интеграции с информационными системами налоговых органов в рамках продолжающейся системной работы. В частности, озвучены предложения и замечания к техническим требованиям, установленным к ОНККТ и электронным платежным системам, рассмотрены сопутствующие вопросы, связанные с ответственностью субъектов предпринимателей, применяющих ОНККТ и внедряющих возможность оплаты на местах.

Отмечено, что стремление к общей цели, а именно – предоставление электронного фискального чека при осуществлении денежных расчетов с населением через электронные платежные организации, это процесс, требующий скоординированной работы и ответственного отношения к поставленным задачам каждого участника интеграции.

Для справки: в настоящее время полностью завершена интеграция с оператором фискальных данных у 31 из 48 электронных платежных организаций, остальные 17 в процессе.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamli_markirovka

Hammasi raqamli markirovka haqida

2021-yil 1-yanvardan
tamaki va alkogol mahsulotlarini majburiy markirovkalash joriy etildi.

2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari markirovkalanmoqda.

2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalarini (changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor) majburiy raqamli markirovkalash boshlandi.

2022-yil 1-avgustdan ikkinchi guruh tovarlari – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar markirovkalanmoqda;

2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash joriy etildi.
👉Veterinariya preparatlari markirovkalanadimi?

2022-yil 1-noyabrdan:
- maishiy texnikalarni majburiy raqamli markirovkalashning III bosqichiga start berildi –
suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar.

- dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalashning II bosqichiga start berildi – birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro-mahsulotlar.

2023-yil 1-iyuldan suv va salqin ichimliklarga majburiy raqamli markirovkalash tatbiq etiladi.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉Raqamli markirovka kodlarini o'qish qurilmalarni sotib olganlik uchun imtiyozlar

2022-yil 13-iyundan alkogol, tamaki mahsulotlari va pivo uchun raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchga kirdi.
2022-yil 12-sentabrdan boshlab boshqa mahsulotlar uchun ham javobgarlik choralarini ko‘rish normalari kuchga kirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🇺🇿30 yillik tajriba va 30 yosh uchrashuvi🎀

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida davlatimiz  Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” loyihasining viloyat bosqichi  bo‘lib o‘tdi.

Davlat soliq qo‘mitasining tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat DSB rahbariyati, boshqarma hamda hududiy inspeksiyalarda 30 yildan buyon samarali mehnat qilayotgan faxriylar hamda endigina 30 yoshni qarshi olayotgan yosh xodimlardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar loyihaning asosiy maqsadi faxriylarning hayotiy malakasini yoshlarning kreativ fikrlari bilan uyg‘unlashtirish orqali shakllanadigan innovatsion yondashuv negizida davlat soliq xizmati organlari samaradorligini kuchaytirish, globallashuv davrida “Ustoz-shogird” an’analaridan oqilona foydalanish va ularni sifat jihatdan yangi ko‘rinishda saqlab qolishdan iborat ekanligini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, jamoalar belgilangan shartlar bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Yakunda g‘oliblikni Toshkent viloyati DSB, faxrli 2-3 o‘rinlarni esa Bekobod shahar DSI hamda Qibrayt tumani DSI jamoalari qo‘lga kiritdilar.

Tanlov so‘nggida g‘oliblarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘olib jamoa “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” loyihasining respublika bosqichida ishtirok etadi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#YaTT
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zbekistonda qancha repetitorlik faoliyati ro‘yxatga olingan?

1-noyabr holatiga respublikada 1 352 nafar yakka tartibdagi tadbirkor va 4 377 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs repetitorlik xizmati ko‘rsatmoqda.

Repetitorlar soni nisbatan ko‘proq huqudlar:
📍Toshkent shahri - 1 905 nafar;
📍Jizzax viloyati - 630 nafar;
📍Samarqand viloyati - 520 nafar;
📍Toshkent viloyati - 482 nafar;
📍Farg‘ona viloyati - 318 nafar.

Repetitorlar eng kam hududlar:
📍Navoiy viloyati - 153 nafar;
📍Andijon viloyati - 150 nafar;
📍Sirdaryo viloyati - 59 nafar.

❗️Ma’lumot uchun 2022-yil 1-noyabr holatiga jami:
🔸398 076 ta YaTT o‘tgan yil mos davriga nisbatan 8% ko‘p 📈
🔹1 882 811 o‘zini o‘zi band qilgan shaxs - o‘tgan yil mos davriga nisbatan 38% ko‘p 📈.

👉 iyun oyidan buyon 162 ming nafardan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan
👉 avgust oyidan buyon 11 ming nafardan ortiq YATT ro‘yxatdan o‘tgan
__________
#индивидуальные_предприниматели
#самозанятость

Сколько в Узбекистане зарегистрировано репетиторов?

По состоянию на 1 ноября в республике 1 352 индивидуальных предпринимателя и 4 377 самозанятых граждан оказывают услуги репетитора.

Больше всего репетиторов:
📍в Ташкенте - 1 905;
📍в Джизакской области - 630;
📍в Самаркандской области - 520;
📍в Ташкентской области - 482;
📍в Ферганской области - 318.

Меньше зарегистрированных репетиторов:
📍в Навоийской области - 153;
📍в Андижанской области - 150;
📍в Сырдарьинской области - 59.

❗️Для справки. На 1 ноября 2022 года всего:
🔸398 076 индивидуальных предпринимателя - в сравнении с прошлым годом на 8% больше📈
🔹и 1 882 811 самозанятых лиц - в сравнении с прошлым годом на 38% больше📈.

👉С июня самозанятыми стали больше 162 тысяч граждан
👉С августа зарегистрировано свыше 11 тысяч индивидуальных предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Оққўрғонда аҳолининг муаммолари манзилли ҳал қилинади

Аввал хабар берилганидек, Давлатимиз раҳбарининг топшириғига кўра, Президент маслаҳатчиси Ғ.Мирзаев бошчилигидаги вазирлик ва идоралар раҳбарларидан иборат ишчи гуруҳ Тошкент вилоятининг Оққўрғон туманидаги 29 та маҳаллада фаолият олиб бормоқда.

Туман аҳолиси билан мулоқот жараёнида асосий эътибор — оғир ижтимоий аҳволда бўлган, якка-ёлғиз, боқувчисини йўқотган инсонларни қийнаётган масалаларни жойида ҳал қилишга қаратилмоқда.

Бугуннинг ўзида:

“Мустақиллик” маҳалласида яшовчи 70 ёшли оғир ижтимоий аҳволдаги Владимир Вятчинин даволаниши учун Тошкент вилояти ихтисослаштирилган соматика шифохонасига ётқизилди;

“Маданият” маҳалласидаги Адҳам Мамазоитов хонадонига 40 метр қувур тортилиб, табиий газ таъминотига улаб берилди;

ҳудудда ташкил қилинган чуқурлаштирилган тиббий кўрик натижасида амбулатор шароитдаги 36 нафар беморга дори-дармон етказилди;

“Мустақиллик” маҳалласидаги эскирган симёғоч бетон устунларга алмаштирилди;

“Ёшлик” маҳалласи Замаҳшарий кўчасидаги сув қувурлари таъмирланиш ишлари бошланди.

Келгуси йил дастурига киритиш орқали:

“Сувти” маҳалласидаги яроқсиз  кўприк таъмирланиши билан камида 400 нафар аҳолини ўйлантираётган тизимли масала ҳал қилинади;

“Хонобод” маҳалласидаги 1960 йилда қурилган 450 ўринли 9-сонли мактабга (ҳозирда 820 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда) 320 ўринли қўшимча бино қурилади;

“Маданият” маҳалласидаги 22, 27, 47, 50-сонли мактабларнинг спорт залларини реконструкция қилиш, маҳалланинг ички йўлларини таъмирланади;

“Қўштамғали” маҳалласидаги 500 та яроқсиз симёғочлар бетон устунларга алмаштирилади.

Республика ишчи гуруҳи ўз фаолиятини давом эттирмоқда.

✍️ Тошкент вилояти давлат солиқ бошқармаси ахборот хизмати