Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.56K subscribers
12K photos
1.64K videos
105 files
3.61K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Тўртинчи йўналиш - тадбиркорларнинг мулк ҳуқуқини ҳимоя қилиш масаласидир.

Бундан буён ер ва мулк ажратиш ҳақидаги қарорларни бекор қилиш фақат ва фақат суд тартибида амалга оширилади.

«Фурсатдан фойдаланиб, барча ҳокимларнинг эътиборини бир масалага қаратмоқчиман – мулк ҳуқуқига оид қарорларни улар томонидан бекор қилишга йўл қўйилмайди», - деди Шавкат Мирзиёев.

Яъни, ҳуқуқ берувчи ҳужжатни фақат суд ҳақиқий эмас, деб топиши мумкин бўлади.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#ochiq_muloqot

DSQ Raisi tadbirkorlar bilan haftalik uchrashuvlarini Navoiydan boshladi

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
Sherzod Kudbiyev joriy yilning 13-oktabr kuni tadbirkorlik subyektlari faoliyati va ularga ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifati bilan yaqindan tanishish maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

Sherzod Kudbiyev tashrif davomida “MARMAR OBOD”, “GAZGAN STONE INVEST” va "PRIMER TEXTIL" korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Kunning ikkinchi yarmida DSQ Raisi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda 350 ga yaqin tadbirkorlik subyekti vakillari qatnashdi.

Noodatiy formatda tashkil etilgan tadbir hech qanday ma’ruzalarsiz to‘g‘idan-to‘g‘ri muloqot tarzida bo‘ldi. Uchrashuvda bir qator tadbirkorlik subyektlarining masalalari hal etildi.

Xususan, Navbahor tumanidagi “Fayz Parranda Navbahor” korxonasi rahbari tekshiruv natijasida qo‘llanilgan moliyaviy jarimani 6 oyga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga amaliy yordam so‘radi. Ushbu masala shu kunning o‘zidayoq ijobiy yechim topdi.

Uchrashuvda tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Sh.Kudbiyev tadbirkorlik subyektlari va ularga ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifati bilan tanishish, faoliyati davomida duch kelayotgan masalalarni hal etishga ko‘maklashsish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bugun Sh.Kudbiyev hududiy DSB xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ochiq_muloqot

DSQ Raisi Surxondaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

🗓Bugun, 25-oktabr kuni 16:30 da Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida DSQ Raisi Sherzod Kudbiyevning surxondaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.

🤝Unda biznes vakillarining taklif va tashabbuslari bilan tanishish, tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan masalalarga qonuniy yechimlar berish rejalashtirilgan.
_________
#открытый_диалог

Председатель ГНК проведет в Сурхандарье открытый диалог с предпринимателями

🗓Сегодня, 25 октября в 16:30 в Международном научно-исследовательском центре Имама Термизи в городе Термезе состоится открытый диалог председателя ГНК Шерзода Кудбиева с предпринимателями.

🤝На встрече планируется ознакомиться с предложениями и инициативами представителей бизнеса и предоставить решения актуальным вопросам, с которыми сталкиваются в своей деятельности предприниматели.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ochiq_muloqot

Ochiq muloqotda tadbirkorlar murojaatlari ijobiy yechim topdi

Davlat soliq qo‘mitasi Raisining Termiz shahridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan masalalar ijobiy hal etilmoqda.

Xususan, Qiziriq tumanidagi “GRAND GLOBAL” MChJ rahbari Sh.Aliqulov onlayn-kassa orqali chek summasi noto‘gri chop etganligi va ushbu chekni tahririlashda yordam so‘rab murojaat qildi.
Tadbirkorning murojaatini o‘rganib chiqib, belgilangan tartibda noto‘g‘ri summa qayd etilgan chekni tahrirlashga ruxsat berilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan “Denov mazali suvlari” korxonasi rahbari A.Choriyev sifatsiz holga kelib qolgan mahsulotlarni QQS hisobotida aks ettirish masalasida murojaat qildi.
Mutaxassislar tomonidan yaroqsiz mahsulotlarni QQS hiosbotida aks ettirish imkoniyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek DSQ Raisi ayni vaziyatda tadbirkorning masalasini tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan biznes vakillari tomonidan berilgan takliflar ham tinglandi, ularning murojaatlarida bildirilgan masalalar ijobiy hal etildi.

Sherzod Kudbiyev Surxondaryoga safarining ikkinchi kunida viloyat soliq xizmati xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

4-cektor rahbari aholi bilan muloqotda

⚡️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari, Olmaliq shahar hokimi hamda shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining aholi bilan navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.

📌Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan bugungi qabulga 50 nafardan ziyod fuqarolar kelib, oʻzlarini qiynayotgan turli masalalar boʻyicha murojaatlarini bayon etildi.

♻️Qabulda fuqarolarga hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

‼️Shundan so‘ng, sayyor qabulda tegishli tashkilot vakillari bilan birga har bir fuqaro alohida qabul qilinib, ularning muammo, taklif va e’tirozlari birma-bir eshitildi

✔️Uchrashuv davomida aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan 35 ta murojaat kelib tushdi, shundan 15 ta muammo joyida hal etildi, 17 tasiga tushuntirishlar berildi hamda 3 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

🔅Qabul so‘ngida Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarga tikuv mashinasi berildi. Ikki nafar fuqarolarga nogironlik aravachalari berildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

4-cektor rahbariyati aholi bilan muloqotda.

⚡️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi mutasaddilari,   Bo'ka tumani  hokimligi vakillari hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o'rinbosarining aholi bilan  navbatdagi sayyor qabuli Bo'ka tumani Cho'lobod mahallasida oʻtkazildi.

📌Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan bugungi qabulga 40 nafardan ziyod fuqarolar kelib, oʻzlarini qiynayotgan turli masalalar boʻyicha murojaatlarini bayon etildi.

♻️Qabulda fuqarolarga hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

‼️Shundan so‘ng, sayyor qabulda tegishli tashkilot vakillari bilan birga har bir fuqaro alohida qabul qilinib, ularning muammo, taklif va e’tirozlari birma-bir eshitildi

✔️Uchrashuv davomida aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan 6 ta murojaat kelib tushdi, shundan 1 ta muammo joyida hal etildi, 1tasiga tushuntirishlar berildi hamda 4 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

📌4-sektor rahbariyati aholi bilan jonli
muloqot o'tkazib, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topishga yordam bemoqda.

Galdagi uchrashuvning manzili Bo'ka tumani.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

4-cektor rahbariyati aholi bilan muloqotda.

⚡️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi mutasaddilari hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining aholi bilan  navbatdagi sayyor qabuli Oqqo'rg'on tumani Suvti mahallasida oʻtkazildi.

📌Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan bugungi qabulga 50 nafardan ziyod fuqarolar kelib, oʻzlarini qiynayotgan turli masalalar boʻyicha murojaatlarini bayon etildi.

♻️Qabulda fuqarolarga hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

‼️Shundan so‘ng, sayyor qabulda tegishli tashkilot vakillari bilan birga har bir fuqaro alohida qabul qilinib, ularning muammo, taklif va e’tirozlari birma-bir eshitildi

✔️Uchrashuv davomida aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan 28 ta murojaat kelib tushdi, shundan 16 ta muammo joyida hal etildi, 1tasiga tushuntirishberildi hamda 12 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#ochiq_muloqot

Viloyatda tadbirkorlar va eksportyorlar bilan ochiq muloqotlar boshlandi

🌐BATAFSIL
#ochiq_muloqot

Ochiq muloqot doirasida soliq sohasiga oid 70 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

📊"20-avgust – Tadbirkorlar kuni" munosabati bilan yaqin kunlarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi
ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.

☑️Shu munosabat bilan, "Tadbirkor virtual ofisi" axborot portali, "Call-markaz, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlar murojaatlari kelib tushmoqda.

🗓Joriy yilning 17-avgustiga qadar Toshkent viloyatidagi tadbirkorlardan soliq sohasiga oid 53 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 51 tasi qisqa fursatlarda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab etadigan 2 ta murojaat ayni paytda o‘rganish va hal etish jarayonida.
#Ochiq_muloqot

Viloyat hokimining tadbirkor va eksportyorlar bilan ochiq muloqoti oʻtkazildi

Bugun Nurafshon shahrida joylashgan "Nurafshon business city" direksiyasida Toshkent viloyati 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida tadbirkor va eksportyorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.

Muloqotni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad – tadbirkorlikdagi mavjud muammolarni oʻrganish, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda soha vakillarining takliflarini tinglashdan iborat.

Boʻlib oʻtgan ochiq muloqotda viloyat sektor rahbarlari, tegishli mutasaddilar, masalaga bevosita aloqador va dahldor tashkilot-idora rahbarlari ishtirok etdi.

100 dan ortiq tadbirkorlar tomonidan bildirib oʻtilgan muammolar yuzasidan suhbatlashilib, takliflar eshitildi. Tadbirkor va eksportyorlarning soliq, bojxona, kredit, kommunal xizmat, logistika yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlari yechimi boʻyicha shu joyning oʻzida tegishli mas’ullarga koʻrsatmalar berib oʻtilib, ijrosi nazoratga olindi.