Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.56K subscribers
12K photos
1.64K videos
105 files
3.61K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#jarayon

"Tashabbusli byudjet"dan -obod manzillar sari


🔰Zangiota tumani 4-sektorga qarashli “Ibrat” MFY hokim yordamchisi M. Qodirovning saʼy harakatlari bilan “Open byudjet” asosida “Ibrat” mahallasiga kirib kelishda oʻrnatilgan zamonaviy arkdan tortib, koʻchalarga asfalt yotqizilgani mahalla ahliga bamisoli toʻyona boʻldi.

🌈 Bolajonlarning yangi asfalt yoʻlda velosiped va samokatlarni miriqib, xandon otib uchib yurishlari kishiga zavq bagʻishlasa, “Ibrat” mahallasi arkining kechki koʻrinishi ham o'ziga xos joziba kasb etmoqda.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#jarayon

🔰Ayni paytda Ohangaron tumanining "Qoraxitoy" MFY Shodlik ko‘chasidagi ta’mirtalab ichki yo‘llarga shag‘al qoplamasi yotqizilmoqda.
#Jarayon_

2023 yil 17 dekabr kuni Ohangaron tuman soliq inspeksiyasi boshliqi I.Musayev tuman markazida tashkillashtirilgan yarmarkada narx-navoning barqarorligi va arzonlashtirilgan yarmarkani nazorat qilish maqsadida bozor rastalarda narx-navo bilan tanishdi.

✔️Shuningdek, yarmarkadagi tadbirkorlar bilan suhbatlarda bo‘lib, narxlarning sun'iy ravishda oshirish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida alohida ta'kidlab, tushuntirish ishlarini olib bordi.
#jarayon

⚡️ Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektorda narx-navo barqarorligini nazorat qilish yuzasidan tuman, shahar prokurorlari va soliq inspeksiyalari rahbarlariga topshiriq berildi.

Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Ohangaron shahar prokurori T.Karimov, soliq inspeksiyasi boshlig'i A.Mo'minov va Dehqon bozori rahbari bilan birgalikda dehqon bozorida bo'ldi.

📌Shahar prokurori dehqon bozorini ko'zdan kechirish jarayonida dehqon bozorida xaridor va sotuvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, noqonuniy qurilmalarni olish, infratuzilmasini zamonaviylashtirish bo'yicha dehqon bozori rahbariga bir qator ko'rsatmalar berildi.
#jarayon

🔰Ohangaron shahar prokuraturasi, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti va soliq inspeksiyasi tomonidan Ohangaron shahar dehqon bozori hamda "Namuna" mahalla fuqarolar yig'ini Istirohat bog'i hududida o'tkazilgan tadbir davomida 11 nafar fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati qonuniylashtirildi, hujjatsiz faoliyat ko'rsatayotgan fuqarolar va onlayn  kassa mashinasini belgilangan tartibda ishlata ololmayotgan soliq to'lovchilarga rasmiy ogohlantirishlar berildi.

☑️ Shuningdek ushbu hududlardagi tadbirkorlik subyektlariga 2024-yil soliq ma'murchiligiga kiritilgan o'zgarishlar hamda Tadbirkorlik sub'yektlarining barqarorlik reytingi mazmun mohiyati haqida tushuntirishlar berilmoqda.
#jarayon

🔰Davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari 4 -sektor hududidagi Bishkent hamda Chinobod mahallasidagi xonadonlarda bo'ldilar.

📌Uchrashuv davomida dehqonchilik bilan shug'ullanayotgan aholining muammolari o'rganildi.

✔️Shuningdek, mutasaddilar aholi daromadlarini yanada oshirish bo'yicha o'z taklif va ko'rsatmalarini ham berdilar.
#jarayon

🔰Davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari 4 -sektor hududidagi "Beruniy"mahallasidagi xonadonlarda bo'ldilar.

📌Uchrashuv davomida uyida sitrus mevalari yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan fuqaroning faoliyati o‘rganildi.

✔️O‘rganish davomida mutasaddilar aholi daromadlarini yanada oshirish bo'yicha o'z taklif va ko'rsatmalarini ham berdilar.
#jarayon

🔰Angren shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i "Istiqlol" Mahallasida bo‘lib, "Obod xonadon", "Obod koʻcha" va "Obod mahalla" meʼzonlari doirasidagiamalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

♻️Xususan, ichki yo‘llarning ta’miri, elektr energiyasidagi uzulishlarni oldini olish maqsadida olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

🔺Shuningdek, inspeksiya boshlig‘i hamda mutasaddi tashkilot xodimlari “Jigariston” mahallasida “O‘zbekko‘mir” AJ Temiryo‘l transporti filialiga qarashli “Porodnaya” stansiyasi EKG-86 yo‘nalishida joylashgan kontakt tarmog‘idan 127 metr kontakt simlar noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ham muhokama qildilar.

🔹Uchrashuvda hududda ko‘mir sanoati korxonalari mavjudligi va o‘g‘irlik holati sodir etilganligi ma’lum qilinib, bu kabi holatlarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilishi tushuntirildi.
#jarayon

⚡️ Ohangaron shahar 4-sektor hududidagi "Birlik" MFYda sektor rahbari mahallada sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yig'ilishini o'tkazdi.

📌 Yig'ilishda bundan keyin sodir etilgan jinoyatlarni muhokama qilishdan, jinoyat sodir etilgunga qadar oldini olish va bunda jamoatchilik vakillarini rolini oshirish bo'yicha ko'chaboshlari va mahalla faollari bilan kelishib olindi.
#Jarayon
#Uchrashuv

♻️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari tumandagi alohida kómakka muxtoj "Og'ir" toifadagi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar.

🔹Uchrashuv davomida yoshlarni kasb-hunar, chet tillariga o'qitish, bandligini ta'minlash bilan bog'liq asosiy muammolari o'rganildi, hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar olib borildi.

🔺Shuningdek, yoshlarni hayotda o'z o'rnini topishi va ijobiy yutuqlarga erishishlari bo'yicha taklif va ko'rsatmalar berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.