Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.65K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#raqamlashtirish #e_ijara

Toshkent viloyati soliq organlarida 23 mingdan ortiq
ijara shartnomalari ro‘yxatga qo‘yildi.

☑️2023-yil 1-mart oyi holatiga Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk
ijara shartnomalari soni 23 017 tani tashkil etadi.

🔸Xususan, jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan 11 ming 534 ta
ijara shartnomalari asosida 14, 7 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 86 foizga va hisoblangan daromad soligʻi summasi 608 mlrdga oshgan.

🔸Yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilgan 11 ming 483 ta
ijara shartnomalari asosida 15,3mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 17,0 foizga va hisoblangan daromad soligʻi summasi 31,4 foizga oshgan.

‼️Eslatib o‘tamiz,O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 159-moddasiga asosan, fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#e_ijara

Soliq organlarida 309 mingdan ortiq shartnomalar hisobga qo‘yilgan

2023-yil 1-aprel holatiga 309 323 ko‘chmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yildi

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 230,5 mingta ijara shartnomsi asosida 33,2 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 26,8% ga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 36,1% ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 78,7 mingta ijara shartnomasi asosida 66,9 mlrd so‘m soliqlar hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 24,3% ga va hisoblangan soliqlar summasi 30,9% ga oshgan.

Talabalar bilan 51 185 ta ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar soni jami 83 154 nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 11,8 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
__________
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 309 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 апреля 2023 года в налоговых органах зарегистрировано 309 323 договоров аренды недвижимого имущества.

На основании 230,5 договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 33,2 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 26,8%, а сумма начисленного налога - на 36,1%.

На основании 78,7 договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 66,9 млрд сумов налогов. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 24,3%, а сумма начисленных налогов - на 30,9%.

Со студентами заключено 51 185 договоров аренды жилья, где проживают в общей сложности 83 154 студентов.

Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы превысила 11,8 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #e_ijara

Toshkent viloyati soliq organlarida 28 mingdan ortiq
ijara shartnomalari ro‘yxatga qo‘yildi.

☑️2023-yil 1-may oyi holatiga Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk
ijara shartnomalari soni 28 167 tani tashkil etadi.

🔸Xususan, jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan 14 ming 506 ta
ijara shartnomalari asosida 18,8 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan hisoblangan daromad soligʻi summasi 8,5 mlrdga oshgan.

🔺Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 13 ming 661 ta
ijara shartnomalari asosida 21,9 mlrd sum daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 16,6 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 27,8 foiz oshgan.

‼️Eslatib o‘tamiz,O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 159-moddasiga asosan, fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #e_ijara
#mutaxassis_sharhi

Toshkent viloyati soliq organlarida 28 mingdan ortiq
ijara shartnomalari ro‘yxatga qo‘yildi.

☑️2023-yil 1-may oyi holatiga Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk
ijara shartnomalari soni 28 167 tani tashkil etadi.

🔸Xususan, jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan 14 ming 506 ta
ijara shartnomalari asosida 18,8 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan hisoblangan daromad soligʻi summasi 8,5 mlrdga oshgan.

🔺Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 13 ming 661 ta
ijara shartnomalari asosida 21,9 mlrd sum daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 16,6 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 27,8 foiz oshgan.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#e_ijara

🔴 “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazdim. Oradan 2 kun o'tdi, shartnoma hamon "Yuborilgan" holatda. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?

🔵 Sizdan mol-mulkni ijaraga olgan har bir kishi Soliq mobil ilovasida ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Buning uchun ijaraga oluvchi “Personal xizmatlar” bo‘limiga kirib, “Ijaraga berish” ➡️ “Ko‘chmas mulkni ijaraga berish” ➡️ “Shartnomalar ro‘yxati” ➡️ “Ijaraga olingan” bandlarini tanlashi va kerakli shartnomani tasdiqlashi kerak.

Ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish:
👉talabalar ijara shartnomasi
👉avtomobil ijara shartnomasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
#e_ijara

Soliq organlarida 295 mingdan ortiq shartnoma hisobga qo‘yilgan

2023-yil 1-iyul holatiga soliq organlarida 295 574 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 205,8 mingta ijara shartnomasi asosida 62 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 23,4% ga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 39,4% ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 89,7 mingta ijara shartnomasi asosida 261,6 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 25% ga va hisoblangan soliq summasi 33% ga oshgan.

Talabalar bilan 29 647 ta ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar soni jami 44 462 nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 23,6 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
__________
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 295 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 июля 2023 года в налоговых органах зарегистрировано 295 574 договоров аренды недвижимого имущества.

На основании 205,8 тыс. договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 62 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 23,4%, а сумма начисленного налога - на 39,4%.

На основании 89,7 тыс. договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 261,6 млрд сумов налогов. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 25%, а сумма начисленных налогов - на 33%.

Со студентами заключено 29 647 договоров аренды жилья, где проживают в общей сложности 44 462 студент.

Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы превысила 23,6 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?

‼️Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati – E-ijara ijara.soliq.uz saytida ishlamoqda.

🗝Tizimga ERI (elektron raqamli imzo) kaliti yordamida kiriladi.

Ijara shartnomasini hisobga qo‘yish oynasi uchta asosiy bo‘limdan iborat:

🔹Ijaraga beruvchi to‘g‘risida maʼlumot;
🔹Ijaraga oluvchi to‘g‘risida maʼlumot;
🔹Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida maʼlumot.

ERIdan foydalangan holda tizimga kirgandan so‘ng “Ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida ko‘chmas mulk egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Ijaraga oluvchi:
👉yuridik shaxs bo‘lsa, STIR kiritiladi;
👉jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR kiritiladi.

Ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.

✍🏻Ijaraga beruvchi/oluvchi telefon raqamini va faoliyat yoki yashash manzilini boshqa hududda bo‘lsa, qo‘lda kiritish mumkin.

Ijaraga olingan ko'chmas mulk bo'limida ro'yxatdan o'tgan obyektning kadastr raqamini ochiladigan ro'yxatdan tanlash lozim.

♻️Tizim Kadastr agentligi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan. Shuning uchun mulk joylashgan hudud, tuman, manzil va umumiy maydoni ko‘rsatilgan qatorlar avtomatik shakllanadi.

⚠️Ijara holati (to‘liq, qisman) va mulkdan foydalanish maqsadi ko‘rsatilishi majburiy.

👉Agar ijara qisman bo‘lsa, ijaraga olingan maydon ko‘rsatilishi shart.

Tasdiqlash uchun yuborilgan ma’lumotlar quyidagicha aks etadi:

• IJARAGA BERUVCHIda – “Ijaralar ro‘yxati” oynasi ➡️ “Chiquvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”;

• IJARAGA OLUVCHIda - “Ijaralar ro‘yxati” oynasi ➡️ “Kiruvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”.

👉Agar IJARAGA OLUVCHI ushbu ma’lumotni tasdiqlasa, ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida maxsus QR-kodli Guvohnoma shakllanadi.

Ijara sanasining boshlanishi ro‘yxatga qo‘yish sanasidan boshlab 10 kun avvalgi sanadan oshib ketmasligi lozim.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

Ko‘chmas mulk
ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM