Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.5K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Жамиятда аёллар ва ёшларнинг ролини ошириш ҳамда бандлигини таъминлаш чора-тадбирлари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Ҳар бир ҳудудда “ёшлар дафтари” ва “аёллар дафтари” шакллантирилиб, уларга қўллаб-қувватлашга муҳтож ишсизлар киритилиши ва манзилли иш йўлга қўйилиши айтилди.
“Ижтимоий шартнома” тажрибасини кенг қўллаш муҳимлиги таъкидланди. Нодавлат нотижорат ташкилотлар имкониятларидан самарали фойдаланиш лозимлиги қайд этилди.

Состоялось видеоселектерное совещание по вопросам повышения роли женщин и молодежи в обществе и обеспечения их занятости.
Поручено наладить адресную работу в рамках молодежной и женской «тетрадей» с включением в них безработных и нуждающихся в поддержке лиц.
Отмечена важность широкого применения механизма социального контракта, эффективного использования возможностей негосударственных некоммерческих организаций.

#Mirziyoyev #videoselektor #yoshlar #xotinqizlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Давлатимиз раҳбарининг ёшлар форумидаги иштироки, сўзлари ва ташаббуслари навқирон авлодга катта мотивация бағишламоқда.
- Буюк аждодлардан ибрат олиб, ҳаётда мўъжизалар яратишга астойдил интилишингиз керак, – деди Президент.
Кейинги йилдан олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида энг юқори балл тўплаган 200 нафар ёш учун Президент гранти жорий этилиши, магистратура ва докторантура босқичлари учун Президент стипендияси квотаси икки баробар оширилиши айтилди.

Участие главы государства в форуме, его слова и инициативы придают большую мотивацию молодежи.
- Вы должны брать пример с великих предков и стремиться делать чудеса в жизни, - сказал Президент.
Отмечалось, что со следующего года будет учрежден Президентский грант для 200 студентов, набравших наивысший балл при поступлении в вузы, а квота Президентской стипендии для магистрантов и докторантов будет увеличена вдвое.

#Mirziyoyev #forum #yoshlar #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bekobod_tumani
#yoshlar_forumi

🎗Bekobod tumani 4-sektor hududiga qarashli Boston Mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan "Barkamol avlod" bolalar maktabida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, "Kamalak" bolalar tashkiloti va 4- sektor rahbariyati boshchiligida hamda tumanning eng faol yoshlari ishtirokida "Yoshlar forumi" bo'lib o'tdi.

🎤Tadbir musiqiy va ijodiy sahnalarga boy bo'lganligi sababli, barcha ishtirokchilar vaqtlarini mazmunli o'tkazishdi.

✍🏻Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyasi
#soliq_va_yoshlar #yoshlar_forumi_2021

Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir ... bilimingizni hech kim tortib ololmaydi - Sherzod Kudbiyevning yoshlar bilan muloqotidan:

▫️Bugun yoshlarimizga o‘z ustida ishlashi, bilim olishi, fozil, barkamol inson bo‘lib shakllanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

▫️Har qanday davlatning jadal rivojlanishi, xalqining farovon yashashi o‘sha davlatdagi yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, ularga yaratilayotgan sharoitlarga chambarchas bog‘liq.

▫️Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakat kelajagi uchun javobgarlikni his qiladigan, barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlar bilangina buyuk davlatni qurish mumkin.

▫️"Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir" shunday ekan ezgu maqsad sari faqat shaxdam qadamlar bilan olg‘a intilish zarur.

▫️Hech narsadan qo‘rqmanglar! Lavozimingizni, pulingizni kimdir olishi mumkin, ammo bilimingizni hech kim hech qachon sizdan tortib ololmaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Bekobod_tumani
#hokim_yordamchilari
#yoshlar_yetakchilari

🔰Bugun Bekobod tumanida hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

💠Uchrashuvda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig'i R.Raimov, viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Yuldashev, Markaziy Bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Ergashev, Bekobod tumani hokimi F.Xudoyberdiyev, shuningdek, iqtisodiyot sohasidagi idoralarning mas’ul vakillari va sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

📌Uchrashuvda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi, ishlarni to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha oldinda turgan masala va vazifalar belgilab olindi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
#Yoshlar_kuni

Yoshlar kuni munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda davlat soliq xizmati tizimida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar hamda DSQ huzuridagi Fiskal instituti talabalari ishtirok etmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan yoshlar uchrashuvi ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Tadbir avvalida Sherzod Davlyatovich bugungi kunda yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etishi uchun barcha sharoitlar muhayyo ekanligini ta'kidladi.

"Men har doimgidek oldindan belgilangan ssenariylardan chekingan holda erkin, dildan suhbat qilish uchun keldim.

Men sizlar bilan rahbar sifatida emas, o‘z uka-singillarim bilan samimiy muloqot qilish niyatidaman", dedi Sherzod Kudbiyev.
__________
#День_молодежи

По случаю Дня молодежи проходит встреча председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева с молодежью.

В мероприятии принимают участие молодые сотрудники органов государственной налоговой службы и студенты Фискального института при ГНК.

С первых минут встречи с председателем ГНК участники ощутили мощный эмоциональный заряд.

В первую очередь, Шерзод Кудбиев отметил, что сегодня у молодежи есть все условия и возможности, чтобы раскрывать свой потенциал и развивать таланты.

"Я пришел сюда побеседовать с вами не по запланированному сценарию, а открыто и по душам.

Я намерен вести диалог с вами не как руководитель, а пообщаться искренне как с младшими братьями и сестрами", - подчеркнул Шерзод Кудбиев.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Yoshlar_kuni

Fiskal institutida tashkil etilgan yoshlar bilan uchrashuvda Davlat soliq qo‘mitasi raisi tizimda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yosh xodimlar hamda fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan talabalarni taqdirladi.

Sherzod Kudbiyev yigit-qizlarni bayram bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.
_________
#День_молодежи

На встрече с молодежью в Фискальном институте председатель ГНК наградил молодых сотрудников, демонстрирующих высокие показатели эффективности, а также студентов, добившихся весомых результатов в предметных олимпиадах.

Шерзод Кудбиев еще раз поздравил юношей и девушек с праздником и пожелал дальнейших успехов во всех начинаниях
.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yoshlar_kuni

Yoshlik — umrning bahori, g‘ayrat-shijoat fasli

Yoshlik — inson umrining bahori, betakror, azmu shijoatga to‘la faslidir. Yoshlik kelgusi umrning qay manzil tomon yo‘nalishini hal etadigan muhim palladir. Yurakda muhabbat, tafakkurda bitmas-tuganmas g‘oyalar jo‘sh urgan bu davrda inson o‘zini dunyoni o‘zgartirishga qodir his qiladi. Ana shu jurʼat insoniyatni buyuk ixtirolar, ilm-fanda ulkan muvaffaqiyatlar qilishga undaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlik — dunyoni yangilashga, odamzodning hayot tarzini yana-da yaxshilashga hissa qo‘shishdek ulug‘ ishda qatnashish uchun har birimizga berilgan takrorlanmas imkoniyatdir.

Bugun yurtimiz yoshlari ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, Yangi O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga doston qilayotir.

Shu o‘rinda taʼkidlash joiz, Prezidentimiz boshchiligida bugun yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mamlakat ertasi bo‘lmish yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini erkin namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda. O‘z navbatida, yoshlar ham bu imkoniyatlarga ilm-fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa ko‘plab sohalarda erishayotgan yutuqlari, olamshumul g‘alabalari bilan munosib javob qaytarishga harakat qilayotir.

Davlat soliq xizmati organlarida ham asosiy kuch bu — yosh kadrlar hisoblanadi. Ularning ishchanligi, izlanishga, o‘rganishga bo‘lgan baland ishtiyoqi boshqa xodimlarni ham g‘ayrat bilan mehnat qilishga, yoshlardan ortda qolmay samarali faoliyat olib borishga undaydi. Hozirda davlat soliq xizmati organlarida 2 ming nafardan ziyod 30 yoshgacha bo‘lgan xodim xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yurtimizning barcha mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, sport va boshqa sohalar bo‘yicha turli tanlovlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash ishlariga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Respublikamiz miqyosida 753 ming nafardan ziyod yosh tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda. Shundan 90 mingga yaqini korxona rahbari, 52 mingdan ziyodi yakka tartibdagi tadbirkor, 611 mingdan ortig‘i o‘zini o‘zi band qilgan yoshlardir.

30-iyun — Yoshlar kuni bilan Yangi O‘zbekistonning ertasi bo‘lgan uka-singillarimni samimiy muborakbod etaman!

Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda yoshlarga ishonishimizni, ularga suyanishimizni taʼkidlab, mana shu masʼuliyatli vazifani vijdonan, sidqidildan ado etishda barcha yoshlarga kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilayman.

Aziz yoshlar, umrning bahorini, g‘ayrat-shijoat faslini munosib yashang! Bayram muborak bo‘lsin!

Sherzod KUDBIYEV,
Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Yoshlar_daftari

⚡️ Toshkent tumanida 22 nafar yoshlarga tikuv dastgohlari topshirildi

🔖 Bugun Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman bo’limi tomonidan yoshlarni ish bilan ta’minlash va tikuvchilik sohasini rivojlantirish maqsadida 22 nafar “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg’armasi mablag’lari hisobidan tikuv mashinalari ajratildi.

Bundan tashqari, jamg’arma mablag’lari hisobidan 5 nafar oliy ta'limda o'qiydigan yoshlarga kontrakt pullari to'lab berildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#uchrashuv
#yoshlar

📍Prezidentimiz topshirig'iga binoan
yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bandligini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Imomov Angren shahrida nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy ta’minotga muhtoj yoshlar bilan uchrashdi.

♻️Uchrashuvdan asosiy maqsad, yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, kasbga yo‘naltirish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish kabi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

☑️Tadbir o‘zaro muloqot shaklida o‘tkazilib, mas’ullar tomonidan
yoshlar muammolari tinglandi va amaliy chora ko‘rish belgilandi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#uchrashuv
#yoshlar

📍Prezidentimiz topshirig'iga binoan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bandligini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Imomov Bo‘stonliq tumanidagi xonadonlarda bo‘lib, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy ta’minotga muhtoj yoshlar bilan uchrashmoqda.

♻️Uchrashuvdan asosiy maqsad, yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, kasbga yo‘naltirish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish kabi ko‘plab vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

☑️ Мutasaddilar уoshlar bilan o‘zaro muloqot davomida ularning muammolarini tinglash bilan birga amaliy chora ko‘rishlari belgilab olindi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#4_sektor
#yoshlar_bandligi

♻️Toshkent viloyati Bekobod tumani 4-sektoriga qarashli Uyas mahallasida "
Yoshlar" daftarida xamda og'ir toifaga tushgan yoshlarga 30 yil muddatga dehqonchilik faoliyatini boshlash uchun yer maydonlari ajratib berildi.
#yoshlar murojaati e’tiborda

🔰Viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inagamov tomonidan tuman yoshlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Aydarali MFY Yoshlar yetakchisi tomonidan MFY iqtidorli yoshlaridan biri Z.Jamalova, Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan "DZYUDO" bo‘yicha Osiyo kubogida ishtirok etishi uchun moddiy yordam berishlarini so‘ragan. 
Ushbu murojaatni ijobiy xal etish uchun Viloyati Soliq boshqarma boshlig‘i A.Inagamov tomonidan "DZYUDO" bo‘yicha Osiyo kubogida borib ishtirok etishi uchun barcha xarajatlarni qoplab berdi hamda Z.Jamalova yurtimiz bayrog‘ini yuqorilarga olib chiqishiga omadlar tiladi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati