Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Bekobod_tumani
#hokim_yordamchisi

Hokim yordamchisi bilan bir kun

🏘Bekobod tumani 4-sektorga qarashli Farhod mahallasiga briktirilgan hokim yordamchisi Sardor Ismoilov Mahalla telekanali muxbiri Mavludaxon Sharofova bilan hokim yordamchisi bilan bir kun loyihasi uchun koʻrsatuv tayyorladi.

Bunda mahalladagi ishsiz boʻlgan fuqarolar hozirgi kunda qanchasi oʻz tomorqa xoʻjaligida band boʻlganligi, imtiyozli kredit olish istagida boʻlgan aholi qatlami boʻyicha olib borayotgan ishlari bilan tanishtirdi.

🎞Batafsil koʻrsatuv eferga uzatilgandan soʻng beriladi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Bekobod_tumani
#4_sektor   #Obodlik_sari

🌿Bahor yaqinlashib kelar ekan, yurtimizning har bir manzilida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal tus oladi.
🏘Shunday manzillardan biri Bekobod tumanining Farhod mahallasi bo‘lib, ayni damda mahallada sektor rahbari va tegishli mutasaddilar boshchiligida mahalla faollari ishtirokida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Zero, yurt obodligi yo‘lida qilinayotgan ishlarning barchasi vatan ravnaqiga qo‘shayotgan xissamizdir

✍️Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi
Soliq xizmati-insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori!

♻️Davlatimiz rahbarining 2020- yil 30- oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan soliq organlarining yangi strukturasi tasdiqlangan bo‘lib, yangi strukturaga muvofiq Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi bo‘limlari tarkibida “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” shoʻbalari tashkil etildi.

🔰Natijada Davlat soliq idoralari tizimida “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili ostida tadbirkorlik sub’yektlariga keng ko‘lamli amaliy yordamlar berib kelinmoqda. Jumladan Davlat soliq qo‘mitasining 2021- yil 7-yanvardagi 10-sonli buyrug‘iga asosan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida shoʻba hodimlariga yangi ish boshlagan tadbirkorlik sub’yektlariga soliq rejimini tanlashda maslahat berish, tadbirkor tomonidan amaliy yordam so‘ralganda dastlabki buxgalteriya hisobini yuritishga, hisobotlarini topshirishga ko‘maklashish, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, va boshka mavjud muammolarini o‘rganish va yechim topish bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilangan.

❇️Mazkur tamoyil bugungi kunda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi faoliyatidagi asosiy yo‘nalishga aylanib ulgurgan.

‼️Ushbu tamoyil asosida boshqarmaning “Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi” “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” shoʻbasi xodimlari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarining buxgalteriya hisobini yuritish hamda soliq hisobotlarini taqdim etishda aniqlangan kamchiliklarni tuzatishlar kiritishda yordam ko‘rsatilishi natijasida 2022 yilning yanvar-fevral oylari davomida 510 ta sub’yektlarga soliq hisobotlari yuborilishida va xatoliklari bartaraf etilishida amaliy yordamlar berildi.

Shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohatlarni izchil davom ettirish, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida Nurafshon hamda Yangyo‘l shahri tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Prezidentimizning qisqa fursatda yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yil 8 iyun kuni «Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.

✳️Qaroriga asosan, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirildi.

‼️Bu borada Toshkent viloyati soliq organlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan

MUTAXASSIS SНARHI
Inson manfaatlari yo‘lida.

🔰Davlat soliq qo‘mitasi Raisining 2021-yil 6-dekabrdagi 26-son bayoni ijrosi yuzasidan 4-sektorga biriktirilgan har bir mahallaning 4 tadan xonadonlarida quvvati 500 tadan yuqori bo‘lgan inkubatorlarni tashkil etish vazifasi topshirilgan edi.

✳️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatining 4-sektor hududida 831 ta inkubatorlar tashkil etildi. Shundan 2500 talik va undan yuqorilarining soni 3 ta, 1000 taliklarining soni 52 ta hamda 500
taliklarining soni 620 tadan iborat.

‼️Xususan, 4-sektorga qarashli Ohangaron shahar hamda Ohanganron tumanidagi 12 ta mahallalarida 38 ta 500 talik inkubatorlar xonadon egalariga hadya qilindi.

📍Misol tariqasida Ohangaron shahar Qo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘ini Charog‘on ko‘chasi 13-uyda yashovchi Akbar Ergashev “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turadi. Unga 4-sektor rahbari tashabbusi bilan 500 talik inkubator aparati berilgan edi. Hozirda u doimiy ravishda inkubatorlardan foydalanib kelmoqda. Ayni paytda jo‘jalar ochib chiqqan bo‘lib, “Qora shahzoda” hamda “Brama” tovuq zotlarini yetishtirib, kelgusida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

❇️Shuningdek, Ohangaron tumani O‘zbekiston MFY Anhor ko‘chasi 22 –uyda istiqomat qiluvchi Ra’no Umarovaga ham inkubator apparati berilgan bo‘lib, hozirda ushbu inkubatorda 170 dona tuxum qo‘yilgan. Endilikda Ra’no Umarova inkubatorda zotdor tovuqlar yetishtiradi va ularni har biriga 40-50 ming so‘mdan doimiy xaridorlar ham topilgan.

📌Muxtasar aytganda, 4-sektor rahbarlari tomonidan aholiga inkubatorlar yetkazib berishning maqsadi, ularni ish bilan ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirishga qaratilgan.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#keshbek

Keshbek: iste’molchilarga 15,1 mlrd so‘m keshbek to‘landi

2022-yil 1-yanvardan amaliyotga joriy etilgan keshbek tizimi iste’molchilar orasida tobora ommalashib bormoqda. Buni chop etilayotgan cheklar soni va yig‘ilayotgan keshbek summasi misolida ko‘rish mumkin.

💳 Ushbu amaliyot doirasida dastlabki 86,7 ming nafar iste’molchiga 15,1 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

📊Shu bilan bir qatorda, o‘tgan oy mobaynida 276 302 ta xarid chekiga hisoblangan yana 5,4 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘lanmasdan qolmoqda.

🔎 Bunga 17 517 ta tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlaridagi kamchiliklar sabab bo‘lmoqda:
🔹2 763 ta tadbirkor (hisoblangan keshbek 2,6 mlrd so‘m) hisobotlarida chek ma’lumotlari to‘liq aks ettirilmagan;
🔹12 406 ta tadbirkor (hisoblangan keshbek 1,4 mlrd so‘m) umuman hisobot topshirmagan;
🔹2 348 ta tadbirkorning 1 mln so‘mdan yuqori soliq qarzi mavjud (hisoblangan keshbek 1,4 mlrd so‘m).

⚙️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, kamchiliklar tuzatilishi hamda ularning qarzdorligi kamayishi bo‘yicha kunlik o‘zgarishlar real vaqt rejimida inobatga olinib, hisoblangan keshbek summasi tasdiqlanadi.

Iste’molchilar diqqatiga! Xaridni amalga oshirganda chek talab qiling
va xarid summasidan 1 % keshbekka ega bo‘ling.
Keshbek chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxsga hisoblanadi.

Hurmatli fuqarolar,
xarid cheklarini talab qilib savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga o‘z hissangizni qo‘shing, bundan manfaatdor bo‘ling va huquqlaringiz posboniga aylaning!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

"Soliq" mobil ilovasidagi tasdiqlangan "keshbek" mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?
_____________________
#кешбэк

Как перевести в мобильном приложении "Soliq" подтвержденные средства "кэшбэк" на банковскую карту

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram