Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12K photos
1.64K videos
109 files
3.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

Oqilona soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning ijobiy natijalari hamda istiqboldagi vazifalar

▶️ Soliq 2024 sarhisobi

Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari hamda raqamlashtirishning natijalari soliq tushumlarini sezilarli darajada oshirdi.

📊Budjetga 199,1 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlanib, 2023-yilga nisbatan 20% (+33,1 trln so‘m) o‘sdi;

Tuman va shaharlar budjetiga tushumlar 24% ga oshdi.

Sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar:

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va serverlar yangilandi, zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatildi.

Soliq organlarining aloqa infratuzilmasi va axborot xavfsizligi tizimlari modernizatsiya qilindi.

Soliq ma’muriyatchiligi uchun yagona raqamli platforma yaratildi.

Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun zamonaviy texnologiyalar joriy qilindi.

Soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati kengaytirildi.

2025-yilning ustuvor yo‘nalishlari:

➡️Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni raqamli transformatsiya orqali yanada yaxshilash;

➡️KPI mezonlari asosida mahallabay va korxonabay ishlash tizimini rivojlantirish:

➡️Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda soliq nazorati instrumentlarini takomillashtirish;

➡️Davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalarda xarajatlarni nazorat qilish va soliq monitoringini joriy etish.

📊2025-yilda 224 trln so‘m soliq tushumlarini ta’minlash vazifasi belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM