Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.7K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

Xorazm viloyatining Urganch shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga Davlat soliq qo‘mitasi raisi masʼul etib biriktirilgan

📝Qo‘mita raisining maxsus shtabi tomonidan Urganch shahrini investitsion salohiyatini oshirish, aholi bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqildi.

♻️Aholi bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar bo‘yicha 51 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi va buning natijasida 2 200 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Batafsil:
"Reportaj 24" ko‘rsatuvida

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uzumchilik
#mahallabay
#ohangaron
Ohangaronda “anjanchasiga” uzum yetishtiriladi.

Ohangaron tumani 4-sektor hududidagi “Qoraxtoy” hamda O‘zbekiston mahallasi Andijon viloyati Buloqboshi tumani namunasi bo‘yicha "Voyish" usulida uzum yetishtirish ishlarini amalga oshirish uchun tanlab olindi.

❇️4-sektor rahbari hamda mahalla follari hamda bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida olib boriladigan mazkur ishlar to‘g‘risida ko‘chaboshilariga to‘liq ma’lumot berildi.

📌Ushbu tashabbus, dastlab, “Qoraxtoy” mahallasining “Mustaqillik” hamda “O‘zbekiston” mahallasining “Oqtosh” ko‘chalarida olib boriladi. Bu borada so‘rtoklar qurish va ommaviylashtirish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari amalga oshiriladigan bo‘ldi.

📌Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, “Qoraxtoy” hamda O‘zbekiston mahallalari uzum yetishtirish bo‘yicha tumandagi eng ilg‘or, o‘z an’analariga ega bo‘lgan mahallalaridan biridir.

💥Ayni paytda 500 dona "Voyish" usulida birinchi uzum ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️Aytish joiz, mazkur mahallalarda uzum yetishtirish anchadan buyon yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, endilikda mahalla ko‘chalarida ham “Voyish” usulida uzumlar yetishtiriladi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

2024-yil mart oyida Mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha respublikamizdagi 9 443 ta mahallada 4 374 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bordi.

Joriy yil mart oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 89,5 ballni tashkil etdi.

📊Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori bo‘lgan hududlar – Top-3:
📍Toshkent shahri – 91,2%;
📍Qoraqalpog‘iston – 91%;

📍Toshkent viloyati – 91%.

🔹Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning ko‘rsatkichlari:
▫️reytingi 90 balldan yuqori inspektorlar – 1 198 nafar;
▫️reytingi 70 dan 90 ballgacha bo‘lgan inspektorlar – 2 937 nafar;
▫️reytingi 70 balldan past bo‘lgan inspektorlar – 239 nafar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Президент Шавкат Мирзиёев Шароф Рашидов туманидаги Туёқли маҳалласида бўлиб, аҳоли турмуш шароити билан танишди.
——-
#махаллабай

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Туёкли в Шараф-Рашидовском районе, где ознакомился с условиями жизни населения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

2024-yil aprel oyida Mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha respublikamizdagi 9 445 ta mahallada 4 358 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bordi.

Joriy yil aprel oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 92,2 ballni tashkil etdi.

📊Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori bo‘lgan hududlar – Top-3:
📍Surxondaryo viloyati – 94,3%;
📍Toshkent shahri – 93,1%;
📍
Buxoro viloyati – 92,5%;
📍Sirdaryo viloyati – 92,5%.

🔹Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning ko‘rsatkichlari:
▫️reytingi 90 balldan yuqori inspektorlar – 1 793 nafar;
▫️reytingi 70 dan 90 ballgacha bo‘lgan inspektorlar – 2 547 nafar;
▫️reytingi 70 balldan past bo‘lgan inspektorlar – 18 nafar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay #korxonabay

Har bir soliq to‘lovchining o‘z soliqchisi bor


Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay" va “korxonabay” ishlash institutlari barcha soliq to‘lovchilarga soliq inspektorlari bilan individual ishlash imkonini berdi.

Xususan bugungi kunda
▪️“korxonabay” ishlash tizimida 182 mingta QQS toʻlovchi korxonaga 902 nafar,
▪️"mahallabay" tizimida esa 9 445 ta mahallaga 4 349 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Ushbu xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.

Har bir soliq to‘lovchining my3.soliq.uz'dagi shaxsiy kabineti "Asosiy" sahifasida, o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori haqida to‘liq ma’lumotlar (FIO, lavozimi va bog‘lanish uchun telefon raqami) joylashtirilgan:
▫️“Korxonabay” tizimida "Mening soliq boshqarmadagi inspektorim" bo‘limida;
▫️Mahallabay” tizimida "Mening mahalladagi soliq inspektorim" bo‘limida.

Soliq toʻlovchilar faoliyati
▫️“korxonabay” ishlash tizimi orqali 42 ta,
▫️"mahallabay" tizimida esa 25 ta yo‘nalishda avtomatik tahlil qilinadi.

Soliq to‘lovchilar uchun my3.soliq.uz portalida yaratilgan yana bir yangilik –
shaxsiy kabinetning "Asosiy" sahifasidagi “Xizmatlar” bo‘limida soliq to‘lovchilarning soliq organlariga murojaat yuborish shakli yangilandi.

Endilikda murojaat yuborishda uning qisqacha mazmunini bildiruvchi 40 ta mavzudan birini tanlash mumkin. Bunda 1,5 ming belgidan ko‘p bo‘lmagan matn va 5 MBgacha bo‘lgan fayl (xls/pdf/zip) biriktirish imkoni mavjud.

Yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq organining manzili soliq to'lovchining ro'yxatdan o'tgan joyi bo‘yicha avtomatik ravishda sozlanadi. Lekin soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, boshqa soliq organini - inspeksiya, boshqarma yoki Soliq qo'mitasini ham tanlashi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

TOP-100 “Mahalla yettiligi”reytingi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi joriy yilning 8 oyi davomida mahallalarda tizimli ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda alohida natijalarga erishgan TOP-100 “mahalla yettiligi” reytingini eʻlon qildi.

Mazkur “mahalla yettiligi” xodimlarini bugungi kunda mahalla tizimining haqiqiy fidoyilari deb atash mumkin. Ular aholining intilishlari va maqsadlarini roʻyobga chiqarishda oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshmoqdalar.

Bugungi kunda har bir mahallaga biriktirilgan soliq organlari xodimlari bor imkoniyatlarni ishga solib, mahallalardagi soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning, tadbirkorning iqtisodiy muammolarini oʻrganish va hal qilish, ularga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda fidokorona xizmat qilmoqda.

Top reytingga kiritilgan soliq inspektorlari:
Maxssetbay Saparbayev – Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Ketenler” MFY;
Farrux Ashurboyev – Andijon viloyati “Kuygan-yor” MFY;
Samandar Rajabov – Buxoro viloyati “Polvonlar yurti” MFY;
Xayrulla Berdaliyev – Jizzax viloyati “Toqchilik” MFY;
Oʻktam Raxmatov – Qashqadaryo viloyati “Hontepa”MFY;
Jamshid Shapoʻlatov – Navoiy viloyati “Sarjal” OFY;
Islomjon Olimov – Namangan viloyati “Qoʻrgʻoncha” MFY;
Maxmudxoʻja Saidov – Samarqand viloyati “Chortut” MFY;
Shakirov Dilmurod – Sirdaryo viloyati “Islomobod” MFY;
Shamsiddin Mamataliyev – Surxondaryo viloyati “Gulzor” MFY;
Abror Musabekov – Toshkent viloyati “Tortuvli” MFY;
Baxtiyor Boltayev – Toshkent shahar “Olmos” MFY;
Akmaljon Murotov – Fargʻona viloyati “Jonibek” MFY;
Jalolbek Xudoyberganov – Xorazm viloyati “Qoramozi” MFY

Soliq qoʻmitasi faoliyatlari yuqori baxolangan mahallabay ishlash tizimi xodimlarini hamda oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, reytingdan munosib oʻrin olgan barcha "mahalla yettiligi" xodimlarini samimiy tabriklaydi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati


Joriy yil noyabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 79,1 ballni tashkil etdi.

Toshkent viloyatida mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning noyabr oyi reytingi 79,4% koʻrsatkichni tashkil qildi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM