Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.5K photos
1.88K videos
120 files
4.57K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#etirof

Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblari qatorida


Bugun, 15-dekabr kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan har yili ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish va rag‘batlantirish maqsadida o‘zkaziladi.

Joriy yilda ham o‘z tizimida ushbu yo‘nalishda namunali ishlarni yo‘lga qo‘ygan bir qator vazirlik va idoralar taqdirlandi.

Xususan, soliq xizmati organlarida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar, sogʻlom ijtimoiy muhit hamda xodimlarning islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish boʻyicha amaliyotga joriy etilgan samarali loyihalar munosib baholanib, Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” Respublika tanlovida 2-o‘ringa loyiq deb topildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

Uchrashuvda
“Perfekt invest biznes” korxonasi vakili U.Sultonov tadbirkorlar 10 yil oldin soliqchilar kelishidan qo‘rqib turishini, hozirgi kunda soliq tizimining tartibga tushganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#etirof

Soliq qoʻmitasi Raisi
Sherzod Kudbiyev xarid cheki soʻrab, sotuvchining qoʻpol munosabatiga duch kelgan 12 yoshli Qoʻchqorov Shahboz Farrux oʻgʻli bilan shaxsan uchrashib unga minnatdorlik izhor etdi.

Uchrashuvda yosh va faol yurtdoshimizni qoʻllab-quvatlash uchun rais oʻrinbosarlari, markaziy appart tuzilma rahbarlari va barcha xodimlar qatnashdi.

Sherzod Kudbiyev Shahbozga tengdoshlaridan farqli ravishda savdo va xizmat koʻrsatish sohasida jamoatchilik nazoratidagi faol ishtiroki, mavjud tartib-qoidalarga rioya etishdagi oʻziga xos tashabbusi, soliqlarning jamiyatda tutgan oʻrnini hozirdan idrok eta boshlagani va bu bilan barchaga oʻrnak boʻlgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv davomida Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga oid chora-tadbirlar oʻz samarasini berayotgani taʼkidlandi. Qahramonimizning onasi Dilbar opaga,
Mana shunday farzandni tarbiyalab voyaga yetkazganingiz uchun sizga ham alohida rahmat. Shahboz Yangi Oʻzbekistonning yangi avlodlariga namuna boʻldi, –

dedi Sh.Kudbiyev.
______
#признание #герой_дня

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, похвалил и выразил благодарность 12-летнему Шахбозжону Кучкарову Фарруховичу, который потребовал выдать ему чек, но столкнулся с грубым отношением продавца

На встрече с целью поддержки нашего юного и активного соотечественника также присутствовали заместители председателя, руководители центрального аппарата и остальные сотрудники.

Шерзод Кудбиев поблагодарил Шахбозжона за его стойкое участие в укреплении общественного контроля в сфере торговли и услуг, выразил признательность за инициативность в соблюдении действующих правил и осознание важности налогов в обществе, став примером для всех и каждого.

Во время встречи подчеркнуто, что реформы, проводимые в Новом Узбекистане, в особенности меры по воспитанию молодого поколения, дают свои положительные результаты.
Вам отдельная благодарность за воспитание такого сына. Шахбозжон стал образцом Нового поколения Нового Узбекистана, –

заключил Ш. Кудбиев, обратившись к матери героя.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#etirof

Prezidentimizning Farmoni bilan Soliq qo‘mitasi raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovich "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Hurmatli Sherzod Davlyatovich, yurtimiz taraqqiyoti va farovonligini ta’minlash yo'lidagi hissangizning munosib e’tirofi muborak bo‘lsin.

Davlat soliq xizmati organlarining ko‘p sonli jamoasi nomidan Sizni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaymiz.
_______
#признание

Указом Президента председатель Налогового комитета Кудбиев Шерзод Давлятович награжден орденом «Дустлик»

Уважаемый Шерзод Давлятович, поздравляем с заслуженным признанием Вашего вклада в обеспечение развития и благосостояния нашей страны.

От имени большого коллектива органов государственной налоговой службы поздравляем Вас с этой высокой наградой.
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Halollik osuda turmush garovi!

Soliq qoʻmitasida xodimlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Soliq qoʻmitasi Raisining maslahatchisi Y.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Taʻkidlanganidek, tizimda erishilgan barcha yuqori koʻrsatkichlar, yutuqlarda, albatta har bir xodimning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va yaqinlarining beqiyos xissasi bor.

Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʻuliyatli kasb ekanligi taʻkidlanib, yurtmizning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji, aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida tinmay mehnat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʻzolariga minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, halol mehnat qilayotgan xodimlarning ota-onalariga Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan tashakkurnoma va Birlashgan Kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, yigʻilishda soliq xodimlari va ularning yaqinlariga davlat xizmatchilari oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Bunday turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishda oilaning alohida oʻrni borligi eʼtirof etildi.

Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Yaqinlarimiz ko‘magi - halol va professional xizmatda asosiy motivatsiya
_________
#встреча #признание #антикоррупция

Поддержка близких - главная мотивация честной и добропорядочной профессиональной службы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#etirof #sorovnoma

Soliq qo'mitasi – "Хalq reyting"da birinchi!


Repost.uz “Xalq reytingi - 2024” so'rovnomalari natijasini e‘lon qildi.

“Eng faol qo‘mitalar” nominatsiyasida Soliq qo‘mitasi birinchi bo'ldi.

Soliq xizmati biznesni yuritish sodda va qulay bo‘lishi, soliqlarni bir zumda to'lash va ortiqchasini ovoragarchiliksiz qaytarib olish, o'zini o'zi band qilib, rasmiy daromadga ega bo'lish, jamoatchilikning faol fuqarolik pozitsiyasini ko‘rsatishi uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Bildirilgan ishonch uchun rahmat! Siz bizni yanada yaxshi bo'lishga kuch berdingiz!
_________
#признание #опрос

Налоговый комитет - №1 в "Народном рейтинге"!


Медиапроект Repost.uz подвел итоги «Народного рейтинга 2024».

1 место в номинации "Самые активные комитеты" получил Налоговый комитет.

Налоговая служба прилагает все усилия, чтобы ведение бизнеса было простым и удобным, уплатить налоги можно было за считанные минуты, а вернуть переплату без лишних хлопот, чтобы можно было оформить самозанятость и получать официальный доход, а также чтобы общественность могла проявлять активную гражданскую позицию.

Благодарим за оказанное доверие! Вы вдохновляете нас быть еще лучше!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay #etirof

Soliq inspektorlari “Mahalla Iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


Mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash, uning huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi islohotlar doirasida, mamlakatimizda 22-mart — “Mahalla tizimi xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanib, mahalla tizimi xodimlarining mehnatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur sana munosabati bilan, respublikamiz mahallalarida fidokorona mehnat qilib yuqori natijalarga erishayotgan xodimlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir davomida mahallalarni obod qilish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit yaratish yo‘nalishidagi xizmatlari uchun, bir qator fidoyi xodimlar “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Xususan mahalla yettiligi tarkibidagi quyidagi soliq inspektorlarining mehnatlari munosib e'tirof etildi:

Jizzax viloyati Abdujalol Alimardonov;
Namangan viloyati Adhamjon Abdullayev, Ilhomjon Kamoldinov;
Buxoro viloyati Rajab Sharipov, Obidjon Rahmonov;
Toshkent viloyati Axmedova Marhabo, Mo'minov Rafiq;
Samarqand viloyati San’at Narziqulov;
Andijon viloyati Faxriddin Xolmatov, Husniddin Sulaymonov;
Xorazm viloyati Alisher Ramanov, Mammadjon Salayev;
Navoiy viloyati Baxshullo Xamroyev;
Sirdaryo viloyati Dilmurod Shokirov;
Surxondaryo viloyati Xatamov Sarvar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davron Berdimuratov, Maxamatdin O‘marov.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ushbu berilgan yuksak e’tibor va e’tirof uchun chuqur minnatdorchilik bildirgan holda, bu nafaqat sharaf, balki yanada mas’uliyat bilan ishlashga undaydigan katta ishonch belgisi ekanligini ta’kidlashdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#etirof

Soliq qo‘mitasi davlat boshqaruvi organlari orasida kiberxavfsizlik bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi

Bugun “Kiberxavfsizlik markazi” tomonidan 2024-yil yakuni boʻyicha davlat boshqaruvi organlarida axborot va kiberxavfsizlik reytingi e’lon qilindi.

Unda xavfsizlikni taʼminlashda faol ishtirok etgan va yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan Soliq qoʻmitasi 99.8 ball toʻplab, faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Bu Soliq qoʻmitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti, Soliq maʻlumotlarini qayta ishlash markazi va “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi mutaxassislarining hamkorlikda amalga oshirgan zarur tashkiliy va texnik tadbirlari natijasidir.

Axborot tizimlari va resurslarining samarali ishlashi, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, kiberxavfsizlik va maʻlumotlarning ochiqligi taʻminlanganligi – bularning barchasi ushbu muvaffaqiyatga zamin yaratdi.
_________
#признание

Налоговый комитет стал лучшим в сфере кибербезопасности по итогам 2024 года

Сегодня Центр кибербезопасности объявил результаты рейтинга по состоянию обеспечения информационной и кибербезопасности в органах государственного управления по итогам 2024 года.

Налоговый комитет, принявший активное участие и продемонстрировавший высокие показатели, набрал 99,8 баллов и занял почетное 1-е место.

Этого результата удалось достичь благодаря слаженной совместной работе специалистов Департамента информационно-коммуникационных технологий Налогового комитета, Центра обработки налоговых данных и Научно-информационного центра «Янги технологиялар».

Ключевыми факторами успеха стали эффективное функционирование информационных систем и ресурсов, автоматизация управленческих процессов, обеспечение цифровой безопасности и прозрачности данных.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #etirof

O‘zbekiston soliq tizimiga xalqaro hamjamiyatdan yuqori baho — raqamli islohotlar namunaga aylanmoqda


O‘zbekiston soliq maʼmurchiligi Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda qator davlatlarning soliq organlari bilan doimiy tajriba almashish va raqamli yechimlarni joriy etish orqali izchil takomillashtirib kelmoqda. Ochiq, zamonaviy va iqtisodiyot rivojiga xizmat qiladigan soliq tizimi, unga bo‘lgan ishonch esa xalqaro maydonda yil sayin mustahkamlanmoqda.

Navendi Karan, OTBning Davlat boshqaruvi va menejment sektori direktori

Raqamlashtirishdagi ba‘zi natijalar shunchalik ilgarilaganki, biz bu tajribani to‘plashni va O‘zbekistonning bu sohadagi yutuqlarini boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tarqatmoqchimiz.

O‘zbekiston raqamlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar darajasi shunchalik yuqoriki, hatto ayrim rivojlangan davlatlar bunday yutuqlarga erishmagan bo‘lishi mumkin.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#etirof

Bilimga qilingan sarmoya — eng qadrli yutuq!

🥇Kechagi kun Soliq qo‘mitasi jamoasi uchun faxrlanish kuni bo‘ldi: 2024 yilgi Ochiqlik indeksi va axborot xizmati samaradorligi reytinglari eʼlon qilindi. Ikkalasida ham qo‘mitalar orasida 1-o‘rin!
Avvalroq, mart oyida Kiberxavfsizlik bo’yicha 1-o’rin.

Hozirgina esa yana bir quvonchli yangilikni oldik:

🥇Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi InTax‘25 xalqaro soliqqa tortish tanlovi finalida munosib ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!


Bilimga qilingan sarmoya — eng barqaror sarmoyadir. Bu g‘alaba bu haqiqatni yana bir bor isbotladi.


Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev barcha soliqchilarni va bo‘lajak soliqchilarni qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan samimiy tabrikladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads