Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
121 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦_Mahalla “yettiligi” ko‘magida  muammolar hal etilmoqda

💬Soliq xodimlari mahalladagi “yettilik” bilan hamkorlikda soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishda ko‘maklashish kabi 25 ta yo‘nalishda ish olib bormoqda.

📌Jumladan, Bo‘stonliq tumani, Sari-Qanli, MFY, Sari-Qanli ko‘chasi, 254- uyda yashovchi fuqaro A.Juparbekov o‘z xonadonida asalarichilik bilan shug'illanish bilan bir qatorda qishloq xo'jaligi mahsulotlarni yetishtirib, daromad manbaiga ega bo'lib kelmoqda.

Bundan tashqari, MFYda istiqomat qilayotgan 2 nafar ishsiz fuqarolarni o‘zini-o‘zi band qilgan holda ish bilan band qilingan.

🔗Shuningdek,Bo‘stonliq tumanida 2024- yil 01 avgust holatiga jami 13994 nafar mehnat bilan band bo‘lgan aholi mehnat stajiga ega bo‘lishi va kelgusida pensiya olishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK #lekin_bu_fakt

Nima uchun chekda 1 gramm kartoshka 5 ming so‘m?


Agar fiskal cheklarda o‘lchov birliklari noto‘g‘ri qo‘llanilsa, soliq organlari tomonidan cheklar tahlil qilinganda narxlar sun’iy oshirilgani aniqlanadi. Masalan, soliq to‘lovchi chekda kartoshkaning o‘lchov birligiga gramm, miqdorga 1 raqamini kiritadi va narxini 5 ming so‘m qilib ko‘rsatadi. Natijada 1 gramm kartoshka 5 ming so‘mdan sotiladi, demak 1 kilogramm kartoshka narxi 5 mln so‘m bo‘ladi. Shuning uchun har bir mahsulot va xizmat identifikatsiya kodiga (MXIK) qat'iy o'lchov birligi biriktirilgan.


👉Fiskal chek qanday bo‘ladi?

____________
#ИКПУ #интересный_факт

Почему в чеке 1 грамм картофеля стоит 5 тысяч сумов?


Если неправильно применять единицы измерения в фискальных чеках, то при анализе чеков налоговыми органами выявляется искусственное завышение цен. Например, налогоплательщик указывает в чеке единицей измерения картофеля - грамм, в количестве вводит цифру 1, а цену ставит 5 тысяч сумов. В итоге получается, что 1 грамм картофеля продается по 5 тысяч сумов, а значит 1 килограмм картофеля стоит 5 млн сумов. Поэтому за каждым идентификационным кодом продукции и услуг (ИКПУ) закрепили фиксированную единицу измерения.


👉Как выглядит фискальный чек?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi
#yer_soligi

📌 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasi hisoblanadi.

📌 Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning yoki shaharning sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan yerlari uchun o‘rtacha hisobda aniqlanadi.

📌 Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.

📌 Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo‘yicha soliq bazasi o‘z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan

📩 Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 15-oktabrgacha toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SMS koʻrinishida yuborilmoqda.

❗️Agar 15-aprelgacha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan boʻlsa  u qarzdorlik sifatida alohida koʻrsatilgan.

SMS ostida "Batafsil" hamda "Toʻlash" yozuvi bor."Batafsil" yozuvi orqali  toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.
Qaysi hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlari ko‘proq faoliyat yuritadi?

Viloyatimizda 2024- yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 41 421 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 35 280 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Zangiota tumani – 4 255 ta
Qibray tumani – 3 022 ta
Toshkent tumani – 2 578 ta
Chirchiq shahri – 2 306 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 13 401 ta
sanoat sohasida – 6 326 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 572 ta
qurilish sohasida – 2 382 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 863 ta
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 750 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

Joriy yil yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 427 ta yuridik shaxs tomonidan 750,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Shundan 126,2 mlrd so‘mi, ya’ni 16,8 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,8 trln so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 30,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

📊Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

▫️QQS – 53 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 38 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 30 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 5,2 mlrd so‘m.
___
#цифровизация #налоговые_поступления

В январе-июле предприятия общественного питания уплатили более 750 млрд сумов налогов

В январе-июле этого года 19 427 юридических лица, осуществляющих деятельность в сфере общественного питания, уплатили 750,2 млрд сумов налогов. Из них 126,2 млрд сумов, то есть 16,8 %, приходится на 20 организаций. Их товарооборот превысил 1,8 трлн сумов, а сумма примененных ими налоговых льгот - 30,8 млрд сумов.

📊Поступления, обеспеченные этими 20 крупными налогоплательщиками
, в разрезе видов налогов:

▫️НДС - 53 млрд сумов;
▫️НДФЛ - 38 млрд сумов;
▫️налог на прибыль - 30 млрд сумов;
▫️другие налоги - 5,2 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Savol_javob

Savol Yakka tartibdagi tadbirkor qancha xodimni yollashi mumkin va ularni soliq organlarida qanday ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?

Javob: Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat turiga qarab 5 nafargacha ishchi yollash huquqiga ega (2021-yil 22-noyabrdagi
VMQ-707-son-qarori).

Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma mehnat shartnomasi tuziladi. Shundan so‘ng, yakka tartibdagi tadbirkor uch ish kuni ichida xodimni davlat soliq xizmati organiga ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berishi kerak. Buni
my.soliq.uz veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali “Xodimlarni ro‘yxatga olish” xizmati orqali elektron tarzda amalga oshirish mumkin.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
🟦🟦🟦_
STOL TENNISI BO‘YICHA SOLIQ QO‘MITASI RAISI KUBOGI BAHSLARINING TOSHKENT VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasi Raisi tashabbusi bilan O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqalarida stol tennisiga ishtiyoqi baland bo‘lgan havaskor sportchilar o‘zaro bellashmoqda.

✔️Xususan, joriy yilning 27-avgust kuni Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududida joylashgan sport tennisi majmuasida aholi o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish natijasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, stol tennisi sport turini aholi o‘rtasida ommalashtirish va uni yanada rivojlantirish, stol tennisi sport turi bo‘yicha sportchilarning mahorati darajasini oshirish, turli yosh toifalarida stol tennisi sport turi bo‘yicha sportchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash va ularni saralab olish maqsadida “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM