Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
🟦🟦🟦_
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasi Raisi tashabbusi bilan O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqalarida stol tennisiga ishtiyoqi baland bo‘lgan havaskor sportchilar o‘zaro bellashmoqda.


🏓Musobaqaning quyi bosqichlarida viloyatning 1500 nafarga yaqin havaskor tennischilari ishtirok etgan bo‘lsalar, bellashuvlarning viloyat bosqichida 132 nafar spotchi o‘g‘il-qizlar 3 ta yosh toifasida bellashdilar.

🥇Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida qizlar o‘rtasida Tashmaxamatova Adiya, Masharipova Mahliyo, Zakalodejnaya Kamila,
O‘g‘il bolalar o‘rtasida Abduxalilov Lochinbek, Xalilov Leonid va Kajaev Daniillar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Toshkent viloyati soliq boshqarmasi tomonidan ta’sis etilgan esdalik sovg‘alari, diplom va kuboklar bilan taqdirlandilar.

Ushbu tadbirda Yuqorichirchiq tumani hokimi O‘skenbay Atemov, Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Gavhar Muqaddasova, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Alovitdin Inagamov, Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Bobokulov va O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi?
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Mahsulot (xizmat)larga mos oʻlchov birligini tanlash lozim

Mahsulot xususiyatiga koʻra MXIKka bir yoki bir nechta oʻlchov birligi biriktiriladi.
Misol uchun❗️Hajmi ogʻirlikda oʻlchanadigan mahsulotlar uchun tonna, kilogramm, gramm. Bunda tonnada xarid qilib, kilogramm yoki grammda sotish mumkin.

Ammo keyingi paytlarda ayrim tadbirkorlar tomonidan EHF va cheklarda mahsulot (xizmat) xususiyatiga toʻgʻri kelmaydigan oʻlchov birliklaridan foydalanish holatlari tez-tez kuzatildi. Masalan, mol goʻshti litrda, tirik baliq kilometrda sotilgan.

Yuqoridagi holatlarni oldini olish maqsadida faqat mahsulot (xizmat)lar xususiyatiga mos oʻlchov birligini tanlash mumkin.

Hozirda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogida 374 mingdan ortiq MXIK va ularga tegishli oʻlchov birliklari bor.

Katalogda MXIKlar mahalliy bozorga yangi kirib kelayotgan mahsulot (xizmat)lar boʻyicha muntazam ravishda koʻpayib boradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Shahar va shaharchalar chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun 2 baravar yer soligʻi hisoblash bekor qilinadi


“Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-304-son, 28.08.2024-y.

Qarorga muvofiq,

▫️shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari uchun yer soligʻini 2 baravar miqdorida hisoblash tartibi bekor qilinadi;

▫️ushbu huddularda joylashgan qishloq xoʻjaligi yerlariga amaldagi qonunchilikka asosan, yer soligʻi 1 karra hisoblanadi.

📌Mazkur tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉 Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar
___________
#новое_в_законодательстве

Отменяется расчет земельного налога в двукратном размере за расположенные в границах городов и поселков земли сельскохозяйственного назначения

Принято Постановление Президента "О дополнительных мерах по поддержке сельскохозяйственных предприятий".
👉№ПП-304 от 28.08.2024

Согласно Постановлению:

▫️отменен порядок исчисления в двукратном размере земельного налога по земельным участкам сельскохозяйственного назначения, расположенным в административных границах городов и поселков;

▫️в соответствии с действующим законодательством по этим сельскохозяйственным землям земельный налог будет исчисляться в однократном размере.

📌Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉ст.2 и ст.75 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

🏓YUQORI CHIRCHIQ TUMANI_SOLIQ QO‘MITASI RAISI KUBOGI MUSOBAQASI O‘TKAZILDI_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

🔗Yillar kesimida sanoat korxonalari soni

📊Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-avgust holatiga viloyatimizda 6 482 sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda. So‘nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:

2020- yilda – 8 101 ta
2021- yilda – 9 296 ta
2022- yilda – 9 560 ta
2023- yilda – 7 081 ta
2024- yilda – 6 482 ta

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰

Toshkent viloyati soliq organi xodimlari tomonidan aholi gavjum
joylar, bozorlar, savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

💬Korrupsiya ko'pgina davlatlarning iqtisodiy va siyosiy salohiyatiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatib kelmoqda.
Bu borada mamlakatimizda ham koruppsiyaga qarashi kurashishda tizimli ravishda qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.


📌Ana shunday tadbirlar Toshkent viloyatining Bekobod tumanida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlarda soliq sohasida korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallari joylashtirilib, soliq to‘lovchilarga flayerlar tarqatildi.

✉️Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida
maʼlumotlarni@dsq_anticorrupciya-
bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (78-220-20-01) ga xabar qoldirishlari mumkin.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM