Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.71K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari A.Fayziboyevning “Angren” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ)da faoliyat yuritayotgan tadbikorlik subyektlari vakillari bilan yuzma-yuz muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar hokimiyati mutasadilari, “Angren” EIZ direksiyasi rahbariyati hamda tadbirkorlik subyektlari va eksportchi korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish hamda investitsiya dasturlari va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda ishbilarmonlar tomonidan o‘rtaga tashlangan ayrim masalalar shu yerning o‘zida qonuniy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan boshqa murojaatlarni hal etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Maʼlumot o‘rnida. 2024-yil 1-may holatiga “Angren” EIZga aʼzo bo‘lgan korxonalarda 11498 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan.

EIZ hududida shu kunga qadar 1191,1 mln AQSh dollari qiymatidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilib, joriy yilning o‘tgan davrida 39,7 mlrd so‘mlik tovarlar realizatsiya qilindi
.
Byudjet prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi muhokamasi davom etmoqda

🔻Zangiota tumanida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Zulfanov  hamda Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda aniqlangan qo‘shimcha manbaa summalarini undirish,  byudjet prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔸Unda yashirin iqtisodiyot ulushining ortishi raqobat va bozor mexanizmlarining izdan chiqishiga, aholi real daromadlarining pasayishi, ishchilar hamda isteʼmolchilar huquqlarining poymol boʻlishiga olib kelishi haqida so‘z bordi.

♻️Shuningdek, viloyat prokuraturasining Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida nazorat bo‘limi boshlig‘i F.Normuradov ma’sullarga yashirin iqtisodiyotni oldini olish hamda qo‘shimcha manbaa summalarini undirishni tashkil etish borasida tavsiyalar berdi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#Sport

⛳️Nurafshonda “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi

🔰Oʻzbekiston boʻylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish sport marafaoni davom etmoqda.

🔺Marafon Nurafshon shahrida ham uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda oʻtdi. Marafonga 5 ming 300 nafar ishtirokchi jalb qilindi.

‼️Ushbu marafonda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham erta tongdan faol ishtirok etdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘RTA CHIRCHIQ TUMANI_PILLAKORLAR DAROMAD VA IJTIMOIY SOLIQLARDAN OZOD QILINADI
#barqarorlik_reytingi

Reytingi "yuqori" bo`lganlar uchun imtiyozlar taqdim etilishi tushuntirilmoqda

📌Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

✔️Muloqotlarda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar batafsil tushuntirilmoqda.

♻️Bo'stonliq tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda ham tadbirkorlarga reyting mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

🔺Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-may

aprel oyi uchun:


- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- agar aprel oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 мая 2024 года - последний день

за апрель:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в апреле были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijalari

2024-yil yanvar-aprel oylarida 6 279 ta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (563,1 ming) 1,1 %ni tashkil etadi.

Ushbu tekshiruvlar natijasida 2,8 trln soʻmdan ortiq qoʻshimcha soliq hisoblangan.

Qo‘shimcha soliqlar asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha hisoblangan:
▫️QQS – 1,4 trln soʻm;
▫️
foyda soligʻi – 1,1 trln soʻm;
▫️
JShODS – 153,7 mlrd soʻm;
▫️
AOS – 46 mlrd soʻm;
▫️
boshqa soliqlar va yig‘imlar – 65,9 mlrd soʻm.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:

🔹umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish - 1,6 trln soʻm;
🔹ishlab chiqarish – 518,1 mrld soʻm;
🔹qurilish – 432,4 mrld soʻm;
🔹transport – 127,4 mlrd soʻm;
🔹qishloq xo‘jaligi – 75,3 mlrd so‘m.
__________