Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.71K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Kitobdan zo‘r sovg‘a bormi?!

🔰Toshkent viloyatida ham 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular uch toifaga ajratildi. Bunda yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan yosh “yaxshi” toifaga, turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol yigit-qizlar “o‘rta” toifaga, davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj yoshlar “ahvoli og‘ir” toifaga ajratib olingan.

📍Uchinchi toifadagi 32 nafar e’tiborga muhtoj yosh viloyat 4-sektor rahbariga nomma-nom biriktirilib, ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ish tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

🔸Boshqarma mutasaddilari Quyi Chirchiq tumanida bo‘lib, “qizil” toifadagi yoshlar yashaydigan har bir xonadonni borib o‘rgandi. Ularning o‘zlari hamda ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi va muammolarini tingladi.

🔻Suhbat davomida yoshlarning qiziqishlari o‘rganildi va ularga boshqarma boshlig‘ining kitoblar jamlanmasidan iborat sovg‘alari yetkazildi.
#bu_muhim

Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish

📖Soliq
kodeksining 221-moddasida nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish bo'yicha javobgarlik keltirilgan. Unga ko'ra:

🔸Nazorat-kassa tеxnikasining va (yoki) hisob-kitob tеrminallarining qo`llanilishi majburiy bo`lgani holda, ularni qo`llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko`rsatganlik, xuddi shuningdеk sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib bеrish, talonlarni, chеklarni yoki ularga tеnglashtirilgan hujjatlarni bеrish majburiy bo`lgani holda bunday hujjatlarni bеrmasdan tovarlarni rеalizasiya qilganlik va xizmatlar ko`rsatganlik, shuningdеk hisob-kitob tеrminallari orqali to`lovlarni qabul qilishni rad etganlik — bеsh million so`m miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.

🔸Soliq organlarida ro`yxatga olinmagan nazorat-kassa tеxnikasini qo`llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, chеklar yoki ularga tеnglashtirilgan hujjatlarni bеrgan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko`rsatganlik — еtti million so`m miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.

🔸Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob tеrminallaridan soliq to`lovchi tomonidan foydalanilishi —yigirma million so`m miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.

🔸Tеxnik talablarga muvofiq bo`lmagan yoki xizmat ko`rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa tеxnikalaridan foydalanganlik — yigirma million so`m miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.
#deklaratsiya

2023-yilda chet eldan pul o‘tkazmasi olgan edim. Soliq organlari buning uchun soliq hisoblashga haqlimi?

Agar jismoniy shaxs jismoniy shaxsdan pul mablag'i olgan bo'lsa, unda bu daromad
soliqqa tortilmaydi va jami yillik daromad to'g'risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Agar jismoniy shaxs xorijiy yuridik shaxsdan daromad olgan bo'lsa, u holda ushbu daromad 1-aprelgacha
taqdim etilishi kerak bo'lgan deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.

Tijorat banklari soliq organlariga xorijiy yuridik shaxsdan jismoniy shaxsning hisobvarag'iga chet eldan kelib tushgan mablag'lar to'g'risida umumlashtirilgan ma'lumotlarni
taqdim etadi.

Agar soliq to'lovchi 1-aprelgacha ushbu daromad bo'yicha deklaratsiya
taqdim etmasa, soliq organi o'zida mavjud ma'lumotlarga asoslanib soliq hisoblaydi va bu haqda soliq to'lovchini xabardor qiladi. Hisoblangan soliq to'g'risida batafsil ma'lumot aks ettirilgan xabarnomalar soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Bunda soliq summasi 1-iyungacha to'lanishi lozim.

Agar soliq to‘lovchining hisoblangan soliq summasiga e'tirozi bo‘lsa va tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lsa, u holda ushbu hujjatlarni ilova qilgan holda
my3.soliq.uz sayti orqali qayta deklaratsiya taqdim etishi lozim.
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Toshkent viloyatida 2024-yil yanvar-aprel oylarida 563 ta soliq to‘lovchiga nisbatan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijasida 412, 8 trln soʻmdan ortiq qoʻshimcha soliq hisoblangan

2024-yil yanvar-aprel oylarida Respublikamizdagi 6 279 ta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (563,1 ming) 1,1 %ni tashkil etadi. Ushbu tekshiruvlar natijasida 2,8 trln soʻmdan ortiq qoʻshimcha soliq hisoblangan.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
🔹umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish - 1,6 trln soʻm;
🔹ishlab chiqarish – 518,1 mrld soʻm;
🔹qurilish – 432,4 mrld soʻm;
🔹transport – 127,4 mlrd soʻm;
🔹qishloq xo‘jaligi – 75,3 mlrd so‘m.
#raqamlashtirish
#QQS

Toshkent viloyatida 2024-yil 1-may holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar soni 17 118 taga yetdi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga 1 813 taga ya’ni 11,8 % ko‘p.

Mamlakatimizda 2024-yil 1-may holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 191 738 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
▫️savdo – 63,2 ming;
▫️qishloq xoʻjaligi – 46,8 ming;
▫️sanoat – 25,2 ming.

QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
🔹transport – 19,8%;
🔹xizmat ko'rsatish – 12,4%;
🔹axborot va aloqa – 9,7%.
Rag‘bat-yuksalish sari yetaklaydi

🔹Toshkent viloyatida soliq xizmati organlariga mahalla darajasiga tushib ishlash boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 1025 ta mahallalarga 482 nafar soliq inspektorlari biriktirildi.

🔺Amalga oshirilgan ishlar natijasida Toshkent viloyatida soliq inspektorlarining joriy yil yanvar oyi samaradorlik ko‘rsatkichi 88,4 BALLni

☑️- fevral oyida 92,4 BALLni

☑️- mart oyida bu ko‘rsatgich 91 BALLni tashkil etib (shundan 37 nafar xodim 95 balldan yuqori, 80 nafar xodimlar 90 balldan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Aprel oyida esa xodimlar ko‘rsatgichlari 91,2 balni tashkil etdi.

♻️Shuningdek, aprel oyida samaradorlik ko‘rsatkichi 90,0 balldan yuqori bo‘lgan 15 ta inspeksiyadan 206 ta xodim rag‘batlantirildi

📌Viloyat bo‘yicha biriktirilgan xodimlarning 43 foizi ustama mukofotlari olib, mavjud intizomiy jazo choralari bekor qilinishi belgilandi.

‼️Bo‘stonliq tumanining Ashisay hamda Uyenkulsay mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Uyg‘un Ergashevning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari aprel oyi yakuni bilan 97,3% ni tashkil etib, rag‘batlantirilayotgan xodimlardan biri sanaladi.

Aytish kerakki, mazkur yangi tizim joriy etilgandan buyon, uning ko‘rsatgichlari 95 Balldan yuqori bo‘lib kelmoqda.

🔸Uyg‘un Ergashev Soliq qo‘mitasi raisi tomonidan e’tirof etilib, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

▫️– Menga biriktirilgan 2 ta mahallada 20 nafar yuridik shaxslar hamda 32 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar,457 nafar o‘zini o‘zi band qilganlar va 1 295 nafar yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘lovchilari bor,-deydi Uyg‘un Ergashev. Qo‘mita raisi tomonidan berilgan e’tirofdan minnatdorman. Bu e’tirofni qabud qilayotib, viloyat boshqarma boshlig‘iga doim yuqori ko‘rsatgichlarni qayt etishga va’da berdim. Kelgusi faoliyatimda ham qo‘shimcha manbaalar yaratib, soliq tushumlarini ortig‘i bilan bajarishga va rahbariyat bergan ishonchni oqlashga harakat qilaman.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi qaror mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda


📝Ma’lumki, 2024-yil 16- aprelda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi. Joylarda hamkor idora va tashkilotlar ishtirokida qaror mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchimisiz? Unda mazkur videoqo‘llanma aynan siz uchun.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Хотите получить отсрочку или рассрочку по уплате налога? Воспользуйтесь этой видеоинструкцией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay
ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉
Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

👉2024-yildan QQS bo‘yicha qonunchilikka qanday o‘zgarishlar kiritilgan?
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉
Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.
👉
MJTK 175-modda 2-qism

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉
MJTK 175-modda 5-qism

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉
MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*BHM 1 baravari = 340 000 so‘m