Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.5K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi - biznesning yangi bosqichi
Xotira muqaddas-inson qadri aziz!

🔸9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasida ko‘p yillar samarali faoliyat yuritgan marhum xodimlarning yaqinlari holidan xabar olindi.

🔻Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan boshlangan ushbu xayrli ishda sobiq kasbdoshlarning umr yo‘li, yaxshi amal va fazilatlari hamda erishgan yutuqlari xotirlandi.

Xususan, Bugalteriya sho‘basida ko‘p yillar halol mehnat qilgan Adil Abduqadirov hamda Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori Rustam Raxmonovlar qisqa umr ko‘rgan bo‘lsalarda o‘zlaridan yaxshi nom qoldira oldilar. Ko‘plab shogirdlar tarbiyaladilar. Faoliyatlari davomida olgan tajribalarini boshqalarga ham o‘rgatdilar.

‼️Marhumlarning yaqinlari bilan bo‘lgan suhbat davomida ularning oilalariga hamdardlik bildirib, xotiralari hamisha barhayot ekanligi ta’kidlandi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#gimnastrada_2024

Sport — nafislik va salomatlik manbai

Bugun vazirlik va idoralar xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan festivalda Soliq qo‘mitasining jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Soliqchi ayollardan iborat jamoaning chiqishlari muhlislar olqishi va hakamlar e'tirofiga sazovor bo‘ldi.

Soliq qo'mitasi jamoasi 30 ga yaqin tashkilotlar ichida eng yaxshi TOP-5 jamoalar safidan joy oldi. Shuningdek, "Kompozitsiyani sahnalashtirishdagi kutilmagan yechimlari uchun" nominatsiyasi g'olibi bo‘ldi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
O‘zbek ayollarining matonati unutilmaydi

9 may – Xotira va qadrlash kuni


Ikkinchi jahon urushining dahshati va fojialari haqida ko‘p gapirish mumkin. Bu urushda o‘zbek xalqining ham qanchadan-qancha o‘g‘lonlari qurbon bo‘ldi. Urush qoldirgan jarohatlar necha yillar o‘tsa ham insoniyat xotirasidan o‘chmaydi. Buni unutishga avlodlarning haqqi yo‘q.

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Nurafshon business city” hududidagi 1,2 gektar maydonda Zulfiya Zokirova nomidagi memorial yodgorlik majmuasi barpo etildi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod qishlog‘ida yashagan Zulfiya Zokirova Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan – Isoqjon, Ahmadjon, Mamajon, Vahobjon, Yusufjondan judo bo‘lgan. Urush tufayli, kelinlar beva, nabiralar yetim qolgan.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Zulfiya Zokirovaning matonatli hayot yo‘li haqida badiiy film yaratildi.

Bu yodgorlik majmuini ziyorat qilgan, yaratilgan bog‘ni aylangan insonlarda urushlarga nafrat tuyg‘usi uyg‘onishi bilan birga buyuk momolarimiz, ularning mard o‘g‘lonlari jasorati, matonatidan g‘ururlanish hissi ham paydo bo‘ladi.

Zulfiya Zokirova oilasi misolida Ikkinchi jahon urushi o‘zbek xalqiga qanchalik musibat keltirganini tasavvur etish mumkin.

Bu yodgorlik majmuini ziyorat qilgan, yaratilgan bog‘ni aylangan insonlarda urushlarga nafrat tuyg‘usi uyg‘onishi bilan birga buyuk momolarimiz, ularning mard o‘g‘lonlari jasorati, matonatidan g‘ururlanish hissi ham paydo bo‘ladi.