#barqarorlik_reytingi
Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish choralari joriy etilishi tushuntirildi
🔺Toshkent viloyati soliq boshqarmasida biznes vakillari uchun tadbirkorlik sub`ektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
🔹Boshqarmaning Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar haqida ma’lumot berildi.
♻️Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyatida A toifadagi korxonalar soni 251 ta, B toifadagi korxonalar soni 7391 ta, C toifadagi korxonalar soni 25 627 ta hamda D toifadagi korxonalar soni 16 935tani tashkil etadi.
📌Uchrashuvda korxona rahbari hamda hisobchisiga shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam kuzatib borishlari, kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkinligi tushuntirildi.