Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#e_ijara

Ijara to‘lovlarining minimal stavkalari

Soliq solish maqsadida har yili ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilanadi. Soliq hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan har oylik to‘lanadigan summa ushbu belgilangan miqdordan past bo‘lmasligi lozim.

Avval bunday stavkalar faqat mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga qo‘llanilgan bo‘lsa, joriy yildan boshlab oylik ijara to‘lovlari yuridik shaxslar uchun ham tatbiq etildi.

Masalan, Toshkent shahrida 1 kv.m turar-joy maydoni uchun minimal ijara to‘lovi 25 ming so‘m. Agar 50 kv.m kvartira ijaraga olinsa, soliq hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan oyiga to‘lanadigan summa kamida 1 250 000 so'm (25 000 x 50) bo‘lishi kerak. Shartnoma bo‘yicha jismoniy shaxsning ijara to‘lovi miqdori ushbu summadan kam bo‘lsa ham, har oy uchun 1,25 mln so‘mdan 12 % daromad solig‘i hisoblanadi (1,25 mln x 12 % = 150 000).

Agar yuridik shaxs Toshkent shahrida 100 kv.m bo‘lgan noturar joyni ijaraga olgan bo'lsa soliq solish maqsadida oylik ijara toʻlovi oyiga kamida 4 mln soʻm boʻlishi kerak.

Belgilangan minimal stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarga ham tegishli. Faqat yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalar bundan mustasno.
___________
#e_ijara

О минимальных ставках арендной платы

В целях налогообложения ежегодно устанавливаются минимальные ставки арендной платы. Это значит, что для расчета налога сумма, которую уплачивает арендатор в месяц, должна быть не ниже установленных размеров.

Ранее такие ставки применялись только в отношении физических лиц, сдающих имущество в аренду, а с этого года ежемесячные ставки арендной платы распространяются и на юридических лиц.

К примеру, минимальный размер арендной платы за 1 кв. м жилого помещения в Ташкенте составляет 25 тыс. сумов. Если в аренду сдается квартира площадью 50 кв. м, то для исчисления налога сумма, уплачиваемая арендатором в месяц, должна составлять не менее 1 250 000 сумов (25 тыс. сумов х 50 кв.м). Если у физлица сумма арендной платы по договору ниже этой суммы, то налог в размере 12% (НДФЛ) будет исчисляться от 1,25 млн сумов (12% от 1,25 млн сумов = 150 тыс. сумов в месяц).

Если юрлицо арендует нежилое помещение площадью 100 кв. м в Ташкенте, то в целях налогообложения сумма арендной платы в месяц должна составлять не менее 4 млн сумов.

Установленные минимальные ставки применимы и в отношении договоров бесплатного пользования недвижимым имуществом. Исключение составляют только договора между близкими родственниками.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 mln so‘mdan ortiq daromadi qanday soliqqa tortiladi?

Joriy yilda Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tadi.
❗️Ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida shakllantiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan daromadlari uchun AOS to‘laydi.
👉 AOS stavkalari

Masalan, joriy yilning mart oyida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi 104 mln so‘mni tashkil etgan. Bunda uning 100 mln so‘m miqdoridagi daromadiga soliq solinmaydi. Qolgan 4 mln so‘mdan (daromadning belgilangan me’yoridan oshgan qismi) 4% miqdorida AOS to'laydi (160 ming so'm).

5-toifaga kiruvchi hududlarda faoliyat yuritayotgan va daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar AOSni 1 % stavkada to‘laydi.

Elektron savdo maydonchasida tovar (ish, xizmat)lar savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2 % miqdorida belgilangan. Shundan kelib chiqib, tovarlarini elektron savdo maydonchasida sotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromadining 100 mln so‘mdan oshgan qismidan 2 % stavkada AOS to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 1 mlrd so‘mdan oshsa, ular QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

👉O‘zbekistonda 2,8 mln nafardan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirish choralari joriy etilishi tushuntirildi


🔺Toshkent viloyati soliq boshqarmasida biznes vakillari uchun tadbirkorlik sub`ektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

🔹Boshqarmaning Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar haqida ma’lumot berildi.

♻️Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyatida A toifadagi korxonalar soni 251 ta, B toifadagi korxonalar soni 7391 ta, C toifadagi korxonalar soni 25 627 ta hamda D toifadagi korxonalar soni 16 935tani tashkil etadi.

📌Uchrashuvda korxona rahbari hamda hisobchisiga shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam kuzatib borishlari, kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkinligi tushuntirildi.