Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#taksi #agregator

Poytaxtda Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari haydovchilari yo‘lovchilarni onlayn-agregatorlar orqali tashimoqda

6 ta onlayn taksi agregatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan.

Ushbu agregatorlar orqali yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanayotgan oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilarga tegishli boʻlgan 199,1 mingta avtomobil mavjud.

Shundan 64 %i Toshkent shahrida harakatlanadi. Ularning aksariyati quyidagi hudularga to‘g‘ri keladi:
▫️Toshkent shahri (avtomobil raqami kodi 01) - 54,6%;
▫️Toshkent viloyati (avtomobil raqami kodi 10) - 17,9%;
▫️Qashqadaryo viloyati (avtomobil raqami kodi 70) - 5%;
▫️Farg‘ona viloyati (avtomobil raqami kodi 40) - 3,3%.
____________
#такси #агрегатор

В столице через онлайн-агрегаторы перевозят пассажиров водители из Ташкентской, Кашкадарьинской и Ферганской областей

6 онлайн-агрегаторов такси интегрированы с информационными системами налоговых органов.

У самозанятых водителей, которые с помощью этих агрегаторов перевозят пассажиров, насчитывается 199,1 тысяч автомобилей. Из них 64% ездят по Ташкенту, при этом большая часть автомобилей:
▫️из самого Ташкента (автомобильный код 01) - 54,6%;
▫️из Ташкентской области (автомобильный код 10) - 17,9%;
▫️из Кашкадарьинской области (автомобильный код 70) - 5%;
▫️из Ферганской области (автомобильный код 40) - 3,3%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

Ijtimoiy soliq stavkasi 1%

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar:

🔸chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔸mehmonxona (joylashtirish);
🔸avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish;
🔸avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔸kompyuter xizmatlari;
🔸maishiy texnikani ta’mirlash;
🔸agro va veterinariya xizmatlari;
🔸ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1% miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha
to‘laydi.

📌 Mazkur imtiyoz, belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal qilishi bekor qilinadi.

🔗
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasini qanday qo‘llaydi?
#agregator
#onlayn_NKT

Onlayn-taksi agregatorlari cheki shaxsiy kabinetda aks ettiriladi

Onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yo‘lovchi tashish xizmati uchun to‘lovlarga elektron fiskal chek shakllanyapti.

Onlayn-taksi agregatorlari shakllantirilgan cheklarni my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin.

Buning uchun "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikalari to‘g‘risida ma'lumot" sahifasiga o'tish va "Chek ma'lumotlari" bo'limida "Taksi agregatori cheklari" menyusini tanlash kerak.

Shundan so‘ng chek turi, fiskal modul raqami, chek berilgan davrni belgilab "Qidirish" tugmasi bosiladi. Belgilangan sanalarda shakllangan barcha cheklar ekranda aks etadi.

Onlayn-taksi agregatorlari orqali faoliyat yuritayotgan haydovchilar ham shaxsiy kabinetida taksi agregatorlari tomonidan tashuvlar uchun shakllantirilgan cheklar haqida ma'lumot olishlari mumkin. Buning uchun “Onlayn-NKT ma’lumotlari” sahifasida “Kunlik komissioner hisoboti➡️Taksi agregatori cheklari” menyusini tanlash kerak. Shundan so‘ng agregator fiskal moduli, tashish davri belgilanadi. Qidirish natijasida kunlik yoki oylik tashish summalarini ko'rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yer_soligi

Qishloq xoʻjaligiga mo‘ljallangan yerlar boʻyicha soliq hisoboti 1-maydan kechiktirmay taqdim etilishi lozim


Yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning soliq solish bazasi hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 427-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq hisoboti joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.
👉 Soliq kodeksi 431-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida beriladi.
👉 Yer kodeksi 46-modda

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan aniqlanadi.
👉 VMQ-235-son 18.11.2014-yil

Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ro‘yxati, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va ularni hududiy joylashtirish sxemasi tashkilot — yer resurslari va davlat kadastri bo‘yicha ushbu tuman (shahar) bo‘limlari bo‘yicha ishlarni bajaruvchilar tomonidan tuziladi hamda ular bilan kelishuvdan o‘tkaziladi.
👉 “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar hisobotida noto‘g‘ri aks ettirilgan bo‘lsa, buni bartaraf etish uchun my3.soliq.uz portali “Alohida soliq stavkalari qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari” interaktiv xizmatining “Qishloq xo‘jaligi maqsadida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun” bo‘limi orqali soliq organlarini xabardor etish lozim.

Izoh: Murojaatga yer ajratish to‘g‘risidagi qaror va kadastr organlarining qishloq xo‘jaligi yer uchastkasi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotini ilova qilish lozim.
_________
#земельный_налог

Налоговую отчетность по землям сельскохозяйственного назначения необходимо представить не позднее 1 мая

Налоговой базой по землям сельскохозяйственного назначения является нормативная стоимость земельных участков, определенная в соответствии с законодательством.
👉ст.427 НК

Налоговая ставка за земли сельскохозяйственного назначения устанавливается в размере 0,95% к нормативной стоимости сельскохозяйственных угодий.
👉ст.429 НК

Налоговая отчетность по землям сельскохозяйственного назначения представляется не позднее 1 мая текущего налогового периода.
👉ст.431 НК

Земли сельскохозяйственного назначения предоставляются на праве аренды.
👉ст.46 Земельного кодекса

Нормативная стоимость сельскохозяйственных угодий определяется государственным научно-проектным институтом «Уздаверлойиха».
👉ПКМ № 235 от 18.08.2014 г.

Перечень сельскохозяйственных товаропроизводителей, площади сельскохозяйственных угодий и схема их территориального размещения составляются организацией — производителем работ по данным районных (городских) отделов по земельным ресурсам и государственному кадастру и согласовываются с ними.
👉Положение о порядке определения нормативной стоимости сельскохозяйственных угодий

Если земельные участки сельскохозяйственного назначения неправильно отражаются в отчетности по земельному налогу за земли несельскохозяйственного назначения, чтобы это исправить, необходимо уведомить налоговые органы через раздел "Для земельных участков, используемых в сельскохозяйственных целях" интерактивной услуги "Объекты недвижимости, к которым применяются отдельные налоговые ставки" на портале my3.soliq.uz.

Комментарий: К обращению необходимо приложить решение о выделении земли и сведения органов кадастра о наличии земельного участка сельскохозяйственного назначения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida o'tgan yig'ilishda Kengash a'zolari, Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev, palata raisi D.Vaxobov hamda boshqa aloqador vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Unda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgunga qadar muhokama qilindi.

Xususan, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan soliq nazorati, QQS salbiy farq summasini qaytarish, yuridik shaxslar ko‘chmas mulki uchun minimal stavkalar belgilash, yirik soliq to‘lovchilar ma'murchiligi va boshqa shu kabi takliflar yuzasidan tadbirkorlik subyektlari vakillarining fikr va mulohazalari tinglandi.

Kengash a'zolari hamda soha mutaxassislarining qizg‘in va konstruktiv muloqoti yakunida bildirilgan taklifrar asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini takomillashtirishga kelishib olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni

2024- yil yanvar-mart oylarida viloytda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 1 618 tani tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni :
Zangiota tumanida 190 ta,
Qibray tumanida 117 ta,
Toshkent tumanida 103 ta va
Chirchiq shahrida 101tani tashkil etdi.
#Sport

Nurafshonda “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi

Bugun Oʻzbekiston boʻylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish sport marafaoni tashkil etildi.

Marafon Nurafshon shahrida ham uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda oʻtdi. Marafonga 5 ming 300 nafar ishtirokchi jalb qilindi.

Ushbu marafonda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham erta tongdan faol ishtirok etdilar.

Yugurish musobaqalari yakunlariga koʻra, erkaklar va ayollar orasidan gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Marafaonda ishtirok etgan nuroniylar jamoasi hamda bolajonlar tashkilotchilar tomonidan alohida taqdirlandi.