Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
Photo
🟦🟦🟩🟩  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar

🟢Chirchiq davlat pedogogika universiteti talabalari bilan
uchrashuv o‘tkazildi.

🟢 Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari tumandagi alohida kómakka muxtoj "Og'ir" toifadagi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar.

🟢1-iyuldan - barcha xojalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

🟢 Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Soliq qarzini undirishni tashkil etish bo'limi xodimlari tomonidan xatlov tadbirlari o'tkazilmoqda.

🟢Toshkent viloyati Bekobod shahar soliq inspeksiya, Savdo-sanoat palatasi shahar hududiy bo‘limi xodimlari hamda faol tadbirkorlar ishtirokida shahardagi 10- hamda 3- umumta’lim maktabi bitiruvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

🟢 Toshkent viloyatida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 211 ming
nafardan oshdi.

🟢Hukumat topshirig‘iga asosan joriy yilning mart oyidan boshlab har oyning to‘rtinchi chorshanbasida "Avtomobilsiz kun"
aksiyasi o‘tkazib kelinmoqda.

🟢Toshkent viloyati Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i tumandagi 14- umumta’lim maktabi bitiruvchilari uchun
mahorat darsi tashkil etildi.

🟢KPI ko‘rsatgichida yetakchilikni qo‘ldan boy bermagan Husniddin Abduraxmonov Soliq qo‘mitasi raisining
tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

🟢Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish va salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi targ‘ibot tashviqot ishlari Parkent tumani
soliq inspeksiyasida o‘tkazildi.


#soliqpressa#dayjest

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

⛳️Nurafshonda “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi
Oʻzbekiston boʻylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish sport marafaoni tashkil etildi.

🔺Marafon Nurafshon shahrida ham uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda oʻtdi. Marafonga 5 ming 300 nafar ishtirokchi jalb qilindi.

‼️Ushbu marafonda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham erta tongdan faol ishtirok etdilar.
#barqarorlik_reytingi

🔺Parkent tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tumandagi 21-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv jarayonida yurtimizda tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida axborot berildi.

🔹Shuningek, halol biznes yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan Barqarorlik reytingi 2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda berilishi ta’kidlab o‘tildi.

☑️Yig‘ilganlarga tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar hamda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YUQORI CHIRCHIQ TUMANI_TADBIRKORLAR FAOLIYATIGA NAZAR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺Davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari 4 -sektor hududidagi mahallarda bo'lib tomarqa daromad manbai ekanligini muntazam tutshuntirmoqdalar. Natijada o'z tomorqasidan unumli foydalanib kelayotgan fuqarolar soni ortmoqda.
#markirovka

Xaridorlar Soliq mobil ilovasi orqali mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishi mumkin

Mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash maqsadida Respublikamizda 2021-yildan boshlab tovarlar bosqichma-bosqich raqamli markirovkalanmoqda.

Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi lozim:
👉tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉pivo;
👉maishiy texnika;
👉dori vositalari va tibbiy buyumlar.


Ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga alohida e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.

Markirovkani tekshirish uchun Soliq mobil ilovasining "Umumiy xizmatlar" bo‘limidan "Markirovkani tekshirish" tanlanadi. Ochilgan oyna pastki qismidan "Datamatrixni skanerlash" tugmasi bosiladi va kamera mahsulotdagi markirovka kodiga yo‘naltiriladi.

Agar markirovka kodi haqiqiy bo‘lsa:

🔸"Kod haqiqiy" yozuvi;
🔸Mahsulot nomi;
🔸Mahsulot holati (ishlab chiqarilgani, sotuvdaligi yoki sotilganligi);
🔸Qaysi korxona tomonidan qachon ishlab chiqarilgani;
🔸Ulgurji savdo korxonasi qachon sotib olgani;
🔸iste'molchiga qaysi korxona tomonidan qachon sotilgani tog‘risidagi ma'lumotlar ekranda paydo bo‘ladi.

📝"Mahsulot tavsifi" bo‘limi orqali tovar haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin.
"Kod haqiqiy emas" yozuvi markirovkaning soxtaligini bildiradi.

Yuqoridagi mahsulotlarda markirovka mavjud bo‘lmasa yoki soxta markirovkalangan bo‘lsa Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.

👉Hammasi raqamli markirovka haqida

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Xizmatlar sohasini rivojlantirish va uning aholi daromadlariga ta'siri qanday?

"Renessans minbari" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari xizmatlar sohasi uchun berilayotgan soliq imtiyozlari, preferensiyalar va yengilliklar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#umumiy_ovqatlanish

Umumiy ovqatlanish korxonalari qanday soliqlarni to'laydi va ular qanday imtiyozlarga ega?

Umumiy ovqatlanish korxonalari Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni jami daromadidan kelib chiqib, shuningdek korxonaning o'z tanloviga ko‘ra to'laydi. Bularga quyidagilar kiradi:
▫️ qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i (YTTlar uchun);
▫️AOS (jami daromadi 1 mlrd so'mgacha);
▫️QQS va foyda solig‘i (jami daromadi 1 mlrd so'mdan ortiq).


Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini ko‘rsatish orqali AOS to‘lash tartibini tanlash huquqiga ega. Bunda yuridik shaxslar ixtiyoriy ravishda AOS to‘lashni rad etish va QQS hamda foyda solig‘ini to‘lashni tanlashga haqli.
👉 Soliq kodeksi 462-modda

Agar soliq davridagi jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmasa, korxona AOSni 4 % stavkada yoki qat'iy belgilangan summadagi AOS to'lash huquqiga ega.
👉 2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi

❗️2024-yil aprel oyi uchun AOS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 15-may.

Agar korxonaning soliq davridagi jami daromadi belgilangan miqdor – 1 mlrd so‘mdan oshsa, QQS (12 %) va foyda solig‘i (12 %) to‘lashga o‘tadi.

❗️Aprel oyi uchun QQS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 20-may.

Agar soliq to'lovchining soliq solish obyekti mavjud bo'lsa jami daromadi miqdoridan qat'i nazar, quyidagi soliqlarni to'laydi:
▫️yuridik shaxslar mol-mulk solig'i,
▫️yuridik shaxslar yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


Shuningdek, alkogol mahsulotlarni (chakana va quyib sotish) realizatsiya qilishda, agar ular tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lsa, umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im to‘laydi.
👉 2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

Umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagi soliq imtiyozlari qo'llaniladi:

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 % stavkada to‘laydi;
👉1% ijtimoiy soliq stavkasi hisobotda qanday qo'llaniladi?

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari —:
▪️AOSni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha;
▪️yuridik shaxslar mol-mulk yer soliqlarini ushbu hududlarda joylashgan obyektlar, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda
#nazorat_tadbirlari

Ohangaron shahridagi Dehqon bozori faoliyati o`rganildi


⚡️ Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini o`rganish, aholiga xizmat ko`rsatish darajasini oshirish va savdo qilish sharoitlarini yaxshilash maqsadida viloyat hokimi topshirig`i bilan Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi rahbari boshchiligidagi ishchi guruh shahar dehqon bozorlarida o`rganishlar o`tkazdi.

🔺Unda tadbirkorlik sub`ektlari bilan qonuniy faoliyat olib borish va savdo jarayonlarida ONK texnikalaridan foydalanish, savdo qoidalariga rioya etish lozimligi borasida tushuntirishlar olib bordilar.

❗️Shu kuni noqonuniy ishlayotgan tadbirkorlarga amaliy ko`mak berilib, davlat ro`yxatidan o`tkazilgan bo`lsa, ayrimlariga ogohlantirishlar ham berildi.
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉
Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun
Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
#raqamlashtirish #keshbek

Toshkent viloyatida iste'molchilar 17,3 so‘mdan ortiq keshbek olgan

🔹Joriy yil boshidan (29-aprel holatiga) iste’molchilarga 162,1 mln chek uchun 173,2 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 57,8 mlrd so‘mi mart oyida berilgan.

♻️To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 82,9 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 17,3 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 11,8 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 8,9 mlrd so‘m;
📍Qashqadaryo viloyati - 7,8 mlrd so‘m.
⭐️ “Yil brendi” tanlovi oʻtkazilmoqda

"Soliq" mobil ilovasi ham IT yoʻnalishida nomzod sifatida tanlovda ishtirok etmoqda.

Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari, ushbu tanlovda bizni qoʻllab-quvvatlashingizni soʻraymiz. Buning uchun makon_brand_bot orqali roʻyxatdan oʻtish hamda “IT” boʻlimida Soliq mobil ilovasiga ovoz berishingiz kerak boʻladi.

👍 Ishonchingiz uchun rahmat!
__________

⭐️ Проводится конкурс “Бренд года”

Мобильное приложение "Soliq" также номинировано в нем по направлению IT.

Уважаемые пользователи мобильного приложения Soliq!


Просим вас поддержать нас в этом конкурсе. Для этого нужно пройти регистрацию через makon_brand_bot и проголосовать за мобильное приложение Soliq в разделе "IT".

👍Спасибо за ваше доверие!