Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#imtiyoz

Ijtimoiy soliq stavkasi 1%

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar:

🔸chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔸mehmonxona (joylashtirish);
🔸avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish;
🔸avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔸kompyuter xizmatlari;
🔸maishiy texnikani ta’mirlash;
🔸agro va veterinariya xizmatlari;
🔸ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1% miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha
to‘laydi.

📌 Mazkur
imtiyoz, belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal qilishi bekor qilinadi.

🔗
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasini qanday qo‘llaydi?
#imtiyoz

Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga
jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉Soliq kodeksi 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.


Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.


Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.

Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.

👉 JShODS imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom
#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'i to'lamaydi

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?

Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.
👉 Kontrakt to'lashda deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma

❗️Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qilmoqda.
#imtiyoz

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq imtiyozlari


✍️"2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida"gi Prezident
qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yaratilgan har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 50 foizi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llanadi.

⚠️ Mazkur
imtiyoz:
🔹Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda;
🔹 ushbu fuqarolarga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda qo‘llanadi.
#imtiyoz

Urush qatnashchilari uchun soliq imtiyozlari

📃 Soliq kodeksining 421 va 436–moddalariga muvofiq, urush nogironlari va qatnashchilari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etilgan.

📌Shuningdek, Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq, urush nogironlari va qatnashchilari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etilgan.

❗️Mazkur
imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi.
#imtiyoz

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga JShODS va ijtimoiy soliqdan imtiyozlar!

📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi
279-son qarori bilan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom qabul qilindi.

🔵 Unga ko‘ra, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining (MHTEKM) 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) summasi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan oshmagan miqdorda) avtomatlashtirilgan dastur orqali qaytarib beriladi.

🗒 Yangi ish o‘rni yaratilgan oydan boshlab hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar taqdim etilgan soliq hisoboti bo‘yicha to‘langan JShODS summasi qaytariladi.

💻 Bunda ish beruvchi tomonidan ariza u soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatda turgan soliq organiga JShODS hisoboti taqdim etilganidan so‘ng soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

Soliq organi to‘lab berilgan JShODS summasini qaytarib berishni quyidagi hollarda rad qiladi:

▫️jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan qarzdorligi mavjud bo‘lsa;

▫️har bir oy uchun ish haqi miqdori MHTEKM 1 baravaridan kam bo‘lgan miqdorda hisoblanganda;

▫️Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan fuqarolar arizada ko‘rsatilganda.

🟢 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga har bir oy uchun ish haqi miqdori MHTEKM bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, ijtimoiy soliq amaldagi soliq stavkasining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.
#imtiyoz

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq imtiyozlari


✍️"2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida"gi Prezident
qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yaratilgan har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 50 foizi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llanadi.

⚠️ Mazkur
imtiyoz:
🔹Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda;
🔹 ushbu fuqarolarga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda qo‘llanadi.
#imtiyoz

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq imtiyozlari


✍️"2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida"gi Prezident
qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yaratilgan har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 50 foizi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llanadi.

⚠️ Mazkur
imtiyoz:
🔹Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda;
🔹 ushbu fuqarolarga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda qo‘llanadi.
#imtiyoz

Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur
imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉Soliq kodeksi 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.

Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.

🔸Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval
imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.

🔸Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.
#imtiyoz

Umumiy ovqatlanish sohasi uchun soliq imtiyozlari

Umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagi soliq imtiyozlari qo'llaniladi:

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 % stavkada to‘laydi;
👉1% ijtimoiy soliq stavkasi hisobotda qanday qo'llaniladi?

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari —:
▪️AOSni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha;
▪️yuridik shaxslar mol-mulk yer soliqlarini ushbu hududlarda joylashgan obyektlar, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda
__________
#льготы

Налоговые льготы для сферы общепита


Для предприятий общественного питания действуют следующие налоговые льготы:

🔹с 1 апреля 2022 года до 1 января 2025 года субъекты предпринимательства, оказывающие услуги в сфере общественного питания уплачивают соцналог по ставке 1%;
👉Как применить в отчетности ставку соцналога в размере 1%?

🔹с 1 апреля 2022 года до 1 января 2025 года субъекты предпринимательства, зарегистрированные в установленных туристских зонах районов и городов, указанных в решениях Президента РУз, и оказывающие на данных территориях услуги общественного питания, уплачивают:
▪️налог с оборота по ставке 1%;
▪️налог на имущество юрлиц и земельный налог
с юрлиц в отношении объектов, расположенных на этих территориях, а также земельных участков, занятых такими объектами, в размере 1% от начисленной суммы этих налогов.
👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

📌2023-yil 16-noyabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar –


🔸budjet tashkilotlari,
🔸davlat korxonalari,
🔸ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib oladigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ularning importi (Oʻzbekiston tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar bundan mustasno) QQSdan ozod qilingan.