Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.5K photos
1.89K videos
120 files
4.6K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Bekobod_tumani
#xotira

🎗Xotira - muqaddas.
Bugun Bekobod tumani xotira maydonida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Xotira - muqaddas" bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
💐Tadbirda tumanning barcha tashkilotlari va faxriylari Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo'yishdi.
⚜️Shu jumladan, Bekobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi jamoasi ham Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo'yib, vatan ozodligi yo'lidagi jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ta'zim bajo keltirishdi.
#Xotira

Yangiyo'l tumanida urush faxriysiga ehtirom koʻrsatildi

🎖9-may –
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, II jahon urushi qatnashchisi Nodir ota Mansurov holidan xabar olindi.

📌Bugun Urush faxriysi  farzandu nabiralari ardogʻida yashamoqda.

❇️Mutasaddilar tomonidan Nodir otaga munosib ehtirom koʻrsatilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 9 may –
Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

🔹Shuningdek, 20 million soʻm miqdorda bir martalik pul mukofoti hamda esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

🔥Faxriy bilan o'tgan muloqotda Nodir ota mehmonlarga urushning suronli yillari, tinchlikdek ulugʻ neʼmatning qadri toʻgʻrisida so'zlab berdi.

✔️Tadbirda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i A.Inagamov  ishtirok etdi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#xotira_qadrlash

9-MAY -
XOTIRA VA QADRLASH KUNI

🔹Bugun, Qibray tuman markazida bayram munosabati bilan Motamsaro ona monumenti poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

📌Tadbirda Qibray tuman hokimi IIB boshlig’i, Soliq inpeksiyasi rahbari, tuman pkokuraturasi mas’ullari, tuman deputatlari, Mudofaa va FVB xodimlari va Afg‘on urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, keksa-nuroniylar, korxona-tashkilot hamda mahalla xodimlari ishtirok etdi.
#Xotira

Bekobod tumani 4-sektor hududida istiqomat qilayotgan front orti faxriylarga ehtirom koʻrsatildi

🎖9-may –
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Front orti urushi qatnashchisi Nasvali ota xamda Orinjon ona holidan xabar olindi.

📌Bugun bu ikki faxriylar farzandu nabiralari ardogʻida yashamoqda.

❇️Bayram munosabati bilan faxriylarga ehtirom koʻrsatilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tabrik va qutlovlari yetkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xotira_qadrlash

9-MAY -
XOTIRA VA QADRLASH KUNI

🔹Ohangaron shaxar markazida bayram munosabati bilan Motamsaro ona monumenti poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi.
#xotira
9-may —
Xotira va Qadrlash kuni

🇺🇿Bugun — 9-may, xalqimiz tarixida chuqur ma’no va ahamiyat kasb etuvchi sana. Bu kun yurti, el-yuragi uchun fidoyilik bilan xizmat qilgan insonlarni xotirlash, ularning ezgu nomini e’zozlash kunidir.

👍Shu munosabat bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari R. Tursunboyev soliq tizimida halol mehnat qilib, umrining oxirigacha fidoyilik bilan xizmat qilgan marhum xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurdi.

👍Marhum xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularning xotirasi yuksak ehtirom bilan yodga olindi.Bu kabi insonlarning fidokorona mehnati, kasbga sadoqati biz uchun ibrat maktabidir. Hurmat va ehtirom ila yodga olinayotgan bunday insonlarning ezgu nomi va xizmatlari hech qachon unutilmaydi.

👍 Xonadon egalariga chuqur hurmat va minnatdorchilik izhor etildi, sihat-salomatlik, xonadonlariga tinchlik va fayz-beraka tilandi.

Xotira mangu — hurmat abadiy!

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM