Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.55K subscribers
12K photos
1.64K videos
105 files
3.62K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Xatlov tadbirlari davomida 134 mlrd so‘m soliq qarzdorligi undirildi

🔰Toshkent viloyati soliq boshqarmasi “Soliq qarzini undirishni tashkil qilish” bo‘limi xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan, soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan korxonalar hamda qarzdorligi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

☑️Joriy yil yanvar-mart oylarida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida viloyat bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq qarzdorligi hisobidan 134 mlrd so‘m miqdoridagi soliq to‘lovlarni undirildi.

♻️Shuningdek, ushbu davrlarda qarzdorligi yuqori bo‘lgan 355 dan ortiq subyektning qariyb qiymati 45
mlrd.so‘mdan ortiq transport vositalari, bino-inshootlari va boshqa mol-mulklari xatlovga olindi.

📌 Quyichirchiq tumandagi “TCT Fish Cluster” MChJning 278 mln soliq qarzdorligi hisobiga jamiyatga tegishli bo‘lgan noturar binolari va avtotransport vositalariga xatlash bilan birga 330
mln.so‘m (joriy qarzdorliklari bilan birgalikda) to‘lovlar undirildi.

🚘 Bundan tashqari Toshkent tumanidagi “Muhammad Yusuf trans”MChJ ning 98
mln.so'm soliq qarzi hisobiga (KIA Sportage rusumli) avtotransport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qoʻyildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!


Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

📲 Получить информацию о начисленных налогах на имущество и землю и произвести оплату можно через мобильное приложение Soliq.

👉Физические лица получили уведомления об уплате налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#e_ijara

Ko‘chmas mulk ijarasini qonuniy ro'yxatdan o'tkazish - tomonlarning huquq va majburiyatlari kafolati


🔰Soliq organlarida ro'yxatga olingan mol-mulk ijara shartnomalari va ular bo‘yicha soliqlarni to‘lash mulkdorga uy-joyni rasman ijaraga berish va daromad olish, ijaraga oluvchiga esa undan qonuniy foydalanish imkonini beradi.

‼️Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish "
E-ijara" xizmati orqali amalga oshiriladi.

✔️Soliq qo'mitasi ma'lumotlar bazasidan olingan axborotlarga ko'ra, 2023-yilda:

🔹yuridik shaxslar o‘rtasida 145 mingga yaqin ijara shartnomasi
tuzilgan. Ijara to‘lovlarining umumiy miqdori 5,3 trln so‘mni tashkil etgan. Hisoblangan soliqlar esa 561,6 mlrd so‘m.

🔹jismoniy shaxslar o‘rtasida 386,8 mingta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijara to‘lovlarining umumiy miqdori 3,3 trln so‘mni tashkil etdi. Hisoblangan soliqlar 194,8 mlrd so‘m.

♻️Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari
soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 44,4 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
⁉️Savol:

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini belgilash tadbirkorlarga qanday imkoniyatlar yaratadi?

❗️Javob:


🔰Barqarorliik reytingi 3 guruhga bo‘linadi.
✔️1-guruh yuqori ball AAA, AA, A
✔️2-guruh o‘rta ball VVV, VV, V
✔️3-guruh quyi va eng quyi ball SSS, SS, S va D
👉Yuqori ballga ega tadbirkorlik sub’ektlari uchun:
📌“AAA” toifadagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, ushbu tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi (amalda 7 kun muddatda qaytarib berilmoqda);
4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan
♻️“AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi;
〽️“A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga:
soliqlar bo‘yicha (qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish uch kun muddatda amalga oshiriladi (amalda 15 kunda qaytarilmoqda);
tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar   qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Toshkent viloyatida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

🔰2023- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 6 783,9 mlrd. so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 9,3 %ga yuqori.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

🔸Zangiota tumanining 4-sektor hududiga qarashli "Olmazor" mahallasida istiqomat qiluvchi Shoxida Saidgʻoziyeva xotin-qizlar faoli sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

☑️47 yoshida talaba boʻlgan bu ayol tinim bilmagani bois, davlat ishida ishlab, oliygohda taʼlim olishning ham uddasidan chiqmoqda. Shu bilan birga, xonadonida issiqxonachilik faoliyatini ham yoʻlga qoʻygan.
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlari yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi.

Ushbu davr mobaynida soliq organlarining elektron xizmatlari vaqtinchalik ishlamaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1198 raqami orqali 24/7 rejimda faoliyat olib boruvchi Call-markazga murojaat qilish mumkin.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных с 21:00 часов 21 марта до 09:00 часов 23 марта будут проводиться профилактические работы.

В этот период порталы электронных налоговых услуг будут временно недоступны.

За консультацией можно обратиться в круглосуточный Call-центр по номеру 1198.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilganingiz_foyda

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG‘I

Soliq to‘lovchilar


🔰Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi.

Soliq solish ob’ekti


🔹1) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
🔹2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
🔹3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari;
🔹4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
🔹5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
🔹6) qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;
🔹7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Soliq bazasi

❇️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.
Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo‘yicha soliq bazasi o‘z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
#Navroz_sayillari

🌷Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Elimizning ko‘p asrlik urf-odatlari, orzu-intilishlarini ifoda etib kelayotgan Navro‘z mustaqillik yillarida yangicha mazmun-mohiyat kasb etdi, mamlakatimizda yashayotgan barcha millatlar orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylandi.

☘️Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida Navro‘zi olam — sharqona yangi yil munosabati bilan xalq sayillari, tomosha va konsertlar bo‘lib o‘tmoqda.

❇️Toshkent tumani 4-sektor hududidagi Beruniy mahallasida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida boshlangan Navro‘z sayllari ham ana shu amallardan biridir.