Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.54K subscribers
12K photos
1.64K videos
106 files
3.63K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-mart

2022-yil uchun:


- nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi xabarnoma nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining ulushi nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinishi kerak boʻlgan soliq davridan keyingi yil uchun taqdim etishning oxirgi kuni;
(Soliq kodeksi 209-modda 3-qism).

fevral oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1-2-qismlar);

- agar fevral oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4-qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

I chorak uchun:

- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining ¼ qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchilar tomonidan yuridik shaxslar yer soligʻi yillik summasining ¼ qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 марта 2024 года последний день

за 2022 год:

- представления уведомления о контролируемых иностранных компаниях за год, следующий за налоговым периодом, в котором доля прибыли контролируемой иностранной компании подлежит учету у контролирующего лица;
(ч.3 ст.209 Налогового кодекса);

за февраль:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в феврале были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за
налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ, в размере 1/12 части годовой суммы налога;
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за I квартал:

- уплаты авансовых платежей по налогу на имущество плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по земельному налогу с юрлиц плательщиками налога с оборота в
размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tashqi_savdo #QQS

👉Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnoma qanday taqdim etiladi?

👉QQS hisoboti shaklini to‘ldirish bo‘yicha
qo‘llanma / videoqo‘llanma

👉QQS toʻlovchilar onlayn-NKT cheklarini qanday
tahrirlaydi?
__________
#внешняя_торговля #НДС

👉Как подать уведомление о контролируемых иностранных компаниях?

👉
Инструкция / видеоинструкция по заполнению отчетности по НДС

👉Как плательщикам НДС
корректировать чеки?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_qarzi

Soliq qarzi va unga nisbatan koʻriladigan choralar


♻️Soliq qarzi – bu soliq hisobotlari yoki soliq tekshiruvlari boʻyicha hisoblangan va belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar, boʻnak va joriy toʻlovlar yoki moliyaviy sanksiya va penyalar.

❇️Soliq qarzini toʻlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
▫️ soliqlar summasi;
▫️ hisoblangan penyalar;
▫️ jarimalar.
👉 Soliq kodeksi 55-modda

📍Soliq kodeksida har bir soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari belgilangan.
Misol uchun:
🔺QQS boʻyicha – oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirilmagan muddatda hisobot taqdim etilishi va soliq toʻlanishi shart
👉 Soliq kodeksi 273-modda;

🔺AOS boʻyicha –
- oy yakunlari boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan,
- yil yakunlari boʻyicha keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay hisobot taqdim qilinadi va toʻlov amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 470-modda;

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari joriy yil uchun toʻlovlar teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 423- va 440- moddalar.

Soliq qarziga nisbatan qanday choralar koʻriladi?

🔹Yuridik shaxslar va YTTlarga nisbatan:
▫️soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin 3 kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi va soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmagan boʻlsa, ularning bank hisobvaraqlariga soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomalari qoʻyiladi;
👉 Soliq kodeksi 117- va 121-moddalar

▫️tan olingan soliq qarzi boʻyicha, yaʼni soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab 10 kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan eʼtiroz bildirilmagan taqdirda yuridik shaxslarning mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyiladi va 15 kalendar kun ichida toʻliq bajarilmagan taqdirda soliq organining qarori bilan mol-mulki xatlanishi mumkin;
👉 Soliq kodeksi 60- va 114-moddalar

Yuridik shaxs va YATT tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran 60 kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda soliq organi qarori asosida undiruv soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratiladi va qaror Majburiy ijro byurolariga yuboriladi.
👉 Soliq kodeksi 119- va 123-moddalar

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln soʻmdan oshgan taqdirda, soliq organi soliq qarzini undirish yuzasidan sudga ariza kiritadi va sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 125-modda

Penya nima?

🔸Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda aybdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.
Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (14%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 10 mln soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun 1 kunga penya quyidagi tartibda hisoblanadi: 10 000 000 x (14%/300) = 4 666,67 soʻm, soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 5 ming soʻm atrofida penya hisoblanadi.
❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va soliq organlari tomonidan yuqorida qayd qilingan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.
Toshkent viloyatida o‘zini o‘zi band qilganlar soni 185,0 ming nafarga yetdi

Joriy yilning 1-martr holatida o‘z uyida daromad topishni boshlagan fuqarolarimizning soni 185 007 nafarga yetdi. Ta’kidlash lozimki, ushbu fuqarolarning 28 360 nafari 2024-yilning yanvar-fevral oylari davomida ro‘yxatdan o‘tganlarni tashkil etadi.

♻️Hududlar kesimida eng yuqori natijalarni

📍Yangiyo‘l tumanida– 13 683 nafar,
📍Zangiota tumanida – 17 097 nafar,
📍Toshkent tumanida – 12 487 nafar,
📍Parkent tumanida – 10 563 nafar hududlari qayd etgan.

🟢Yo‘nalishlar kesimida:

📍Ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar – 2343 ta,

📍Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar – 2055 ta,

📍Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar – 3636 ta,

📍Axborot komunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar – 949 ta,

📍Maishiy xizmatlar – 16973 ta,

📍Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish -2404 tani tashkil etadi.
#barqarorlik_reytingi

Rеytingi "yuqori" bo`lganlar uchun imtiyozlar taqdim etilishi tushintitrilmoqda

📌Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

✔️Muloqotlarda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar batafsil tushuntirilmoqda.

Xususan, Toshkent tumanida faoliyat yurituvchi “BONITO GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z mahsulotlarini asosan MDH mamlakatlariga eksport qilib keladi. Jamiyat o‘z ish faoliyatini 2017-yilda boshlagan bo‘lib, korxonada hozirgi kunda 300 nafarga yaqin ishchi xodimlar samarali mehnat qilib kelmoqdalar.

🔹Uchrashuvda korxona rahbari hamda hisobchisiga shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam kuzatib borishlari, kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkinligi tushuntirildi.
Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari qanchaga ko‘paygan?

☑️2024- yil yanvar oyida Toshken
t viloyatida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 536 taga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 45 taga ko‘paygan va 109,2 %ni tashkil etdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

💐Qibray tumanida “Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z” shiori ostida o’tkazilgan Navro’z sayli fuqarolarga o'zgacha shukuh va bahoriy kayfiyat ulashdi.

🌺Sayl davomida bahoriy taomlar sumalak va halim kabi taomlar tayyorlanib ishtirokchilarga tortiq etildi. San'atkorlar va folklor ansambli tomonidan Navro'zni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar ijro etilib, barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi.
#yer_soligi

📌Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2023-yil 30-dekabrdagi “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2024-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash haqida”gi qaroriga muvofiq 2024-yil uchun belgilangan yer solig‘ining bazaviy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar.
#Qulaylik

Navroʻz bayrami arafasida hududlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi

📌Viloyat aholisi va mehmonlarini arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Navroʻz bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

✔️4-sektor hududidagi tuman-shaharlar markazlarida, shuningdek, olis chekka mahallalarda tashkil etilgan yarmarkada fuqarolarning kunlik isteʼmoli hamda bayram dasturxoni uchun kerakli oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi hamda goʻsht va goʻsht mahsulotlarini maqbul narxlarda xarid qilishmoqda.