Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.2K photos
1.65K videos
111 files
3.72K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#mahalla_yettiligi

🔷Toshkent viloyatining tuman, shaxar soliq inspeksiyalari xodimlari soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda o‘qib, malaka oshirdilar.

Soliqchilarga o‘qish davomida "
mahalla yettiligi"ni samarali tashkil etish,  “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimining joriy etilishi, mazkur tizimning vazifalari keng tushuntirildi.

🔰Shuningdek, mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#mahalla_yettiligi

🔰Xabaringiz bor soliq xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.

♻️Axborot tizimidagi maʼlumotlar onlayn ravishda har soatda yangilanadi va shu asosda mahallaga biriktirilgan inspektorlarning oldiga kunlik vazifalarni belgilaydi hamda natijalarni avtomatik ravishda tahlil qiladi. Mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining faoliyati onlayn kuzatilib, samaradorlik koʻrsatgichi (KPI) 21 ta mezon orqali baholab boriladi.

Bu borada Toshkent viloyatida erishilgan natijalar bilan tanishing.

✔️- Joriy yilning avgust-noyabr oylarida 3036 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olinib, faoliyatini to‘xtatgan 1337 nafar tadbirkorlar faoliyati tiklandi.

✔️- 41085 nafar mehnat bilan band boʻlgan aholi mehnat stajiga ega boʻlishi va kelgusida pensiya olishi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi;

✔️684 ta korxonada bo‘sh turgan obyektlarni ishga tushirish hisobiga 1250 ta ish o‘rni yaratildi.

📌Bundan tashqari, budjetga 6,6 mlrd soʻm qoʻshimcha manba jalb qilindi:

📈Masalan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilarni tovar aylanmasini oshirish hisobiga 50,1 mlrd soʻm aylanmadan olinadigan soliq;

✔️- korxonalarda ishchilar soni hamda mehnatga haq toʻlash fondini oshishi hisobiga 84,7 mlrd soʻm jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq;

✔️- yangi roʻyxatga olingan obyektlar hisobiga 13,3 mlrd soʻm yer va mol-mulk soliqlari qoʻshimcha hisoblandi.
#mahalla_yettiligi

Toshkent viloyati hokimi tomonidan joriy yilning 7-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahallabay ishlarni tashkil qilish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi boshlig'i 4-sektordagi "
Mahalla yettiligi" a’zolari hamda tanlab olingan ko‘chalarga biriktirilgan mas’ulllar bilan yig'ilish o'tkazdi.

⚡️ Yig'ilishda 4-sektor rahbari tomonidan ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha xodimlarga ko'rsatmalar berilib, chora tadbirlar belgilab olindi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.