Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.65K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#mahalla_yettiligi

Toshkent viloyati hokimi tomonidan joriy yilning 7-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahallabay ishlarni tashkil qilish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi boshlig'i 4-sektordagi "Mahalla yettiligi" a’zolari hamda tanlab olingan ko‘chalarga biriktirilgan mas’ulllar bilan yig'ilish o'tkazdi.

⚡️ Yig'ilishda 4-sektor rahbari tomonidan ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha xodimlarga ko'rsatmalar berilib, chora tadbirlar belgilab olindi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#barqarorlik_reytingi

Reytingi "yuqori" bo'lganlar uchun imtiyozlar taqdim etiladi


🔰Angren shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan biznes vakillariga tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidan ko'zlangan maqsad va vazifalar bo'yicha tushuntirish, targibot ishlari olib borildi.

‼️Navbatdagi uchrashuv Angren shahridagi non ishlab chiqarish sexlarida tashkil etilib, korxona rahbarlarlariga yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag'batlantirilishi, lekin bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo'llash nazarda tutilmaganligini tushuntirildi.

✔️Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi bali va toifa maʼlumotlarini qanday kuzatib borish mumkinligi, yuqori ko'rsatgichga erishish me'zonlari bilan bog'liq savollariga mutaxassislar batafsil javob qaytarishdi.

Eslatma: Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha yuqori ko'rsatgichdagi yuridik shaxslar barcha soliq tekshiruvlaridan ozod qilinib, QQS 24 soat ichida, boshqa soliqlar bo'yicha ortiqcha to'lovlar esa uch kun ichida qaytariladi.

📌Avtomatlashtirilgan axborot tizimi esa baholash natijasini tadbirkorlarning shaxsiy kabinetida aks ettiradi. Bularning barchasi tadbikorlar bilan yuzma-yuz muloqotlarda yetkazilmoqda.
#sayyor_qabul

🔰Bo‘stonliq tumani 4-sektor rahbari Yangiqo‘rg‘on MFY hududdida aholi bilan birgalikda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

‼️O‘tkazilgan sayyor qabulda, Yangiqo‘rg‘on MFY raisi, Hokim yordamchisi hamda tashkilot rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

♻️Sayyor qabul davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’sullar ma’lumot berib o‘tdilar.

📍Shundan so‘ng fuqarolar tomonidan yechilmay kelayotgan murojaatlar tinglanib, ijrochi nazoratga olinadigan bo'ldi.
#alkogol #yigim

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran to‘lanadi.

❗️Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi.

Bunda xabarnoma:
▫️joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda,
▫️joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.

Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek, ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.

👉
2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatib turiladi.

👉Soliq kodeksi 460-modda

To‘xtatib turilgan yoki tugatilgan faoliyat tiklanganda tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim.
__________
#алкоголь #cбор

Порядок уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции

Сбор за право реализации алкогольной продукции уплачивается с момента направления уведомления о начале реализации алкогольной продукции.

❗️Подать уведомление необходимо через систему электронного лицензирования license.gov.uz

При направлении уведомления:
▫️до 20 числа текущего месяца сбор исчисляется в полном объеме за данный месяц,
▫️после 20 числа текущего месяцас 1 числа следующего месяца.

В случае если реализация алкогольной продукции осуществляется через несколько пунктов стационарной торговли и (или) общественного питания, сборы за право реализации алкогольной продукции исчисляются и взимаются в пределах установленных ставок пропорционально количеству стационарных пунктов торговли и (или) общественного питания, а также размерам территории расположения каждого из них.

👉Ставки сбора за право реализации алкогольной продукции на 2024 год

При приостановлении или прекращении деятельности по розничной торговле алкогольной продукцией исчисление сбора приостанавливается с 1 числа следующего месяца.

👉ст.460 НК

При возобновлении приостановленной или прекращенной деятельности субъект предпринимательства должен направить новое уведомление для получения разрешения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#alkogol #yigim

2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
________
#алкоголь #cбор

Предельные ставки сборов за право реализации алкогольной продукции на 2024 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS

1-apreldan QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Yaʻni quyidagilar uchun
QQS to‘lanadi.

savdo aylanmasi boʻyicha:
👉 tibbiy xizmatlar;
👉 veterinariya xizmatlari;
👉 dori vositalari;
👉 veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar.

Oʻzbekiston hududiga olib kirishda:
👉dori vositalari;
👉veterinariya dori vositalari;
👉tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
👉shuningdek qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xomashyo.

aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
👉suv taʼminoti;
👉kanalizatsiya;
👉sanitariya jihatdan tozalash;
👉issiqlik taʼminoti.

Avval ushbu xizmatlarni koʻrsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanilgan.
#Bilasizmi

❇️ Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullandigan faoliyat turi hisoblanadi.

📝 Mazkur shaxslar soliq organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.

📃 Ro‘yxatdan o‘tgan shaxsga QR-kodli ma’lumotnoma beriladi.

❗️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘i to'lamaydi.

➡️ Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laydi.

📁 Shuningdek, enaga sifatida 16 yoshdan shug‘ullanish mumkinligi belgilangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17:00:00-18:00:00
RADIO 24
📻 O‘zbekiston 24 radiosi

🎙Xabarlar dasturi

📈 Reytingi "yuqori" bo'lganlar uchun imtiyozlar taqdim etiladi

🎤Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho‘basi bosh inspektori Zulayxo Musurmonova ma’lumotlari.
#tadbirkorlar_uchun_muhim_yangilik #TTY

O‘zbekistonda tovar-transport yuk xati elektron bo‘ladi

Tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi:
2024-yil 1-apreldan - yirik soliq toʻlovchilar uchun;
2024-yil 1-iyuldan - barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun.

Elektron TTYni rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
▫️yuk joʻnatuvchi elektron TTY ishtirokchilari, transport vositalari
va tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirib, ERI bilan tasdiqlaydi;
▫️elektron hujjat almashish operatori elektron TTYga ID va QR kodlarini biriktirib uni ishtirokchi subyektlarga joʻnatadi;
▫️yukni yetkazib berishga maʼsul shaxs oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshiradi va yuklar qabul qilganligini “Face-ID” tizimi yordamida (mobil ilova orqali) tasdiqlaydi;
▫️yukni qabul qiluvchi oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshirib, kelib tushgan elektron TTYUni yuk qabul qilish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi yoki sababini koʻrsatgan holda rad etadi.

👉 Elektron TTY rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari tadbirkorlar bilan muhokama qilindi

Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash boshqarmasi
__________
#важная_новость_для_предпринимателей #ТТН

В Узбекистане товарно-транспортная накладная будет электронной

Система оформления, хранения и учета товарно-транспортных накладных в электронном виде будет внедрена:
с 1 апреля 2024 года - для крупных налогоплательщиков;
с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов.

Оформление электронной товарно-транспортной накладной осуществляется следующим образом:
▫️грузоотправитель формирует сведения об участниках электронной ТТН, транспортных средствах и товарах и подтверждает ее с помощью ЭЦП;
▫️оператор электронного документооборота присваивает электронной ТТН уникальный ID и QR-код и направляет ее субъектам-участникам;
▫️лицо, ответственное за доставку груза, проверяет касающиеся его сведения и подтверждает прием груза с помощью cистемы Face ID (через мобильное приложение);
▫️грузополучатель проверяет касающиеся его сведения и в процессе приема груза подтверждает поступившую ему электронную ТТН с помощью ЭЦП либо отклоняет ее с указанием причины.

👉Обсуждение с налогоплательщиками особенностей оформления электронных ТТН

Управление анализа риска и сегментации налогоплательщиков

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Toshkent viloyatining qaysi hududida sanoat korxonalari ko‘proq joylashgan?

📌2024- yilning 1- fevral holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 7 273 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 16,0 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 7 126 taga to‘gri keldi.Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

Oqqo‘rg‘on tumani – 162 ta
Ohangaron tumani– 229 ta
Bekobod tumani– 185 ta
Bo‘stonliq tumani 242 ta
Bo‘ka tumani– 102 ta
Quyi Chirchiq tumani– 248 ta
Zangiota tumani– 1 022 ta
Yuqori Chirchiq tumani– 437 ta
Qibray tumani– 654 ta
Parkent tumani–400 ta
Pskent tumani. – 145 ta
O‘rta Chirchiq tumani– 327 ta
Chinoz tumani– 219 ta
Yangiyo‘l tumani– 395 ta
Toshkent tumani– 610 ta
Nurafshon shahri– 174 ta
Olmaliq shahri– 275 ta
Angren shahri– 352 ta
Bekobod shahri– 180 ta
Ohangaron shahri– 210 ta
Chirchiq shahri– 467 ta
Yangiyo‘l shahri– 238 ta
Toshkent viloyatida yillar kesimida korxona va tashkilotlar soni

🔰2024- yil 1- fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 45 333 tani tashkil etdi.

☑️2020 yil – 39 307 ta
☑️2021 yil – 46 335 ta
☑️2022 yil – 50 686 ta
☑️2023 yil – 53 866 ta
☑️2024 yil – 45 333 ta
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oilaviy_tadbirkorlarlik

🔰Chinoz tumani “Birlik” mahallasida yashovchi Xoliqulovlar oilasi tomorqada koʻchat yetishtirib, yiliga 100 ming AQSH dollari doromad topmoqda. Oila shuningdek, yana 35 nafar yoshni mavsumiy ish bilan taʼminlaydi.