Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
106 files
3.63K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#nazorat_tadbirlari #markirovka

Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchilarda o‘tkazilayotgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.

2022-yil 13-iyungacha (1 yilu 6 oy ) alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchilariga markirovkalanmagan mahsulotlarni savdodan olib tashlash imkoniyati berildi.

Shunga qaramay, soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida oʻtkazilgan tekshirishlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini koʻp miqdorda buzish holatlari aniqlandi.

Xususan, faqat joriy yilning oktabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd soʻmlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd soʻmlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qoʻyildi.

Raqamli markirovkalarning yoʻqligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi:

Birinchidan, tovarning kelib chiqish manbasini aniqlab boʻlmaydi, bu esa sogʻliqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kontrafakt va qalbaki mahsulotlarni aholiga sotish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Ikkinchidan, markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi natijasida majburiy boʻlgan soliqlar va yigʻimlarning toʻlanmay qolishi Davlat budjetiga zarar keltiradi.

Uchinchidan, “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining soliq va yigʻimlar toʻlanmagan holda realizatsiya qilinishi intizomli tadbirkorlar uchun raqobat maydonida tengsizlikni keltirib chiqaradi.

Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, davlat budjeti tushumlarini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlash, shuningdek, isteʼmolchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi 572 ta subyektda tekshiruvlar oʻtkazildi.

Natijada qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan 491 ta xoʻjalik subyektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar alkogolli mahsulotlarni sotishdan byudjetga undiriladigan soliq tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, noyabr oyida oʻtgan 10 oydagi soliq tushumlariga nisbatan 189 foizga oshgan (134 mlrd soʻmga nisbatan 252 mlrd soʻm).
Joriy yilda alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz soligʻi bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlarning umumiy prognozi 4,4 trln soʻm.

Soliq qoʻmitasi sotuvchilarni Soliq kodeksining 227 prim 1- moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini (oxirgi hisobot choragidagi sof tushum miqdorida) hisobga olishga, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishning qonuniy tartibini buzmaslikka chaqiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#nazorat_tadbirlari

🔰Bozor - yurt ko‘zgusi sifatida azaldan qadrlanadi. Biroq, bozorda tartib bo‘lmasa, ko‘rki buzilsa fayzu- barakasiga ham ziyon yetadi.

📍Angren shahrida bozor atrofida savdo nuqtalarini tartibga keltirish ishlarini olib borilishiga qaramasdan, hamon ko‘chada, yo‘laklarda savdo qilish davom etyapti. Bugun ushbu savdo nuqtalarining qonuniyligi o‘rganildi.

☑️Angren shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i rahbarligida ishchi guruh a’zolari "Navoiy", "O‘zbekiston Mustaqilligi" ko‘chalarida savdo-sotiq faoliyatini tartibga solish, soliq tushumi bilan bog‘liq jarayonlarini o‘rgandilar.

🔺Unda noqonuniy savdo faoliyatiga qonuniy tus berish tartiblari va yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
#nazorat_tadbirlari

Ohangaron shahridagi Dehqon bozori faoliyati o`rganildi


⚡️ Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini o`rganish, aholiga xizmat ko`rsatish darajasini oshirish va savdo qilish sharoitlarini yaxshilash maqsadida viloyat hokimi topshirig`i bilan Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi rahbari boshchiligidagi ishchi guruh shahar dehqon bozorlarida o`rganishlar o`tkazdi.

🔺Unda tadbirkorlik sub`ektlari bilan qonuniy faoliyat olib borish va savdo jarayonlarida ONK texnikalaridan foydalanish, savdo qoidalariga rioya etish lozimligi borasida tushuntirishlar olib bordilar.

❗️Shu kuni noqonuniy ishlayotgan tadbirkorlarga amaliy ko`mak berilib, davlat ro`yxatidan o`tkazilgan bo`lsa, ayrimlariga ogohlantirishlar ham berildi.