Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.7K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Tovar yoki xizmat uchun P2P orqali to‘lash noqonuniy ekanligi tushuntirilmoqda

🔰Soliq xizmati organlari tomonidan yirik bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Bo‘stonliq tumanida tashkil etildi.

❇️Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament Bo‘stonliq tumani bo‘limi hamda tuman soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda "Bo‘stonliq Dehqon bozori" MCHJda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati o‘rganildi.

📌Unda tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirildi.

♻️Bundan tashqari, maishiy texnikalarni markirovkalash talablari hamda majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari ham eslatib o‘tildi
.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Joriy yil 1-martga qadar fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuboriladi.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Сhoʻl hududlarida tashkil etilgan kurort zonalar va tematik xiyobonlar uchun soliq imtiyozlari joriy etildi


‼️“Oʻzbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ-21-son, 12.01.2024 y).

📌Qarorga koʻra, 2027-yil 1-yanvarga qadar:

- choʻl hududlarida rekreatsion turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari 3 yil davomida foyda va yuridik shaxslar yer soligʻini 50 foizga kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydi;

☑️- choʻl hududlarida tematik xiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaxslar tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran 3 yil davomida yuridik shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 50 foizga kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydi.

✔️Shuningdek, 2026-yil 1-iyulga qadar yetib borish qiyin boʻlgan va chekka joylarda* alohida avtonom infratuzilmani yaratgan holda kempinglar tashkil etgan va “safari” turizmi xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar mazkur faoliyat turi bo‘yicha hisoblangan foyda soligʻi summasining 1 %ini toʻlaydi. Ushbu imtiyoz tegishli tartibda Soliq kodeksiga kiritilgandan keyin qo‘llaniladi.

🔰Maʼlumot uchun, bunga qadar mazkur imtiyoz, yuridik shaxslar mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha qoʻllanilar edi.

aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yoʻllaridan 5 km uzoqlikdagi joylar.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi

Soliq qonunchiligiga 2024-yilda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, jismoniy shaxslarning turar joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2023-yilga nisbatan 11% foizga indeksatsiya qilindi.

📌Jismoniy shaxslarning egaligidagi turar joy obyektlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
🔹umumiy maydoni 200 kv.m.gacha boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun – 0,31%.
🔹shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar:
▫️umumiy maydoni 200 kv.m.dan 500 kv.m.gacha boʻlsa – 0,41%;
▫️umumiy maydoni 500 kv.m.dan ortiq boʻlsa – 0,55%;
▫️boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun – 0,41%.

✔️Tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun soliq stavkasi (1,5%) oʻzgarishsiz qoldirildi.

🔰Shu bilan birgalikda, soliq yukini adolatli taqsimlash maqsadida, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan birxillashtirildi.

🔗Yaʼni, 2024-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln soʻm.

📎Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past boʻlsa, soliq toʻlovchilar koʻchmas mulk qiymatini soliq solish maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda, mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.
#Zakovat

🔰Nurafshon shahrida xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

❇️Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda Toshkent viloyati soliq boshqarmasining “Soliqchi ayollar” jamoasi ham faol ishtirok etdi.

📌Tadbir so’ngida g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#e_ijara

Ko‘chmas mulk ijarasini qonuniy ro'yxatdan o'tkazish - tomonlarning huquq va majburiyatlari kafolati


Soliq organlarida ro'yxatga olingan mol-mulk ijara shartnomalari va ular bo‘yicha soliqlarni to‘lash mulkdorga uy-joyni rasman ijaraga berish va daromad olish, ijaraga oluvchiga esa undan qonuniy foydalanish imkonini beradi.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish "E-ijara" xizmati orqali amalga oshiriladi.

Soliq qo'mitasi ma'lumotlar bazasidan olingan axborotlarga ko'ra, 2023-yilda:

🔹yuridik shaxslar o‘rtasida 145 mingga yaqin ijara shartnomasi tuzilgan. Ijara to‘lovlarining umumiy miqdori 5,3 trln so‘mni tashkil etgan. Hisoblangan soliqlar esa 561,6 mlrd so‘m.

🔹jismoniy shaxslar o‘rtasida 386,8 mingta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijara to‘lovlarining umumiy miqdori 3,3 trln so‘mni tashkil etdi. Hisoblangan soliqlar 194,8 mlrd so‘m.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 44,4 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
__________
#e_ijara

Легальное оформление имущества в аренду - гарантия прав и обязанностей сторон

Зарегистрированные в налоговых органах договоры аренды и уплата по ним налогов позволяют собственнику официально сдавать в аренду имущество и получать доход, а арендатору — использовать его на законных основаниях.

Постановка на учет договоров аренды осуществляется через сервис "E-ijara".

По информации, имеющейся в базе данных Налогового комитета, в 2023 году:

🔹между юрлицами заключено около 145 тыс. договоров аренды. Общая сумма арендной платы составила 5,3 трлн сумов. Начислено 561,6 млрд сумов налогов.

🔹между физлицами заключено 386,8 тыс. договоров аренды. Общая сумма арендной платы составила 3,3 трлн сумов. Начислено 194,8 млрд сумов налогов.

Владельцы имущества, которые сдают жильё в аренду студентам и освобождены от уплаты налога, воспользовались льготой на сумму 44,4 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Xaridorlar Soliq mobil ilovasi orqali mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishi mumkin

Mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash maqsadida Respublikamzida 2021-yildan boshlab tovarlar bosqichma-bosqich raqamli markirovkalanmoqda.

Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi lozim:
👉tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉pivo;
👉maishiy texnika;
👉dori vositalari va tibbiy buyumlar.

Ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga alohida e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.

Markirovkani tekshirish uchun Soliq mobil ilovasining "Umumiy xizmatlar" bo‘limidan "Markirovkani tekshirish" tanlanadi. Ochilgan oyna pastki qismidan "Datamatrixni skanerlash" tugmasi bosiladi va kamera mahsulotdagi markirovka kodiga yo‘naltiriladi.

Agar markirovka kodi haqiqiy bo‘lsa:

🔸"Kod haqiqiy" yozuvi;
🔸Mahsulot nomi;
🔸Mahsulot holati (ishlab chiqarilgani, sotuvdaligi yoki sotilganligi);
🔸Qaysi korxona tomonidan qachon ishlab chiqarilgani;
🔸Ulgurji savdo korxonasi qachon sotib olgani;
🔸iste'molchiga qaysi korxona tomonidan qachon sotilgani tog‘risidagi ma'lumotlar ekranda paydo bo‘ladi.

📝"Mahsulot tavsifi" bo‘limi orqali tovar haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin.
"Kod haqiqiy emas" yozuvi markirovkaning soxtaligini bildiradi.

Yuqoridagi mahsulotlarda markirovka mavjud bo‘lmasa yoki soxta markirovkalangan bo‘lsa Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Issiqxona_faoliyati
#4_sektor

🔰Toshkent tumanining "Sabzavot" mahallasida 4,5 gektar yer maydonida joylashgan issiqxonada meva-sabzavot mahsulotlaridan tortib, turfa xil gullargacha topish mumkin.

☑️Mazkur issiqxonaning 2,5 gektarida qulupnay, 1 gektarida pomidor, bodring, 1 gektarida esa lola va atirgul kabi gullar yetishtirilmoqda.

✔️Maʼlumot oʻrnida, Qozogʻiston Respublikasining "Atamaken Bussines" telekanali ijodkorlari ham mazkur manzilda boʻlib, tasvirga olish ishlarini olib borishdi.