Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Fiskal institutda Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning yoshlar bilan uchrashuvi oʼtkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

🔰Fiskal institutda Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning yoshlar bilan uchrashuvi oʼtkazildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #EHF

EHF orqali tovar aylanmasi 1 481,1 trln so‘mga yetdi

2023-yil 1-dekabr holatida elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari yordamida 37,6 mlndan ortiq EHF rasmiylashtirilgan. Ular bo‘yicha jami tovar aylanmasi 1 481,1 trln so‘mni (QQS bilan) tashkil etgan.

Tovar aylanmasi bo'yicha yetakchilar:

📍YSTBHSI - 878,1 trln so‘m 15,2 mlnta EHF;
📍Toshkent sh. - 257,5 trln so‘m 12,7 mlnta EHF;
📍Toshkent v. - 63,2 trln so‘m 2,1 mlnta EHF.
_____________
#цифровизация #ЭСФ

Tоварооборот по ЭСФ составил 1 481,1 трлн сумов

По состоянию на 1 декабря 2023 года с помощью операторов системы электронного документооборота оформлено более 37,6 млн ЭСФ. Товарооборот по ним составил 1 481,1 трлн сумов (с НДС).

По показателям товарооборота лидируют:

📍МРИ по крупным налогоплательщикам - 15,2 млн ЭСФ на сумму 878,1 трлн сумов;
📍г.Ташкент - 12,7 млн ЭСФ на сумму 257,5 трлн сумов;
📍Ташкентская обл. - 2,1 млн ЭСФ на сумму 63,2 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#markirovka

🔰Elektron tijorat orqali jahon brendlari ostidagi soxta tovarlar, markirovka qilinmagan maishiy texnika sotilishini oldini olish maqsadida Chirchiq shahar Dehqon bozori hamda savdo majmuasida joylashgan gilam qatorida maishiy texnika savdo dokonlarida targ‘ibod tadbirlari tashkil etildi.

☑️Unda tadirkorlarga tadbirkorlarga bu holatning qonuniy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish berilib, “eslatmalar” tarqatildi.

‼️Shuningdek, targ‘ibod tadbirlari davomida onlayn NKMdan foydalanmaslik, bankka naqd pul topshirmaslik, sotilayotgan tovarlarning kirim qilinmaslik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qonun buzulishlarining salbiy oqibatlari keng tushuntirildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Noyabr oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi.
💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

👉 Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.
————————
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в ноябре, подтверждены.
💳 Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

♻️ Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

👉В мобильном приложении Soliq можно узнать, за какие чеки и почему не подтверждается кешбэк или отказано в его выплате

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT #marketpleys

Onlayn xaridlar uchun 1,2 mlrd donadan ortiq elektron chek berilgan

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

Joriy yilning 11 oyi davomida onlayn-NKT orqali 801,1 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 208,4 trln so'mdan ziyodni tashkil etdi.

Agar xaridor to‘lovlarni elektron to‘lov tashkilotlari yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali amalga oshirsa, unda elektron fiskal chek shakllantiriladi.

Yanvar – noyabr oylarida iste'molchilarga umumiy qiymati 47,8 trln so‘mlik 1,2 mlrd donadan ziyod elektron chek taqdim etildi. Bunday cheklar uchun “Soliq” mobil ilovasida xarid summasining 1 foizi miqdorida keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi (buning uchun Soliq ilovasidagi va amalga oshirilayotgan to‘lov tizimidagi (marketpleys) telefon raqam mos kelishi kerak).

Xaridor unga QR-kodli chek berilmagani haqida soliq organiga xabar berishga haqli. Buning uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash lozim.

Joriy yil boshidan fuqarolar tomonidan chek bermaslik holatlari yuzasidan 104 mingdan ortiq murojaat yuborilgan. Ilovaning o‘zida murojaat holatini kuzatib borish mumkin.
___________
#онлайн_ККТ #маркетплейс

За онлайн-покупки выдано более 1,2 млрд электронных чеков

Реализуя товары или услуги, предприниматели должны использовать онлайн контрольно-кассовую технику и выдавать покупателям чек с QR-кодом. Такой чек выдаётся как при оплате наличными, так и через терминал.

За 11 месяцев этого года через онлайн-ККТ выдано 801,1 млн чеков, товарооборот по ним составил 208,4 трлн сумов.

Если покупатель производит оплату через электронные платежные организации или платформы электронной коммерции (маркетплейсы), то фискальный чек формируется в электронном виде.

С января по ноябрь потребителям выдано свыше 1,2 млрд электронных чеков на общую сумму 47,8 трлн сумов. По таким чекам кешбэк в размере 1% от суммы покупок начисляется автоматически в мобильном приложении Soliq (для этого номер телефона в приложении Soliq и в платежной системе (маркетплейсе), через которую производится оплата, должны совпадать).

Покупатель вправе уведомить налоговые органы о том, что ему не выдали чек с QR-кодом. Для этого нужно подать обращение через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq. С начала года поступило более 104 тысяч таких обращений. Отслеживать статус обращения можно в самом приложении.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Savdo sohasida nechta yangi korxonalar ochilgan?

2023- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 773 taga yetdi va bu sohada 2 692 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:

☑️Zangiota tumani – 427 ta
☑️Qibray tumani – 184 ta
☑️Chirchiq shahri – 162 ta
☑️Toshkent tumani – 189 ta
Toshkent viloyatida so‘nggi yillarda korxona va tashkilotlar qanchaga ko‘paydi?

📌2023- yil 1- dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 45 791 tani tashkil etdi.

2019 yil – 38 283 ta

2020 yil – 45 525 ta

2021 yil – 49 906 ta

2022 yil – 55 222 ta

2023 yil – 45 791 ta
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YUQORI CHIRCHIQ TUMANI_RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI_25.12.2023


obuna bo'ling:👇👇👇
NURAFSHON TV
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi


Oʻzbekiston hududida tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizmi joriy etiladi:
2024-yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun;
2024-yil 1-iyuldan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun.

Bu Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi “Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 673-son qarorida belgilandi.

Mazkur qaror bilan 28.04.2021-yildagi VMQ-249-son qaroriga “Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” Nizom kiritildi.

Unga koʻra, yuk tashish yuk joʻnatuvchi, oluvchi, ekspeditor yoki yuk tashish shartnomasi asosida xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan oʻzining yoki ijaraga olingan transport vositasida amalga oshiriladi.

Elektron tovar-transport yuk xati (ETTYuX) ERIdan foydalangan holda, elektron hujjat aylanish tizimi operatorlarining axborot tizimida shakllantiriladi.

ETTYuX orqali yukni yuborish, yetkazib berish va qabul qilish jarayonlari ERI bilan tasdiqlanadi yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etiladi.

ETTYuXning elektron shaklga oʻtkazish qulayliklari:
▫️istalgan vaqt va joyda tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish;
▫️yuk yetkazib berilganligini real vaqt rejimida kuzatib borish;
▫️ortiqcha qogʻoz sarfi, ishchi kuchi va vaqtni tejash;
▫️ETTYuXdagi maxsus QR-kodni skanerlash orqali maʼlumotlar haqqoniyligini tekshirish;
▫️STIR yoki JSHSHIR kiritish orqali ETTYuXda barcha tegishli rekvizitlar avtomatik aks etadi;
▫️ETTYuX shakllantirilganda hosil boʻlgan ID raqam EHFga kiritilganda tegishli maʼlumotlar avtomatik ravishda EHFda koʻrinadi;
▫️ETTYuX tovarlarni yetkazishda shartnoma asosida transport ishini hisobga olish, haydovchiga (yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxsga) ish haqi yozish uchun asos boʻladi.

Bundan tashqari, ETTYuX soliq xizmati organlari maʼlumotlar bazasida kamida 5 yil saqlanadi. Bunda shartnomada 5 yildan ortiq muddat koʻrsatilgan boʻlsa shartnoma amal qilish muddatigacha saqlanadi.

Muhim❗️
- texnik nosozliklar yuzaga kelganda, ETTYuX qogʻozda rasmiylashtiriladi. Bunda nosozlik tizim operatori tomonidan rasman tasdiqlanib, bartaraf etilgandan soʻng ETTYuX 5 kalendar kuni ichida qogʻozda koʻrsatilgan sana bilan axborot tizimiga kiritiladi;
- yuk joʻnatuvchi ETTYuX bilan bir vaqtda EHF shakllantirishi lozim;
- haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar kiritilgan ETTYuX bilan yuklarni tashish – soxta hujjatlar boʻyicha tashish hisoblanadi hamda Soliq kodeksining 223-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Bunga qadar tovar-transport yuk xati faqat qogʻoz shaklda qoʻlda rasmiylashtirilgan va elektron hisobi yuritilmagan. Maʼlumotlar haqqoniyligini tekshirish va xavfsizligini taʼminlash imkoni boʻlmagan.

Avvalgi davrda tovar-transport yuk xati qogʻozda 4 nusxada shakllantirilgan va ularning har biriga rekvizitlar alohida kiritilgan.

Mazkur tartibning joriy etilishi hisobiga 1 yilda oʻrtacha 200 mingta tadbirkor tomonidan 16 mlrd soʻmdan ortiq material sarfi hamda ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar qisqaradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

Savol:

🔰Yakka tartibdagi tadbirkor asosiy faoliyatidan tashqari qo‘shimcha ravishda boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullansa qanday soliq to‘laydi?

❗️Javob
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning xar bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida-alohida to‘laydilar.
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga barcha soliqlar va bojxona to‘lovlarini bir yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.

Qonunchilik palatasiga Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi deya xabar beradi
Kun.uz sayti.

Qonun loyihasida “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlariga barcha soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona to‘lovlarini ta’minotsiz va foizsiz bir yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’ektlari ushbu fuqarolarga kamida bir yil davomida har oy mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqini to‘lab, bandligini ta’minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz berilishi ham belgilanmoqda.

Mazkur imtiyozlar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” Dasturiga kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlariga (Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari bundan mustasno) bir vaqtning o‘zida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilganda va kamida bir yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lab, bandligini ta’minlaganda, ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda berilishi ko‘zda tutilgan.

Agar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan “hamkorlik shartnomalari”da nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari butun soliq davri uchun ushbu soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi.
#savol_javob

Savol-Mehnatga layoqatsizlik kunlari uchun to‘lanadigan to‘lovdan daromad solig‘i undiriladimi?


❗️Javob-Soliq kodeksining 377-moddasiga asosan, xodimga kasallik ta’tillari asosida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari uchun to‘lovlar jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari turiga kiradi. Bu daromadlar, o‘z navbatida, umumiy daromadga kiritiladi va belgilangan tartibda 12 foizlik jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i undiriladi.
Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi

🔰“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarga ko‘mak berilib, ularning muammolari o‘rganilib, zarur maslahatlar berib kelinmoqda.

‼️Xususan, "Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili doirasida 2023-yil 26-dekabr kuniga qadar ya’ni 12-oyda jami 26171 ta tadbirkorlik sub’ektlarining muammolari o‘rganildi.

-372 ta korxonaga 77532,0 mln so‘m QQS dan mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarildi.

Boshqa soliq turlaridan ortiqcha to‘lov summasini qaytarish yuzasidan 2811 ta korxonadan 99137,8 mln so‘m pul mablag‘lari korxonalarning hisob raqamlariga qaytarildi.

- 18843 ta Dastlabki buxgalteriyasini yuritishga ko‘maklashildi.

- 1244 ta E-aktiv AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashildi.

- 1349 ta E-ijara AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashildi.

- 1329 ta E-imtiyoz AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashildi.

-3054 ta Shaxsiy hisob varaqadan ko‘chirma berildi.

- 53 ta boshqa idora va tashkilotlarga aloqador muammolar soliqchi ko‘makchi tamoyili asosida o‘z yechimini topdi.

🔺Xususan, tadbirkorlar bilan turli uchrashuvlar va davra suhbarlari tashkil etilib, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, amaliy ko‘mak berilyapti.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.