Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12.3K photos
1.67K videos
112 files
3.8K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS

Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha o‘zgarishlar

Tovarlar (xizmatlar) eksportidan olinadigan daromadlar AOSga tortiladi. Avval soliq bazasidan chegirilgan.
👉 Soliq kodeksi 464-moddasi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar AOSni 3% stavkada to'laydilar (oldin 2%).

Boshqa faoliyat turlari bo‘yicha stavkalar o'zgarishsiz qoldi.

2025-yilda qat’iy belgilangan summada to‘lovchilar uchun AOS stavkalari jami daromadiga qarab quyidagi miqdorda belgilanadi:
📉500 mln so'mdan oshmaganyiliga 30 mln so'm;
📈500 mln so'mdan yuqori - yiliga 40 mln so'm.

2026-yil 1-yanvardan qat’iy belgilangan summadagi AOS bekor qilinadi.

👉Soliq kodeksi 467-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha o‘zgarishlar

2025-yilda QQS stavkasi 12% miqdorida saqlanib qolindi.

QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi.

2025-yil 1-iyuldan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari QQSga tortiladi.
Avval soliqdan ozod etilgan edi.

Davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish QQSga tortilmaydi.

👉 Soliq kodeksi 243-modda

Mahsulotlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

▫️kontrakt (kontrakntning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);

▫️tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi (Ilgari O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tovarlarni olib chiqish uchun bojxona organining belgisi bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi);

▫️O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari (ilgari tovar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan)

Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga taqdim etiladigan tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.

👉 Soliq kodeksi 261-modda

QQSdan quyidagilar ozod qilinadi:

▪️2027-yil 1-yanvargacha – Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O'zbekiston hududiga olib kirish;

▪️2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha - O'zbekiston rezidentlari bo'lgan vagon (konteyner)lar operatorlarining temir yo'l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish xizmatlari;

▪️2030-yil 1-yanvargacha - O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslari.

Shuningdek, budjet tashkilotlarining Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qaysi infratuzilma loyihalari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) QQSdan ozod etilishiga aniqlik kiritildi:
▫️elektr, gaz va issiqlik ta'minoti;
▫️suv ta'minoti va kanalizatsiya;
▫️suv xo'jaligi;
▫️yo'l-transport infratuzilmasi;
▫️aloqa va telekommunikatsiya;
▫️agrologistika;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish
.
Imtiyoz loyiha ishtirokchilariga ham qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
PF-132-son 30.08.2024 y. 7-bandi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM