Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.7K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari ochiq holda namoyish etilmaydi

Chakana savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari ochiq holda namoyish etilmaydi. Yaʼni sotuvdagi tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari oʻrniga ularning nomi va narxi aks ettirilgan roʻyxat joylashtiriladi.
Bunda xaridor talabiga koʻra, faqat sotiladigan mahsulot koʻrsatilishi mumkin.

Mazkur tartib, 2023-yil 24-maydagi Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi OʻRQ-844-son Qonunda belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, Qonun bilan Soliq organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari tasdiqlandi.
Unga muvofiq, soliq organlari:
▫️alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻlanishi ustidan nazorat qiladi;
▫️savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi. Ularning noqonuniy aylanmasini oldini olish choralarini koʻradi.

Qonunga muvofiq, alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilishga doir cheklovlar bilan batafsil 👉bu yerda tanishing.

Qonun rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Soliq mobil ilovasidan 1 trln 190 mlrddan ortiq keshbek to‘landi

Joriy yilning 29-may holatiga aprel oyi uchun 1,6 mln nafarga yaqin iste'molchiga 89,6 mlrd so‘m to‘lab berildi. 26-mayga qadar 57,9 mlrd so‘m to‘langan edi.

📆 Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun hisoblangan yana 3,1 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

📱
Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 192 mlrd so‘mdan oshdi.

Tasdiqlanish jarayonida bo‘lgan keshbeklar qachon tasdiqlanadi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

👉Nima uchun keshbek tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasidan bilib oling.
——————————-
#кешбэк

Через мобильное приложение Soliq выплачено свыше 1 трлн 190 млрд сумов кешбэка

По состоянию на 29 мая этого года около 1,6 млн потребителей выплачено 89,6 млрд сумов кешбэка. К 26 мая было выплачено 57,9 млрд сумов.

📆 Также в результате устранения недостатков подтверждено ещё 3,1 млрд сумов кешбэка за прошлые месяцы.

📱Общая сумма кешбэка, выплаченного через мобильное приложение Soliq, превысила 1 трлн 192 млрд сумов.

Когда будет подтвержден кешбэк
, находящийся в процессе подтверждения

Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

👉Через мобильное приложение Soliq можно узнать, за какие чеки и почему не подтвержден кешбэк

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida iste'molchilar 10 mlrd so‘mlik keshbekka ega bo‘ldilar.

Respublika bo‘yicha joriy yilning aprel oyida (29-may holatiga) iste’molchilarga 26,2 mln chek uchun 89,6 mlrd so‘m keshbek to'langan.
To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 36,3 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 10 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 7,6 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 5,3 mlrd so‘m;
📍Namangan viloyati - 4,4 mlrd so‘m.
#Bo‘stonliq _tumani

Uch avlod uchrashuvi.

⚡️Bo‘stonliq tumani 4-sektor hududidagi Nanay mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimligi, soliq inspeksiyasi, tuman Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamkorligida ''Uch avlod'' uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

♦️Unda faxriylar, jamoat tashkilotlari vakillari va yoshlar ishtirok etdilar.

📌 Uchrashuv davomida keksalar oʻz hayotiy tajribalarini yoshlar bilan oʻrtoqlashdilar.

🔷Tadbirda tumanda istiqomat qilib kelayotgan turli millat vakillari tomonidan "Ozod va obod Vatanda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida milliy koʻrgazmalar ham namoyishi tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida bu kabi madaniy tadbirlarni tez-tez oʻtkazib turish yoshlarga ham ma’nan, ham ruhan oʻzgacha motivatsiya berishi ta’kidlab oʻtildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#deklaratsiya

1-iyun – jismoniy shaxslar tomonidan 2022-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:

▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
___________
#декларация

1 июня - крайний срок уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2022 год.
👉 ст.398 НК

В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты:

▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliqlarni “Soliq” mobil ilovasida qulay va oson toʻlang

Soliq
(Android/iOS) ilovasida soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi soliq turlari boʻyicha qarzdorlik haqida maʼlumot olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoni yaratilgan:

jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig'i 423-modda

jismoniy shaxslar uchun yer solig'i 440-modda

jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari bo‘yicha daromad solig‘i 393-modda

jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya taqdim etish asosida JShODS 397-modda

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq 408-modda

penya 110-modda

Toʻlovni amalga oshirishdan oldin ko‘chmas mulk (yer uchastkasi) egasi JShShIRni koʻrsatib FACE ID orqali avtorizatsiyadan oʻtishi lozim. Tizim avtomatik ravishda mavjud qarzdorlik yoki uning yo'qligini aks ettiradi.

❗️Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng barcha tushumlar “Toʻlangan soliqlar tarixi” boʻlimida saqlanadi.

To‘lovlarni amalga oshirishdan avval ma'lumotlarning to‘g‘riligiga e'tibor qarating!
__________
#мобильное_приложение

Уплачивайте налоги легко и просто через мобильное приложение Soliq

В приложении Soliq
(Android/iOS) для удобства налогоплательщиков – можно узнать о задолженности и произвести оплату по следующим видам налогов:

налог на имущество физических лиц ст.423 НК

земельный налог физических лиц ст.440 НК

налог на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду ст.393 НК

НДФЛ на основании декларации о совокупном годовом доходе
ст.397 НК

соцналог для самозанятых лиц ст.408 НК

пеня ст.110 НК

Перед платежом владельцу имущества (земельного участка) необходимо пройти авторизацию путем FACE ID с указанием ПИНФЛ. Система автоматически отразит задолженность либо ее отсутствие.

❗️После оплаты в разделе "История оплаченных налогов" сохраняются все квитанции.

Перед тем, как произвести оплату, убедитесь в достоверности информации!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
#yoshlar

📍Prezidentimiz topshirig'iga binoan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bandligini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Imomov Bo‘stonliq tumanidagi xonadonlarda bo‘lib, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy ta’minotga muhtoj yoshlar bilan uchrashmoqda.

♻️Uchrashuvdan asosiy maqsad, yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, kasbga yo‘naltirish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish kabi ko‘plab vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

☑️ Мutasaddilar уoshlar bilan o‘zaro muloqot davomida ularning muammolarini tinglash bilan birga amaliy chora ko‘rishlari belgilab olindi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
SOLIQ_TAQVIMI_IYUN_2023.pdf
188.4 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil iyun oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на июнь 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#1iyun
#tabrik

Bolalikning beg‘ubor samimiyati Sizni aslo tark etmasin!

Ertamiz egalari boʻlgan bolajonlar, Sizlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan muborakbod etamiz.

Bugungi bayram shukuhi begʻubor kulgularingiz, gulgun chehralaringizda quvonch boʻlib aks etmoqda.

Koʻzlaringizda charaqlab turgan baxtiyorlik,
shu yurt ravnaqi uchun mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz koʻnglida koʻtarinkilik uyg‘otib, kuchiga kuch, azmi shijoatiga yanada g‘ayrat bag‘ishlamoqda.

Sizlarni
Vatan va xalqi uchun xizmatga shay, komil insonlar qilib tarbiyalashdek ulug‘ maqsad biz kattalarni yagona maslak yo‘lida birlashtirayotir.

Sizlar muqaddas Vatanimizning fidoyi va jasur, bilimdon va baxtli farzandlari boʻlasizlar.

Sizlarga yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ulkan zafarlar quchishingizni, yuksak dovonlardan oshib, doimo sharafli yoʻllardan yurishingizga tilakdoshmiz.

Unutmang, shu aziz yurt kelajagi Sizning qoʻlingizdadir!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
SOLIQ TO`LOVCHILARNING HUQUQLARI

🔸Soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to`g`risida, soliq to`g`risidagi qonunchilikdagi o`zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to`lash tartibi to`g`risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdеk ularni to`ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bеpul olish;

🔸o`z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo`lgan ma`lumotlarni olish;

🔸Soliq kodеksida bеlgilangan asoslar mavjud bo`lganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish;

🔸Soliqlar, pеnyalar va jarimalarning ortiqcha to`langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o`z vaqtida hisobga o`tkazish yoki qaytarish;

🔸Soliq kodеksida bеlgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to`lashni kеchiktirish yoki bo`lib-bo`lib to`lash;

🔸Soliq solish ob`еktlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to`lashda o`zlari yo`l qo`ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;

🔸Soliq kodеksida muvofiq o`z hududida o`tkaziladigan sayyor soliq tеkshiruvini va soliq auditini o`tkazish chog`ida hozir bo`lish;

🔸Sayyor soliq tеkshiruvi va soliq auditi matеriallari bilan tanishish, shuningdеk ushbu tеkshiruvlarning dalolatnomalarini olish;

🔸Soliq tеkshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to`g`risidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bo`yicha tushuntirishlar bеrish;

🔸Soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining Soliq kodеksida va (yoki) soliq to`g`risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo`lmagan talablarini bajarmaslik;

🔸Soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo`lmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bеlgilangan tartibda shikoyat qilish;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning o`rni qoplanishini bеlgilangan tartibda talab qilish;

🔸Soliq kodеksida nazarda tutilgan hollarda, soliq tеkshiruvi matеriallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko`rib chiqish jarayonida ishtirok etish;

🔸Soliq munosabatlari masalalariga oid o`z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o`z vakillari orqali ifodalash;

🔸Soliq siriga rioya etish va uni saqlash.

🟢Soliq to`lovchilar Soliq kodеksida va soliq to`g`risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida bеlgilangan o`zga huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.

Soliq to`lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo`lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdеk vakilning ishtirok etishi soliq to`lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.

Soliq to`lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tеgishli majburiyatlari bilan ta`minlanadi.

Soliq to`lovchilarning huquqlarini ta`minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik O`zbеkiston Rеspublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo`ladi.
📊Toshkent viloyatida 2023- yil 1- may holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 45,5 mingta (ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 39,3 mingta)ni tashkil etdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo'lsin.