Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.7K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘RTA CHIRCHIQ TUMANI_TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV_31.05.2023
#bilasizmi

Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘i olinmaydi

🏚2023-yil 1-yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari
daromad solig‘iga tortilmaydi.
Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

❗️2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 36 oy ichida boshqa shaxsga o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qo‘llashning butun davri uchun soliqni to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
#bilasizmi?

Vafot etgan fuqaroning soliq qarzlarini kim to‘laydi?

🔴Soliq kodeksiga ko‘ra, vafot etgan shaxsning soliq va shunga o‘xshash majburiy to‘lovlarini merosxo‘ri yoki merosxo‘rlari to‘laydi. Merosxo‘rlar bir nechta bo‘lsa, ajratilgan meros ulushiga qarab to‘laydi. Buni odatda, tegishli soliq idorasi hisoblab beradi. Bunda merosxo‘r merosni qabul qilib olganidan so‘ng, marhumning soliq yoki boshqa majburiy to‘lovini 1 yil ichida to‘lashi lozim bo‘ladi.

Vafot etgan shaxsning soliq qarzdorligi qoldirgan merosiga nisbatan ko‘p bo‘lsa, qolgan summa merosxo‘rlardan undirilmaydi. Uning merosxo‘ri bo‘lmasa, soliq qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi. Soliq to‘lashi kerak bo‘lgan shaxs olamdan o‘tsa, 30 kun ichida yashash joyidagi soliq organi marhumning qarindoshlariga uning qarzi mavjudligi haqida xabar berishi kerak. Vafot etgan shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini, qat’iy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash bo‘yicha qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.

🔰Shuningdek, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxsning soliq qarzi qonun hujjatlariga muvofiq bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning vasiysi tomonidan muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi.

📍Jismoniy shaxsning bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligini bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan yoki jismoniy shaxsni muomalaga layoqatli deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ilgari hisobdan chiqarilgan soliq qarzining amal qilishi, da’vo qilish muddatidan qat’i nazar, qayta tiklanadi.
#bilasizmi?

SOLIQLARNING VA YIG‘IMLARNING QANDAY TURLARI BOR?

O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:

📍 qo‘shilgan qiymat solig‘i;
📍 aksiz solig‘i;
📍 foyda solig‘i;
📍 jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
📍 yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
📍 foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;
📍 suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
📍 mol-mulk solig‘i;
📍 yer solig‘i;
📍 ijtimoiy soliq.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Soliq Kodeksida hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.

Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi Soliq Kodeksi bilan tartibga solinadi.
Toshkent viloyatida qiymati 1 053,6 mlrd.so‘mlik 957 ta ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshiriladi.

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408-son qarori ijrosi bo‘yicha Toshkent viloyatida qiymati 1 053,6
mlrd.so‘mlik 957 ta ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lib, ushbu loyihalarda qurilish ta’mirlash ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilotlar ishtirokida Toshkent viloyati soliq boshqarmasida “Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi” tamoili asosida uchrashuv o‘tkazildi.

🔰Uchrashuvda mazkur pudratchi tashkilotlardan tanlov asosida o‘rganilgan 10 ta tashkilotning faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
☑️Toshkent viloyatining qaysi hududida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘proq?

2023-yilning 1-may holatiga ko‘ra respublikamizda jami 30 760 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

⚪️Oqqo‘rg‘on tumani – 694 ta
⚪️Ohangaron tumani– 937 ta
⚪️Bekobod tumani– 922 ta
⚪️Bo‘stonliq tumani– 1 295 ta
⚪️Bo‘ka tumani– 1 004 ta
⚪️Quyi Chirchiq tumani– 880 ta
⚪️Zangiota tumani– 3 718 ta
⚪️Yuqori Chirchiq tumani– 1 515 ta
⚪️Qibray tumani– 2 911 ta
⚪️Parkent tumani– 1 421 ta
⚪️Pskent tumani. – 800 ta
⚪️O‘rta Chirchiq tumani– 1 283 ta
⚪️Chinoz tumani– 838 ta
⚪️Yangiyo‘l tumani– 1 545 ta
⚪️Toshkent tumani– 2 197 ta
⚪️Nurafshon shahri– 760 ta
⚪️Olmaliq shahri– 1 310 ta
⚪️Angren shahri– 1 779 ta
⚪️Bekobod shahri– 985 ta
⚪️Ohangaron shahri– 875 ta
⚪️Chirchiq shahri– 2 011 ta
⚪️Yangiyo‘l shahri– 1 080 ta
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EHF

Elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishda yetkazib beruvchi toifasi va realizatsiya maqsadi aniq ko‘rsatilishi lozim

Ushbu tartib o‘tgan davrlar uchun rasmiylashritiladigan tuzatuvchi yoki qo‘shimcha EHFlarga ham tatbiq etiladi.

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (VMQ-489-son) 22.08.2022-yildagi VMQ- 471-son qarorga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
VMQ-255-son 12.05.2022

Chek tahririlash my3.soliq.uz portalida amalga oshiriladi.
👉Videoqo‘llanma
__________
#онлайн_ККТ #корректировка_чека

Уважаемые налогоплательщики❗️

Корректировка чеков осуществляется не позднее 10-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором выявлены расхождения.
ПКМ №255 от 12.05.2022

Корректировка чека осуществляется на сайте my3.soliq.uz.
👉Видеоинструкция

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan 4 oyda 12 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan

👉Eng ko'p soliq to'lagan TOP-20 ishlab chiqarish korxona
__________
#цифровизация #налоговые_поступления

За 4 месяца производители уплатили более 12 трлн сумов налогов

👉ТОП-20 производителей, уплативших крупные суммы налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi

🔺 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 dekabrdagi "Mahalla byudjeti" tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo
yicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi PQ-458-sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida Boka tumanidagi 44 ta mahallalardagi MFY raislari va hokim yordamchilariga soliq organlarini malakali mutaxassislari ishtirokida “Mahalla byudjeti” bo’yicha oquv amaliy seminari tashkil etildi.

🔴 Seminar yakunida Boka tumanidagi 44 ta mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilariga mahalliy soliqlarni yig’ish uchun zamonaviy termoprinterlar topshirildi
.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-iyun

may oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini byudjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
_______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 июня 2023 года последний день

за май:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar 4 oyda 6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

👉Eng ko'p soliq to'lagan TOP-20 xizmat ko’rsatish korxonalari
__________

#цифровизация #налоговые_поступления

За 4 месяца организации в сфере обслуживания уплатили более 6 трлн сумов налогов

👉ТОП-20 организаций в сфере обслуживания, уплативших крупные суммы налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM