Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
96.6K subscribers
8.55K photos
2.13K videos
170 files
8.98K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 1
Download Telegram
#kochma_savdo

“K–SAVDO” AAT orqali onlayn-auksionga chiqarilgan xizmat ko‘rsatish shoxobchalari soni 37 021 taga yetdi

📊Hududlar kesimida onlayn-auksionga chiqarilgan xizmat ko‘rsatish shoxobchalari soni:

1️⃣Toshkent viloyati 5 092;
2️⃣Farg‘ona viloyati 4 040;
3️⃣Samarqand viloyati 3 944;
4️⃣Xorazm viloyati 3 470;
5️⃣Qashqadaryo viloyatida 2 898.

Hozirda 7 170 ta tadbirkorlik subyekti “K–SAVDO” AAT orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

📃Ma'lumot uchun Davlat soliq xizmati organlarining 222 nafar, tegishli vazirlik va idoralarning 1 243 nafar malakali xodimlari
“K–SAVDO axborot tizimiga biriktirilib, ko‘chma savdo joylarini tanlash, sxemalarini shakllantirish va onlayn-auksion orqali savdoga chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz❗️Ko‘chma savdo obyektlarini sotib olish
"E-auksion" savdo platormasi orqali amalga oshiriladi. Auksion g‘olibi ko‘chma savdo joyining to‘liq narxini to‘laydi. Soliq idoralari tomonidan bir ish kuni mobaynida ko‘chma savdo obyektining ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma QR-kod bilan rasmiylashtirilgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali xaridor va operatorga yuboriladi.

Batafsil infografikada👆

📎Ko‘chma savdoni amalga oshirishning majburiy talablari va shartlari

👉Ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram