Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
96.5K subscribers
8.56K photos
2.13K videos
170 files
8.99K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 1
Download Telegram
#engyaxshiyuridikxizmat_2022

DSQ Yuridik boshqarmasi g‘oliblar safida – “Eng yaxshi yuridik xizmat – 2022

Joriy yilning 2-aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan “Eng yaxshi yuridik xizmat – 2022” respublika tanlovining final bosqichi o‘tkazildi.

Unda 147 ta davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatlarining professional yuristlaridan tashkil topgan jamoalar ichida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 7 ta jamoa, jumladan Davlat soliq qo‘mitasining Yuridik boshqarmasi ishtirok etdi.

Finalda DSQ Yuridik boshqarmasining erishgan yutuqlari, original yechimlari, ijobiy amaliyoti va ishonchli ishtiroki hakamlar hay'ati xulosasiga ko‘ra, III o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Davlat soliq xizmati organlari jamoasi hamkasblarining yutuqlarini doimo qadrlaydi, mana shunday nufuzli respublika darajasidagi tanlovda g‘oliblar qatoridan o‘rin olganligi bilan faxrlanadi.

Davlat soliq xizmati organlari nomidan Yuridik boshqarma jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!

DSQ Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube