Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
96.5K subscribers
8.56K photos
2.13K videos
170 files
8.99K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 1
Download Telegram
#Amir_Temur #9aprel

9-aprel — Sohibqiron
Amir Temur tavallud topgan kun!

Bugun, bobokalonimiz, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan uning nomi bilan ataluvchi xiyobonda tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda davlat va jamoat arboblari, ziyolilar, olimlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Unda Soliq xizmati organlari vakillari ham ishtirok etib Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qo'ydi.

Amir Temur o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Amir_Temur #9aprel

9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun, buyuk bobokalonimiz sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi mamlakatimiz bo'ylab keng nishonlanmoqda.

Amir Temur — nafaqat buyuk sarkarda va dono siyosatchi, balki davlat moliyasini puxta tashkil eta olgan, soliqlarning davlat taraqqiyotidagi o‘rnini chuqur anglagan shaxs edi.

Sohibqiron “Temur tuzuklari”da yozadi:

Mamlakatning kuchi — uning adolatli soliqlarida. Soliq o‘z vaqtida, imkon doirasida yig‘ilsa, na xalq qiynaladi, na xazina bo‘sh qoladi.


Sohibqiron ishonch bilan aytgan:

Kimki o‘z davlatining mustahkam bo‘lishini istasa, avvalo soliq ishini tartibga solmog‘i darkor.


Bugungi kunda Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan adolatli soliq siyosati va shaffoflik tamoyillari — bu Sohibqiron merosiga sodiqlik timsolidir.

Sadoqat va fidoyilik har qanday insonning haqiqiy vatanparvarlik fazilatidir. Vatanparvarparlik - bu vatanga xizmat qilish va cheksiz sevish demakdir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads