Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.9K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
148 files
8.28K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8dekabr #konstitutsiya

Mukofotlar muborak !

Bugun, 7-dekabr kuni Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda DSQ Raisi Sherzod Kudbiyev so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladi. Yilni samarali natijalar bilan yakunlash va keyingi yil oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda soliq organlari xodimlariga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Qo‘mita Raisi bayram munosabati bilan xizmat vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim xodimlarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy choralari muddatidan oldin olib tashlanishini ma'lum qildi.

Shuningdek, ushbu ayyom munosabati bilan fidokorona mehnati ila nafaqat soliq xizmati organlari, balki mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 300 nafardan ortiq xodim “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Sadoqatli va mashaqqatli mehnati ortidan yuksak eʼtibor va eʼtirofga sazovor bo‘lgan hamkasblarni davlat soliq xizmati organlarining ko‘p sonli jamoasi nomidan muborakbod etamiz.

👇Bayram tizim tashkilotlari va hududiy davlat soliq xizmati organlarida ham keng nishonlandi:

🎓DSQ huzuridagi Fiskal institut
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Buxoro viloyati
📍
Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent shahar
📍Тоshkent viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Xorazm viloyati
📍Samarqand viloyati

Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM