Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
96.1K subscribers
7.97K photos
1.9K videos
160 files
8.41K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#mustaqillik_31_yil

Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz – Davlat soliq qo‘mitasida bayram shukuhi

Bugun, 31-avgust kuni Davlat soliq qo‘mitasida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda dastlab Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev so‘zga chiqib barchani O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi. Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan erishilgan mustaqilligimiz hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqea ekanligini taʼkidladi.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari so‘nggi yillarda davlat soliq xizmati organlarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan videorolikdan bahramand bo‘ldi.

Qo‘mita Raisi ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan davlat soliq xizmati organlaridagi fidokorona xizmati, sadoqatli va mashaqqatli mehnatlari uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan tizim xodimlarini ham alohida tabrikladi. Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i G.Nizomiddinovaga “Shuhrat” medalini shaxsan topshirdi.

Bundan tashqari, tizimda samarali faoliyat yuritib kelayotgan 30 nafarga yaqin xodimlarga munosib mehnatlari uchun “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alar topshirdi.

Tasodifni qarangki, bugungi kunda qo‘mita markaziy apparatida yurtimiz istiqlolga erishgan 1991-yilda tug‘ilgan 31 nafar mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Tadbir davomida mustaqillik tengdoshlari bo‘lgan xodimlar, tizimda aynan 1991-yilda faoliyat boshlagan tajribali ustozlarini bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonandalar o‘zlarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari bilan bayramga o‘zgacha ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mustaqillik_31_yil

Assalomu alaykum, aziz hamyurtlar, qadrli vatandoshlar, yangi O‘zbekiston tarixidagi shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramini barchamiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqdamiz.

Shu munosabat bilan butun xalqimizni, barcha vatandoshlarni chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga o‘zimning samimiy va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ajdodlarimiz, bu muqaddas maqsad yo‘lidagi mashaqqatli sinovlarda jon olib, jon berib kurashdi. Xalqimiz qalbidagi hurriyatga intilishni hech qanday bosqin, zulm va zo‘ravonliklar yo‘qota olmadi.

Asrlar, zamonlar o‘tar, ammo, barchamizga o‘zligimzni qadr-qimmatimizni, tilimiz, muqaddas dinimizni va tariximizni qaytarib bergan bu ulug‘ ayyom Vatanimiz tarixida oltin sahifa bo‘lib qoladi.

Taʼkidlash lozim, keyingi yillarda xalqimiz ajdodlarga xos mustahkam iroda va matonat, beqiyos salohiyatini namoyon etib, qisqa fursatda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu esa Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan jadal islohotlarning mustahkam tirgagi bo‘lib, yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans davrida muhim o‘rin tutmoqda.

Ushbu tarixiy jarayonlarda davlat soliq xizmati organlarining ham faol ishtirokini qayd etish joiz. Shunday ulug‘ va sharafli safda – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safida turganligimizdan biz, soliq organlari tizimidagi barcha davlat xizmatchilari o‘zimizni chinakam baxtiyor inson deb bilamiz.

Davlat soliq xizmati organlari,
xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan yangi O‘zbekistonni, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida sidqi dildan xalqqa xizmat qilishga hamisha tayyor.

Men millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barcha yurtdoshlarimizni bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik_31_yil

"Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!"

Davlat soliq qo‘mitasida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi keng nishonlandi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 5-sentabr

avgust
oyi uchun:

- banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

- avgust oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va SHJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 сентября 2022 года крайний срок

за
август:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме (сельскохозяйственной продукцией собственного производства и продуктов ее переработки по договорным ценам, выдаваемых сельскохозяйственными товаропроизводителями по письменному заявлению работников) в августе
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 10 taga oshdi

Mamlakatimiz Prezidentining 30.08.2022-yildagi PQ-366-son qaroriga muvofiq, 01.11.2022-yildan quyidagi faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari bilan shug‘llanadigan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

🔸Uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
🔸Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
🔸Rieltorlik xizmatini ko‘rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko‘maklashish);
🔸Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
🔸Maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);
🔸Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
🔸Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
🔸Yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish;
🔸Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish;
🔸Kulolchilik.

Shuningdek, 01.01.2023-yildan:

🔹o‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi:
- Chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar);
- Issiqxona;
- Parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak);
- Quyonchilik;
- Asalarichilik;
- Baliqchilik;
- Bog‘dorchilik;
- Limonchilik;
- Gulchilik.

🔹 *YaTTlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizidan yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytiriladi (savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar bundan mustasno).
▫️ YaTTga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-taʼmirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;
▫️ qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida YaTTni jalb qilishga ruxsat etiladi. Bunda, YaTT umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodim yollashi mumkin.

*YaTT – Yakka tartibdagi tadbirkor

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilning 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Mazkur farmonga ko‘ra 01.01.2023-yil 01.01.2028-yilga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan va shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun:

🔹foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari 50 %ga kamaytirilgan holda;

🔹Ijtimoiy soliq, 1 % miqdoridagi soliq stavkasida;

🔹YaTTlar tomonidan to‘lanayotgan ijtimoiy soliq shaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 12 baravarga, tumanlar hududida faoliyat yuritayotganlar uchun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga *BHMning bir baravari miqdorida belgilanadi.

❗️Bunda yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslarga mazkur bandda belgilanayotgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, qonunchilikda yuqoridagilardan ortiq soliq imtiyozlari nazarda tutilgan bo‘lsa, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay soliq imtiyozlari tatbiq etish belgilandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram