Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.4K subscribers
8.12K photos
1.98K videos
162 files
8.58K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#bilasizmi

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun qanday imtiyozlar berilgan?

Ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha 0% stavkasini qo‘llash huquqiga ega 👉Soliq kodeksi 337-modda. Bunda tegishli faoliyat turlaridan olingan daromadlar tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda jami yillik daromadining kamida 90 %ini tashkil etishi lozim.

Bunga tibbiyot tashkilotlari tomonidan tegishli litsenziya asosida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar kiradi. Jumladan:
🔹 tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash xizmatlari;
🔹 stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari.
👉Soliq kodeksi 59-modda

Tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan quyidagi tibbiy xizmatlarni (kosmetika xizmatlaridan tashqari) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQSdan ozod qilinadi:
🔹tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari;
🔹tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash xizmatlari;
🔹stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari.
👉 Soliq kodeksi 243-modda 1-qism 11-band

Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan baza sog‘liqni saqlash muassasalarining (turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari bundan mustasno) o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga kamaytiriladi.
👉 Soliq kodeksi 414-modda 1-qism

Sog‘liqni saqlash muassasalari joylashgan yerlarga (turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar bundan mustasno) yer solig‘i solinmaydi.
👉 Soliq kodeksi 428-modda 2-qism

📹 “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati
__________
#знаете_ли_вы

Какие льготы предусмотрены для сферы медицинского обслуживания?

Налогоплательщики, осуществляющие деятельность в социальной сфере, вправе применять налоговую ставку в размере 0% по налогу на прибыль👉ст.337 НК При этом доходы от соответствующих видов деятельности с учетом доходов в виде безвозмездно полученного имущества составляют не менее 90% их совокупного годового дохода.

Сюда относятся медицинские организации, оказывающие медицинские услуги на основании соответствующей лицензии. В частности:
🔹услуги по диагностике, профилактике и лечению;
🔹стоматологические услуги, включая услуги по зубному протезированию.
👉ст.59 НК

Освобождается от НДС оборот по реализации следующих медицинских услуг:
🔹услуг медицинской помощи и санитарного обслуживания;
🔹услуг по диагностике, профилактике и лечению;
🔹стоматологических услуг, включая зубное протезирование.
👉п.11 ч.1 ст.243 НК

При исчислении налога на имущество юридических лиц налоговая база уменьшается на среднегодовую остаточную стоимость объектов здравоохранения (за исключением санаторно-курортных объектов, расположенных в туристских зонах).
👉ч.1 ст.414 НК

Земельные участки, занятые объектами здравоохранения (за исключением земель, занятых санаторно-курортными объектами, расположенными в туристских зонах), не подлежат налогообложению земельным налогом.
👉ч.2 ст.428 НК

📹Интерактивный сервис "Обращение по использованию налоговых льгот"

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yishda davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 150-son qarori qabul qilindi. (02.04.2022-yil)

Qaror bilan Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning quyidagi maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi:

🔸Ko‘chmas mulk ijara yoki tekinga foydalanish shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish;

🔸Chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida bo‘linmalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish;

🔸Tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan hamda jismoniy shaxslarga etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qo‘yish;

🔸Soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish;

🔸Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari – yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish;

🔸Soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni va solishtirma dalolatnomani taqdim etish.

📌Mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish materiallari eʼlon qilib boriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#новое_в_законодательстве

Утверждены новые административные регламенты оказания государственных услуг по регистрации налогоплательщиков

Принято Постановление Кабинета Министров «Об утверждении административных регламентов оказания государственных услуг по постановке на учёт налогоплательщиков» (ПКМ-150 от 02.04.2022).

Постановлением утверждены следующие административные регламенты:

🔸Постановка на учёт договоров предоставления в аренду или в безвозмездное пользование недвижимого имущества;

🔸Постановка на учет в налоговых органах постоянных учреждений и обособленных подразделений иностранных юридических лиц;

🔸 Постановка на учёт в налоговых органах иностранных юридических лиц, осуществляющих операции на товарных биржах, приобретающих акции компаний и оказывающих электронные услуги физическим лицам;

🔸Постановка на учёт в налоговых органах налогоплательщиков по объекту налогообложения;

🔸Официальное подтверждение факта постоянного нахождения (резидентства) юридических и физических лиц - резидентов Республики Узбекистан, осуществляющих внешнеэкономическую деятельность;

🔸Предоставление налогоплательщикам выписки из лицевых счетов и актов сверки.

📌Более подробные разъяснения по административным регламентам, утвержденным настоящим постановлением, будут опубликованы дополнительно.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 5-aprel

mart oyi uchun:

- banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

- mart oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha JShODSni va ShJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 апреля 2022 года крайний срок

за март:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме (сельскохозяйственной продукцией собственного производства и продуктов ее переработки по договорным ценам, выдаваемых сельскохозяйственными товаропроизводителями по письменному заявлению работников) в марте
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonun_loyihasi

Nazorat xaridini amalga oshirishda bank kartalaridan foydalanish tartibi belgilanadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Davlat soliq qo‘mitasining “Nazorat xaridini amalga oshirishda bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Loyiha muhokamasi joriy yil 19-aprelgacha davom etadi.

👉Batafsil
__________
#законопроект

Будет определен порядок использования банковских карт при проведении контрольной закупки

На портале обсуждения проектов нормативно-правовых актов размещен проект документа Государственного налогового комитета «Об утверждении Положения о порядке использования банковских карт при проведении контрольной закупки».

Обсуждение проекта продлится до 19 апреля текущего года.

👉Подробнее

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara

Ko‘chmas mulk shartnomalarini hisobga qo‘yish ma’muriy reglamenti

Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
👉VM-15-son qarori 02.02.2022-yil

Reglamentda yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas-mulklari bo‘yicha:
▫️ ijara
▫️ikkilamchi ijara
▫️ tekin foydalanish shartnomalarini
davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi nazarda tutilgan.

Shartnomalarni “E-ijara” xizmati orqali soliq organlarida elektron shaklda hisobga qo‘yish tomonlarning shaxsan o‘zlari tomonidan ERI orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, hujjatda yuridik shaxslarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuridik shaxsning joylashgan yeri sifatida yashash uchun mo‘ljallanmagan joy ko‘rsatilishi belgilangan.

Ko‘p kvartirali uylarda yuridik shaxslar ruxsat berilgan faoliyat turlari bo‘yicha faqat yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarda joylashtiriladi.

Istisno tariqasida, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yashash uchun mo‘ljallangan joylarda yuridik shaxslarni ruxsat berilgan faoliyat turlari bo‘yicha joylashtirishga ruxsat etiladi.
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalari elektron tarzda hisobga qo‘yilganda belgilangan shaklga muvofiq QR-kodli guvohnoma shakllanadi.

👉Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?
👉Ikkilamchi ijara shartnomasini hisobga qo‘yish
👉Mobil ilovada ERIsiz ijara shartnomasini hisobga qo‘yish
👉Talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish
👉E-ijara tizimida kommunal xizmatlar
👉Ijara shartnomasining haqiqiyligi qanday tekshiriladi?
👉Ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?
👉Yer maydoni ijara shartnomasi qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara

Административный регламент по регистрации договоров аренды недвижимости

Утвержден административный регламент предоставления государственной услуги по постановке на учет в органах государственной налоговой службы договоров аренды или безвозмездного пользования недвижимым имуществом.
👉№ПКМ-150 от 02.04.2022

Регламент предусматривает порядок постановки на учет в налоговых органах заключаемых юридическими и физическими лицами договоров:
▫️аренды;
▫️субаренды;
▫️безвозмездного пользования недвижимым имуществом.

Регистрация договоров в налоговых органах осуществляется сторонами самостоятельно в электронной форме c помощью ЭЦП в сервисе «E-ijara».

Кроме того, документом определено, что при государственной регистрации юридических лиц в порядке, установленном законодательством, в качестве места нахождения юридического лица должно быть указано место нежилого назначения.

В многоквартирных домах юридические лица по разрешенным видам деятельности размещаются только в нежилых помещениях.

В виде исключения в случаях, предусмотренных законодательством, допускается размещение юридических лиц по разрешенным видам деятельности на объектах жилого назначения.

После электронной регистрации договоров аренды недвижимого имущества формируется сертификат с QR-кодом в соответствии с установленной формой.

👉Как устроен интерактивный сервис Е-ijara?
👉Как зарегистрировать договор субаренды?
👉Зарегистрировать договор в мобильном приложении без ЭЦП
👉Регистрация договора аренды со студентами
👉Коммунальные услуги в системе E-ijara
👉Как проверить подлинность договора аренды?
👉Как аннулировать договор аренды?
👉Как зарегистрировать договор аренды земельного участка?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#marketplace

Marketpleys-cheklari shaxsiy kabinetda aks etadi

To‘lov tizimlari operatorlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashmoqda:

🔹2022-yil 1-fevraldan boshlab to‘lov tashkiloti, tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), shuningdek, elektron tijorat platformalari — “Marketpleys”-larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar bo‘yicha tranzaksiyalarning (“P2P”, kredit to‘lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o‘rnatilgan.

👉 PQ-5252-son 5-band 4.10.2021

Endi marketpleys orqali savdo va pullik xizmatlarni hisobga olish (tovar va xizmatlar savdosi uchun onlayn platforma) yangi axborot bo‘limida aks etadi.

▫️My.soliq.uz saytida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi “YuSh onlayn-NKM va virtual kassalar ma’lumotlari” xizmatlariga marketpleyslar orqali kelib tushgan barcha cheklar aks etuvchi “Marketpleys cheklari” bo‘limi qo‘shildi.

▫️Qidiruv tizimida Fiskal modul ID va chek berilgan sanani kiritib zarur marketpleys cheklarini topish mumkin.

Eslatib o'tamiz: marketpleys orqali shakllangan daromadlar avtomatik ravishda aylanmadan olinadigan soliq hisoboti 1-ilovasining tegishli satrlarida shakllanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#marketplace

В персональном кабинете отражаются маркетплейс-чеки

Операторы платежных систем интегрируются с информационными системами налоговых органов:

🔹установить с 1 февраля 2022 года требование обязательного отображения автоматически формируемой и интегрированной с информационными системами налоговых органов фискальной отметки в электронных чеках транзакций (за исключением «P2P», кредитных платежей) по торговле и платным услугам, осуществленных дистанционно посредством электронных платежных услуг (в том числе мобильными приложениями), а также информационными системами электронных коммерческих платформ – «маркетплейсов».

👉 пункт 5 ПП №5252 от 4.10.2021

Теперь учет по торговле и платным услугам через маркетплейсы (онлайн-площадка для торговли товарами и услугами) отображается в новом информативном функционале.

▫️На сайте my.soliq.uz в персональном кабинете налогоплательщика в разделе «Информация об онлайн-ККМ и виртуальных кассах» добавлен раздел «Маркетплейс-чеки», в котором отображаются все чеки, поступающие из маркетплейса.

▫️ В поисковике путем ввода ID фискального модуля, срока выдачи чека можно найти нужный маркетплейс-чеки.

Напоминаем: общие доходы, сформированные посредством маркетплейса, автоматически формируются в соответствующих строках Приложения №1 к Расчету по налогу с оборота.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

☝️15 aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni

Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyoti va kuch-qudratini, xalqimiz farovonligi va tinchligini taʼminlashga xizmat qiluvchi muhim manbadir. Ularni o‘z vaqtida to‘lash fuqarolik burchimizdir.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini soliq organi yoki bank bo‘limlariga borib, shuningdek Payme, Click va boshqa mobil ilovalar orqali to‘lash mumkin.

⚡️soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

👉Jismoniy shaxslar to‘lashi lozim bo‘lgan mol-mulk va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qanday olishi mumkin?

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?

👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?

👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining “Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 148-son qarori qabul qilindi. (2.04.2022-yil)

Qarorga muvofiq majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari va mahsulotlar turlari guruhlar boʻyicha belgilandi:

1-guruh – changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich
va muzlatkich, televizor va monitor – 2022-yil 15-apreldan boshlab;

2-guruh – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkich – 2022-yil 1-avgustdan boshlab;

3-guruh –
suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar – 2022-yil 1-noyabrdan boshlab.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
✔️raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari roʻyxati;
✔️ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, ulgurji va chakana savdo tashkilotlar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafiklari;
✔️maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizom.

Maishiy texnika mahsulotlarini tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash joriy qilingan kundan boshlab:
▪️Oʻzbekiston hududida majburiy raqamli markirovkasiz ishlab chiqarish hamda ular import qilinganda agregatsiyalangan import kodi boʻyicha maʼlumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.
▪️6 oy mobaynida markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarini ulgurji va chakana savdo tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy ravishda bepul raqamli markirovkalanishga ruxsat beriladi;
▪️9 oy oʻtgach ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan keyingi aylanma ishtirokchilariga taqsimlashfaqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan holda amalga oshiriladi;
▪️12 oydan soʻng barcha aylanma ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash faqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan holda amalga oshiriladi;
▪️1 yildan so‘ng Oʻzbekiston hududida raqamli markirovkasiz sotish taqiqlanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob

- Yuridik shaxs tomonidan qoldiq qiymati 100 million so‘m bo‘lgan asosiy vosita (avtomobil) 20 million so‘mga sotilganda, EHF qanday rasmiylashtiriladi? Soliq kodeksiga muvofiq, sotish qiymati qoldiq qiymatdan past bo‘lganligi sababli, ushbu operatsiya soliq solinadigan baza kiritilmasligini inobatga olib, ushbu holat aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha hisobotda qanday aks ettiriladi

Aylanmadan olinadigan soliq uchun soliq solinadigan baza jami daromad hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 463-modda

Jami daromadga har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim bo‘lgan daromadlar, xususan, amortizatsiya qilinadigan aktivlarning chiqib ketishidan olingan daromad kiradi.
👉Soliq kodeksi 297-modda

Amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) amortizatsiya qilinadigan aktivning chiqib ketishidan olinadigan daromaddan uning qoldiq qiymatini chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
👉Soliq kodeksi 298-modda

Soliq kodeksi 248-moddasining 4-qismida belgilangan hollarda va tartibda soliq bazasiga tovar (xizmat)larning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritish natijasida olingan daromad ham jami daromadga kiradi.
👉Soliq kodeksi 297-modda 25-1 qism

Agar bitimning narxi tovar (xizmat)larning bozor qiymatidan past yoki yuqori bo‘lsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq to‘lovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yo‘li bilan nizolashishga haqli.
👉Soliq kodeksi 248-modda 4-qism

Sizning vaziyatingizda, asosiy vosita – avtomashinani sotishdan olingan (olinishi lozim bo‘lgan) mablag‘lar miqdori uning qoldiq qiymatidan kamligi inobatga olinganda buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga muvofiq tasarruf etishdan olingan moliyaviy natija zarar hisoblanadi va aylanma solig‘i uchun soliq bazasi mavjud bo‘lmaydi. Hisobvaraq-faktura tovar (avtomobil) ning qiymatini bitim taraflari tomonidan qo‘llaniladigan narx, ya’ni sotish narxidan kelib chiqqan holda tuziladi. Lekin bunda, agar ushbu asosiy vositani sotish bo‘yicha bitim narxi bozor qiymatidan past bo‘lsa, soliq organlari soliq nazoratini amalga oshirishda soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish huquqiga ega bo‘ladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#вопрос_ответ

- Юрлицо реализует свое основное средство (автомобиль) по цене 20 млн сумов, при условии, что остаточная стоимость составляет 100 млн сумов. Как выставить ЭСФ? Как подготовить отчет по налогу с оборота с учетом того, что согласно НК РУз при данной операции нет налогооблагаемой базы, т.к. цена реализации ниже остаточной стоимости

- Налоговой базой для налога с оборота является совокупный доход.
👉ст.463 НК

В совокупный доход включаются доходы, причитающиеся к получению (полученные) в любой форме и (или) от любой деятельности, в частности и доход от выбытия амортизируемых активов.
👉ст.297 НК

Финансовый результат (прибыль или убыток) от выбытия амортизируемого актива определяется вычитанием из дохода от выбытия амортизируемого актива его остаточной стоимости.
👉ст.298 НК

В совокупный доход также включается доход, полученный в результате корректировки налоговой базы исходя из рыночной стоимости товаров (услуг) в случаях и в порядке, установленных ч.4 ст.248 НК.
👉п.25(1) ст.297 НК

Налоговые органы вправе скорректировать налоговую базу, если цена сделки ниже либо выше рыночной стоимости товаров (услуг). Налогоплательщик вправе оспорить такое решение, представив обоснование того, что цена сделки соответствует рыночным ценам и не направлена на уклонение от налогообложения.
👉ч.4 ст.248 НК

Таким образом, в приведённой Вами ситуации, принимая во внимание то, что суммы средств, полученных (подлежащих получению) от продажи основного средства – автомобиля, меньше его остаточной стоимости, и соответственно, финансовый результат от выбытия амортизируемого актива согласно данных бухгалтерского учёта является убыточным, налоговая база для налога с оборота отсутствует. Счёт-фактура оформляется с отражением стоимости товара (автомобиля) исходя из применённой сторонами сделки цены, т.е. цены продажи. Но при этом налоговые органы при проведении налогового контроля вправе будут скорректировать налоговую базу, если цена сделки по продаже этого основного средства будет ниже рыночной стоимости.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram