Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.4K subscribers
7.91K photos
1.89K videos
158 files
8.35K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ba'zi texnik jihozlar QQS va aksiz solig'idan ozod etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O‘RQ-992-son, 05.11.2024-yil

Hujjatga muvofiq:

🔹 Maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi
Soliq kodeksining 246-moddasi

🔹shuningdek, ushbu texnik vositalar aksiz solig'iga tortilmaydi.
👉Soliq kodeksining 284-moddasi
________
#новое_в_законодательстве

Некоторые технические средства освобождаются от НДС и акцизного налога

Законом Республики Узбекистан в Налоговый кодекс внесены изменения и дополнения.
👉№ ЗРУ-992 от 05.11.2024 г.

В соответствии с ними:

🔹освобождается от НДС ввоз на территорию Республики Узбекистан технических средств системы оперативно-розыскных мероприятий, приобретаемых специально уполномоченным государственным органом;
ст.246 НК

🔹также эти технические средства не облагаются акцизным налогом.
👉ст.284 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingi Soliq kodeksiga kiritildi

Yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi.
👉 OʻRQ-1000,15.11.2024-yil

👉Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa 3 kunlik muddatda qaytariladi;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi*
*bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipakchilik sohasiga soliq imtiyozlari berildi

Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimchalar kiritildi.
👉 OʻRQ-1001-son, 15.11.2024 y.

Pillachilikni yanada rivojlantirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, aholi bandligini taʻminlash va daromadlarini koʻpaytirish maqsadida

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha:

▫️jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirishdan (kasanachilik) olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;

▫️ pilla yetishtiruvchi yuridik shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari ijtimoiy soliq toʻlashdan ozod etildi. Bunda boʻshagan mablagʻlar kasanachilarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirishi shart hisoblanadi;

▫️pilla yetishtirish sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsienti qoʻllanilgan holda hisoblanadi.

Maʻlumot uchun. Ilgari jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik)dan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yuridik shaxslarning esa kasanachilik bilan shugʻullanuvchilarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlaridan ijtimoiy soliq toʻlangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads