Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.9K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
148 files
8.28K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #raqamli_markirovka

Majburiy raqamli markirovkalash lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosi tartibga solinadi

Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalash lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosini tartibga solish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi
👉VMQ-478-son 03.08.2024-yil.

Qaror ijrosi doirasida Soliq qoʻmitasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

🔹 01.09.2024-yilga qadar alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari, maishiy texnika va dori vositalari chakana savdosi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlarining “Asl belgisi” milliy axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtganligi hamda raqamli markirovkalash talablariga rioya etilayotganligini nazoratga olish.
Bunda 2024-yil 10-avgustga qadar markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlari xatlovdan oʻtkazilishi haqida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda rasmiy eʼlon joylashtiriladi;

🔹2026-yil 1-avgustga qadar qalbaki raqamli markirovkalangan va/yoki kontrafakt mahsulotlarni import qiluvchi, ishlab chiqaruvchi hamda ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi subyektlarga nisbatan mazkur mahsulotlarni musodara qilgan holda, jinoiy javobgarlikka tortish normalarini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

🔹Bir hafta muddatda Soliq qoʻmitasida raqamli markirovkalash qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha alohida tuzilma tashkil etish;

🔹2024-yil davomida Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari uchun raqamli markirovka qoidalari, shuningdek, raqamli markirovka tizimi bilan ishlash boʻyicha oʻquv va koʻrgazmali seminarlar oʻtkazib borish hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish choralarini koʻrish;

🔹Bir oy muddatda majburiy raqamli markirovkalash tartiblari shu jumladan, markirovka kodlarini chop etuvchi (tipografiya) hamda tegishli uskunalarni yetkazib beruvchi (integrator) korxonalar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-sayti hamda “Soliq” mobil ilovasida joylashtirish;

🔹2024-yil 1-noyabrga qadar raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarning ulgurji savdosini faqat naqd pulsiz shaklda sotish talabini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy xujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

🔹2024-yil 1-dekabrga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, ulgurji va chakana savdoni tizimlashtirish hamda markirovkalash qoidalarini belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasining “Savdo toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Shu bilan birga, raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini toʻxtatmoqchi boʻlganda, tuman (shahar) soliq inspeksiyasini bir oy oldin xabardor qilish tartibi joriy etiladi.
Bunda soliq inspektori 3 ish kunida chakana savdo huquqi uchun yigʻimlarning toʻliq toʻlanganligi hamda alkogol, tamaki va pivo mahsulotlarining ombordagi qoldiqlarini xatlovdan oʻtkazadi.

Bundan tashqari, qaror bilan majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori
oshiriladi

2024-yil 1-sentabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 %ga oshirilib, quyidagi miqdorlarda baelgilanadi:
▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
▫️yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
▫️nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m.

2024-yil 1-oktabrdan:

🔹budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, “Mehribonlik” va Bolalar uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 %ga;

🔹budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;

🔹MHTEKM - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

🔹BHM - bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilanadi.
__________
#новое_в_законодательстве

Заработные платы, пенсии и пособия повышаются

С 1 сентября 2024 года размеры пенсий и пособий на 15% и устанавливаются в следующих размерах:
▫️базовая величина исчисления пенсии – 428 000 сумов в месяц;
▫️минимальный размер пенсии по возрасту – 834 000 сумов в месяц;
▫️минимальный размер пенсии по инвалидности – 920 000 сумов в месяц.

С 1 октября 2024 года:

🔹размер заработной платы медицинских работников, работающих в бюджетных организациях, а также педагогических работников, работающих в дошкольных, общеобразовательных, средних специальных, профессиональных и внешкольных образовательных учреждениях и организациях, домах-интернатах «Мурувват», Детских домов и домов «Мехрибонлик», детских санаториях, повышается на 15%;

🔹размер заработной платы работников бюджетных организаций повышается на 10%;

🔹МРОТ - минимальный размер оплаты труда – 1 155 000 сумов в месяц;

🔹БРВ - базовая расчетная величина – 375 000 сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads