Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.9K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
148 files
8.28K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#aksiz_marka

Alkogol va tamaki maxsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalar joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, 2023-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. (VMQ-313 26.07.2023 yil)

▪️Yangi namunadagi
aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab:
▫️ ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki maxsulotlarini ishlab chiqarishda (import kilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi;
▫️yangi namunadagi aksiz markalarini xarid qilish uchun faqat import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda “Davlat belgisi” DUKga murojaat qilishlari mumkin.
▫️ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin 12 oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda savdodan olinadi.

🗓 Aroq mahsulotlarining saqlash va yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil ravishda 24 oygacha, Sog‘likni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda 24 oydan ortiq etib belgilanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM