Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
151 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#savol_javob

Ma'lumki oliy ta'lim muassasasida shartnoma asosida o'qiyotgan talabalar uchun soliqdan imtiyozlar bor, ushbu imtiyoz Bank-moliya akademiyasi talabalari uchun tatbiq etiladimi

Jismoniy shaxslarning soliq solinishi lozim boʼlgan ish haqi va boshqa daromadlari Oʼzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʼzining (yoshidan qat'iy nazar), 26 yoshga toʼlmagan farzandlarining yoki 26 yoshga to'lmagan turmush oʼrtogʼining taʼlimi uchun toʼlovga yoʼnaltirilsa, ushbu daromadlariga soliq solinmaydi (Soliq kodeksi, 378-modda, 16-band).

Oʼzbekiston Respublikasi oliy oʼquv yurtlarida oʼqish uchun toʼlov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda naqd pulda, omonat, hisob raqam yoki plastik karta orqali toʼlanganda, soliq imtiyozi jismoniy shaxsning soliq organiga jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiyani topshirish yoʼli orqali beriladi.

Oʼzbekiston Respublikasida oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura taʼlim dasturlarini amalga oshiradigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan va oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari asosida faoliyatini olib boradigan Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarga qarashli boʼlgan oliy taʼlim muassasalari oliy oʼquv yurti sifatida tan olingan (АV-2107,25.07.2010 y.).

Bank-moliya akademiyasi va yuqoridagi talablarga javob beradigan oliy oʼquv yurtlari, shuningdek, professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning oʼqishi uchun kontrakt toʼlovlariga yoʼnaltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq,

🗓01.04.2022-yildan 01.01.2025-yilgacha:

- chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
- mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
- avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
- transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish;
- kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash;
- agro va veterinariya;
- ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 % etib belgilanadi.

Ushbu stavka yuqoridagi faoliyat turlaridan olingan daromad soliq davrida jami daromadning kamida 60 %ini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 000 m² dan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari, ular egallagan yer uchastkalari uchun
🗓01.01.2022-yildan 01.01.2027-yilgacha:

🔸yer va mol-mulk solig‘i stavkalari 90 %ga kamaytiriladi;

🔸 foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini 2 yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish huquqi beriladi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tuman va shaharlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun

🗓01.04.2022-yildan 01.01.2025-yilgacha:

♻️ aylanmadan olinadigan soliq – 1 %;

🏘 mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan summaning 1 %i miqdorida belgilanadi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🗓01.04.2022-yildan qishloq joylarda antenna-machta metall konstruksiyalari, ularga o‘rnatilgan va ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar, egallagan yer uchastkalari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🗓01.01.2024-yilgacha jismoniy shaxslar tomonidan mahallalararo savdo-xizmat ko‘chalari bo‘yida joylashgan turar joy obyektlari:

- chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
- mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
- avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
- transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish;
- kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash;
- agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish;
- ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha noturar joy obyekti toifasiga o‘tkazilganda mol-mulk va yer solig‘ini jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan stavkada to‘laydi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#seminar

DSQ raisi o‘rinbosari buxorolik tadbirkorlarga "E-aktiv" tizimi, soliq xavfi mezonlari va mol-mulk solig‘i bo‘yicha berilgan yengilliklar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2022-yil 31-yanvar

- bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(PQ-73-son 15-band, 30.12.2021);

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(PQ-73-son 15-band, 30.12.2021);

- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(PQ-73-son 15-band, 30.12.2021);

- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(PQ-73-son 15-band, 30.12.2021).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ 31 января 2022 года крайний срок

- представления справки о сумме налога за текущий налоговый период для исчисления размера авансовых платежей по налогу на имущество
(п.15 №ПП-73 от 30.12.2021);

- представления налоговой отчетности по земельному налогу по землям несельскохозяйственного назначения
(п.15 №ПП-73 от 30.12.2021);

- уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога
(п.15 №ПП-73 от 30.12.2021);

- уплаты налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога на имущество
(п.15 №ПП-73 от 30.12.2021).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#seminar

DSQ rahbariyatining namanganlik tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan navbatdagi muloqoti Prеzidеntimizning PQ-104-son qarori mazmun-mohiyatiga bag'ishlandi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram