Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98K subscribers
8.36K photos
2.08K videos
167 files
8.82K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #4_sektor

Bekobod: DSQ maxsus shtabi faoliyatidan

📍Toshkent viloyati Bekobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hudud aholisi turmush farovonligini oshirish masalalariga Davlat soliq qo‘mitasi raisi masʼul etib biriktirilgan.

📚Bugun hududda maxsus shtab ishchi guruhi tomonidan mahallabay kesimda muammolar o‘rganilib, fuqarolar bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta'mirlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Batafsil: "Maxsus reportaj" ko‘rsatuvida

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tanlov

Davlat soliq xizmati organlari vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov o‘tkazishda yetakchi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining maʼlumotiga ko‘ra, 2021-yilning o‘tgan 9 oyi davomida Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 2 243 ta vakant lavozim uchun ochiq tanlovlar eʼlon qilingan. Bu vazirlik va idoralar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Umuman, joriy yilning 1-oktabr holatiga respublikaning 60 dan ortiq vazirlik va idoralari hamda barcha tuman (shahar) hokimliklaridagi 13 827 ta vakant lavozimlar bo‘yicha tanlovlar eʼlon qilinib, jami 212 mingdan ziyod nomzod tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirgan.

Taʼkidlash lozim, bugungi kunda davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish faqat Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi portali orqali ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshirilmoqda.

Tanlovlar meritokratik, shaffoflik va xolislik prinsipi asosida o‘tkazilib, unda ijobiy natijalarni qayd etgan nomzodlar munosib lavozimlarga ishga qabul qilinmoqda.

Bu – soliq xizmati organlari tizimida korrupsiyaning oldini olish, malakali kadrlarni raqobatbardosh zaxirasini shakllantirish va bo‘sh ish o‘rinlarini o‘z vaqtida to‘ldirib borishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2021-yil 1-oktabrdan tabiiy gaz eksportiga aksiz solig‘i stavkasi nol foiz bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Geologiya-qidiruv ishlarini yana-da rag‘batlantirish va yer qaʼridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. (PF-6319-son 6.10.2021)

Unga ko‘ra 2022-yil 1-yanvardan

♻️Muhim tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar va boshqa turdagi rudali foydali qazilmalar obyektlari bo‘yicha geologik o‘rganish yoki avval o‘rganilgan yer qaʼri uchastkasida qazish ishlari uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini tanlov savdolariga chiqarishning maxsus tartibi o‘rnatiladi.
Bunda:
▫️sotuv summasi yer qaʼridan foydalanish huquqi uchun bonus summasi sifatida qaraladi va tanlov savdolari tashkilotchilari xarajatlarini chegirgan holda respublika byudjetiga o‘tkaziladi;
▫️tanlov savdolari tashkilotchisi yoki tanlov savdolari ishtirokchilari qonunchilikda belgilangan tartibda foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq stavkalarini oshirilgan miqdorda taklif qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Quyidagilar bekor qilinadi:
▫️foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun undiriladigan tijoratbop topilma bonusi;
▫️foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan imzoli bonus.

🌋Geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i solish obyekti hisoblanmaydi.

Ajratilgan maydon va foydali qazilma turlaridan kelib chiqib, geologik o‘rganishlar uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya to‘lovi joriy qilinadi.
Mazkur to‘lovdan tushgan mablag‘lar quyidagilarga yo‘naltiriladi:
▫️70 foizi – respublika byudjetiga;
▫️15 foizi – viloyat mahalliy byudjetiga;
▫️15 foizi – tuman (shahar) mahalliy byudjetiga.

Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplab berish ariza berilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

🧾2021-yil 1-oktabrdan boshlab tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi nol foiz miqdorida belgilanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#новое_в_законодательстве

Ставка акцизного налога при экспорте природного газа с 1 октября 2021 года равна ноль процентов

Принят Указ Президента Республики Узбекистан «О мерах по дальнейшему стимулированию геологоразведочных работ и совершенствованию порядка налогообложения недропользователей» (УП-6319 от 6.10.2021г.)

Согласно документу с 1 января 2022 года

♻️ устанавливается специальный порядок выставления на конкурсные торги права пользования участком недр для геологического изучения или добычи на ранее разведанном участке недр углеводородов, драгоценных, цветных, редких и радиоактивных металлов и иных видов объектов рудных полезных ископаемых, имеющих существенный коммерческий потенциал.
При этом:
▫️сумма реализации рассматривается в качестве суммы бонуса за право пользования недрами и перечисляется в республиканский бюджет;
▫️организаторы или участники конкурсных торгов имеют право предлагать повышенный размер налоговых ставок по отдельным видам налогов при добыче (извлечении) полезных ископаемых в порядке, установленном законодательством.
Отменяются:
▫️бонус коммерческого обнаружения, взимаемый за право добычи полезных ископаемых,
▫️подписной бонус, взимаемый за право осуществления деятельности по поиску и разведке полезных ископаемых.

🌋Земельные участки, отведенные для проведения геологоразведочных и (или) изыскательских работ, не являются объектом налогообложения земельным налогом с юридических лиц.

Вводится ежегодный лицензионный платеж за пользование недрами для геологического изучения, исчисляемый исходя из отведенной площади и видов полезных ископаемых.
Средства, поступившие с данного платежа, направляются:
▫️70 % – в республиканский бюджет Республики Узбекистан;
▫️15 % – в местные бюджеты областей;
▫️15 % – в местные бюджеты районов (городов).

Юридическим лицам, осуществляющим геологоразведочные работы, возмещение суммы налога на добавленную стоимость производится не позднее 30 дней со дня подачи заявления.

🧾 При реализации природного газа на экспорт ставка акцизного налога устанавливается в размере ноль процентов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

🖋Vazirlar Mahkamasining 595-son qarori bilan soliq to‘lovchilarni QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi belgilandi

📌Hujjatga ko‘ra soliq organlari tomonidan ularning faoliyati 7 kunlik muddatda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlildan o‘tkaziladi va soliq xavfining;
🟢past,
🟡o‘rta
,
🔴yuqori darajalariga ajratiladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan QQS to‘lovchilari va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun:

Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan avtomat tizimida aks ettirish va xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yo‘q qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdan mazkur tizimga kiritish MAJBURIY hisoblanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hamkorlik

Davlat soliq qo‘mitasi MDHga a'zo davlatlar soliq organlari rahbarlari Muvofiqlashtiruvchi Kengashining XXVIII yig‘ilishida ishtirok etdi

2021 yil 8-oktabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari MDHga a‘zo davlatlar soliq organlari rahbarlari (MDH SORMK) Muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi XXVIII yig‘ilishida ishtirok etdi. Uchrashuv videokonferensaloqa formatida bo‘lib o‘tdi.

MDHga a'zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va 2021-2022 yillarga belgilangan vazifalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev davlatimizda soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati va samaradorligi haqida ma'ruza qildi. Soliq qonunchiligini takomillashtirish, davlat soliq organlarini transformatsiya qilish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq ma'muriyatchiligiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirda soliq va soliq sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, MDH mamlakatlarida soliq tekshiruvi samaradorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.
___________________
#сотрудничество

Государственный налоговый комитет Республики Узбекистан принял участие в XXVIII заседании Координационного совета руководителей налоговых служб государств – участников СНГ

8 октября 2021 года специалисты Государственного налогового комитета выступили на очередном XXVIII заседании Координационного совета руководителей налоговых служб государств – участников СНГ (КСРНС). Заседание прошло в формате видеоконференции.

Были обсуждены перспективы развития взаимодействия государств-участников СНГ в экономической сфере и планы по реализации поставленных на 2021 – 2022 годы задач.

С докладом выступил заместитель председателя ГНК Джахонгир Абдиев, который рассказал о важности и результативности политики, проводимой правительством страны в налоговой сфере. Был рассмотрен опыт Узбекистана в совершенствовании налогового законодательства, трансформации органов государственной налоговой службы, упрощению системы налогообложения и внедрения современных информационных технологий в налоговое администрирование.

В ходе мероприятия затронуты вопросы профессиональной переподготовки и повышения квалификации кадров в сфере налогов и налогообложения, усиления эффективности налоговых проверок в странах-участницах СНГ.

Стороны обменялись мнениями по укреплению дружеских связей и дальнейшему развитию взаимовыгодного сотрудничества.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisobotlari #JSHSHIR

Daromad solig‘i hisobotlarida JSHSHIR (ПИНФЛ) maʼlumotlarining kiritilishi va hisobot shakli to‘ldirilishiga oid maxsus videoqo‘llanma.

Eslatma! 2021-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobotlari JSHSHIR maʼlumotlari muvofiqligi asosida qabul qilinishi belgilangan. (PF-6191-son)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onatilimfaxrim

Davlat soliq qo‘mitasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan joriy yil 9-oktabrda Davlat soliq qo‘mitasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlarining oila a’zolari va farzandlari ishtirok etdi.

Dastlab “Mening dadam (onam) – soliqchi” tadbirlari doirasida bolajonlar o‘rtasida rasm chizish, shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, farzandlar uchun qo‘mita binosi bo‘ylab tadbir tashkilotchilari hamrohligida ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida soliqlar nima va u nimalarga sarflanishi haqida bolalarga xos sodda tilda ma’lumotlar berildi. Bolajonlar ota-onalari va umunan davlat soliq xizmati organlarida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida tasavvurga ega bo‘ldi.

Shuningdek, ular “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida #onatilimfaxrim heshtegini targ‘ibotida ishtirok etib, o‘zbek tili mavqeyini mustahkamlashga hissa qo‘shdi.

Bundan tashqari, “Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik” shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Xodimlar farzandlari uchun turli qiziqarli badiiy kitoblar xarid qildi.

Bayramona tadbir yakunida musobaqalar g‘oliblari e’lon qilinib, ularga diplomlar, faxriy yorliqlar va DSQning maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram