Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.4K subscribers
8.03K photos
1.94K videos
161 files
8.49K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.
_____
#налог_на_имущество #земельный_налог

Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq

Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5% miqdorida saqlanib qolindi.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq bazasi 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida — 3,3 mln so'm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln so'm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln so'm.
👉 2024-yilda 1 metr kvadrat uchun minimal qiymat

Mol-mulk solig'idan quyidagi qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari ozod etiladi:

📉 100 kVtgacha bo‘lgan – qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari ishga topshirilgan oydan e'tiboran 3 yil muddatga, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda esa – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran 10 yil muddatga;

📈 100 kVt va undan ortiq bo‘lgan – ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga.

Yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binolari bo‘yicha soliq to'lovchilar hisoblangan soliq summasini belgilangan pasaytiruvchi koeffitsientlar bilan to‘laydilar:
0,9 - uch qavatli binoga nisbatan,
0,8 - to'rt qavatli binoga nisbatan,
0,7 - besh qavatli binoga nisbatan,
0,6 - olti qavatli binoga nisbatan,
0,5 - yetti va undan ortiq qavatli bino uchun.
Ushbu binolar uchun foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘laydi.

Pasaytiruvchi koeffitsient quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
🔸mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalarni, xususan, ofis uchun va o'zi ishlab chiqargan mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun xonalarni, tegishli kasbni egallash uchun tashkil etilgan o'quv-ishlab chiqarish xonalarini, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binosi umumiy maydonining 20%idan oshmasa;
🔸agar binodan bir nechta xo'jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish maqsadlarida birgalikda foydalanayotgan bo‘lsa, binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llaniladi.
❗️Bundan respublika shaharlarida, shuningdek Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar mustasno.

👉Soliq kodeksi 414-moddasi

Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek, mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar, ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari uchun soliq stavkasi 0,65% miqdorida belgilandi (avval 0,6% edi).
👉Soliq kodeksi 415-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari o'zgardi

Jismoniy shaxslarning uy-joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun ❗️Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.

👉Soliq kodeksi 422-moddasi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatganlik uchun soliq imtiyozlari

Quyidagi jismoniy shaxslar soliq summasini kamaytirishi mumkin:

📉uy -joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) foydalanuvchi shaxslar – o'rnatilgan oydan e'tiboran 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda – mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran – 10 yil davomida.

❗️Soliq summasi 2 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.

Imtiyoz faqat 1 marta 1 ta uy-joy fondi ko'chmas mol-mulk obyektiga nisbatan energiya ta'minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma'lumotnomaga asosan beriladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

👉Soliq kodeksi 421-moddasi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
Soliq mobil ilovasi orqali.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

2025-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllari

Boʻnak toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shaklini soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʻtiboran 30 kundan kechiktirmay koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 417-modda

Yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻini hisoblash uchun soliq bazasi 1 m² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:

📍Toshkent shahrida — 3,3 mln soʻm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln soʻm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln soʻm.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi 412-modda

Joriy yil 10-yanvarga qadar barcha xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan eng kam qiymatga koeffitsiyentlar tasdiqlangan holda soliq organlariga taqdim etildi. (Surxondaryo va Navoiy viloyatlaridan tashqari)

❗️Hozirda kamaytiruvchi koeffitsiyent tasdiqlanmagan hududlarda mol-mulk soligʻi hisobotini belgilangan eng kam qiymat asosida taqdim etish imkoniyati mavjud.

2025-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS toʻlovchilar uchun – 10401_33;
▫️ AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar uchun – 10401_34.

📌Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllarini taqdim etishlari talab etilmaydi.

🔹 Yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarining toʻlash muddatlari:
▫️ AOS toʻlovchi subyektlar uchun – yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
▫️AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan subyektlar uchun – yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
📌Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.

👉2025-yilda: yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi boʻyicha
1. Ko'chmas mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
2. Mustaqil baholash natijalarini taqdim etish
3. Imtiyozlardan foydalanish boʻyicha qoʻllanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i

❗️20-yanvar - boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy yil uchun mol-mulk solig'i summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5%.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq bazasi 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida — 3,3 mln so'm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln so'm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln so'm.

👉Ko'chmas mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
👉Mustaqil baholash natijalarini taqdim etish
👉Imtiyozlardan foydalanish boʻyicha qoʻllanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Agar yuridik shaxs egaligida ko‘chmas mulk yoki yer uchastkasi bo'lmasa, mol-mulk va yer soliqlari bo'yicha soliq hisobotlari taqdim etilmaydi.
______
#онлайн_семинар
#земельный_налог #налог_на_имущество

Если у юридического лица нет в собственности недвижимого имущества или земельного участка, отчетность по налогу на имущество и земельному налогу не представляется.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads