Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.9K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
148 files
8.28K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#foyda_soligi #imtiyoz

Foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini kimlar qo‘llashi mumkin?

🔹Quyidagilar foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli:


▪️2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar – soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi 1 soliq davri* mobaynida. Bunda pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan kalendar yilda jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, korxona 2023-yil I chorak yakuni bilan ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan bo‘lsa, keyingi soliq davri (2024-yil)da foyda soligʻining 50%ga pasaytirilgan stavkasini qoʻllashi mumkin.

▪️2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy yil mobaynida ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan foyda soligʻi toʻlovchilari. Ushbu stavka joriy va keyingi soliq davrilarida qoʻllaniladi. Bunda pasaytirilgan stavka qoʻllaniladigan yillarda jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, 2022-yil dekabrda jami daromadi ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan korxona joriy va keyingi soliq davrlarida, ya’ni 2022-2023-yillarda pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashi mumkin.

🔹Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

▫️yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari
▫️aksiz soligʻi toʻlovchilari
▫️soliq toʻlovchi tugatilganda
▫️pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlanganda.
👉 Soliq kodeksi 337-modda 11-qism

*Foyda soligʻi uchun soliq davri kalendar yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz #JShODS

Kontrakt to‘lovidan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda nimalarga e'tibor berish kerak?


Kontrakt toʻlovidan 12 % daromad soligʻini qaytarib olish uchun birinchi navbatda imtiyozdan foydalanuvchi “my3.soliq.uz” saytidan jami yillik daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya yuborish kerak.

Deklaratsiya yuborilganda, uning shaxsiy kartochkasida ortiqcha toʻlov shakllanadi va shundan soʻng ushbu ortiqcha toʻlovni qaytarish toʻgʻrisida bank plastik kartasi rekvizitlarini koʻrsatgan holda ariza taqdim etishi lozim.

Ariza 5 kun muddatda koʻrib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar boʻlmasa ortiqcha toʻlov summasi ariza topshirilgan kundan etiboran 15 kun ichida qaytarib beriladi.

Ma'lumot uchun: professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉Soliq kodeksi 378-modda


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 20-iyul dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 22-iyulga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 20 июля - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 22 июля.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️22-iyul - iyun oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
_______________
#НДС

❗️22 июля - последний день представления отчетности по НДС за июнь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi #QQS

Taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan

Oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlar, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish xizmatlari, xususan:

🔹boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus, texnik va kasb-hunar, oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim sohasidagi taʼlim xizmatlari;

🔹taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlar;

🔹maktabgacha taʼlim va tarbiya dasturlari doirasida taʼlim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda
▫️bolalarga qarash va ularni parvarishlash boʻyicha xizmatlar,
▫️toʻgaraklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQSdan ozod etilgan.

👉 Soliq kodeksi 243 modda
________
#знаете_ли_вы #НДС

Услуги в сфере образования освобождены от НДС

Оборот по реализации услуг в сфере обучения (образования), включая организацию проведения тестирования и экзаменов, освобождается от НДС. Сюда относятся:

🔹услуги в сфере начального, среднего, среднего специального, технического и профессионального, высшего и послевузовского образования;

🔹услуги по дополнительному образованию, оказываемые образовательными учреждениями (организациями), а также организациями, осуществляющими переподготовку и повышение квалификации кадров;

🔹услуги по присмотру и уходу за детьми в организациях, осуществляющих образовательную и воспитательную деятельность в рамках программ дошкольного образования и воспитания,

🔹услуги по проведению занятий с несовершеннолетними детьми в кружках, секциях (включая спортивные) и студиях.

👉ст.243 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingini joriy etish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirildi


Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
👉 VMQ-428-son, 16.07.2024

Qaror bilan barqarorlik reytingini joriy etish tartibini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida Hukumatning ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritildi:
▪️ “Qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom barqarorlik reytingi boʻyicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasining oʻrnini 1 kunda qoplanishi toʻgʻrisidagi meʼyor bilan toʻldirildi. Bunda mablag‘lar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shu kunning oʻzida qaytarib beriladi;

▪️ “Soliq tekshiruvlari tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 2-bandi “Tadirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi” degan meʼyor bilan toʻldirildi.

Soliq solish metodologiyasi boshqarmasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#искусственный_интеллект

«DavrOn», созданный на базе искусственного интеллекта, оказывает справочную поддержку налогоплательщикам в режиме 24/7. Воспользоваться услугами виртуального налогового ассистента может любой желающий.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#suniy_intellekt

Sunʼiy intellekt bazasida
yaratilgan virtual yordamchi Davr-OnOpenAI kompaniyasining GPT-4o modelidan foydalanib yaratildi. U katta xajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashga mo'ljallangan.

Savol va javoblar doimiy tahlil qilib boriladi va xato-kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularga tuzatishlar kiritiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 22-iyul

iyun oyi uchun:


- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1–2-qismlar);

- agar iyun oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3–4-qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

II chorak uchun:

- maxsus renta soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454(7)-modda 2–3-qismlar);

- foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 339-modda 5-qism, 340-modda 1-qism);

- elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 281-modda 3–4-qismlar).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 22 июля 2024 года последний день

за июнь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в июне были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 ст. 454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за II квартал:

- представления налоговой отчетности и уплаты специального рентного налога
(ч.2-3 ст.454(7) Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты налога на прибыль
(ч.5 ст.339 и ч.1 ст.340 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты НДС иностранными юрлицами, оказывающими услуги в электронной форме
(ч.3-4 ст.281 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM