Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.4K subscribers
7.9K photos
1.89K videos
158 files
8.34K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilar foydasiga:

🔸soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvlari bo'yicha 52,2 mlrd so‘m;
🔸kameral soliq tekshiruvlari boʻyicha 146,5 mlrd so‘m miqdoridagi qarorlar bekor qilindi.
__________
#цифровизация #обжалование

Налоговый комитет отменил в пользу налогоплательщиков решения:

🔸по налоговым аудитам и выездным налоговым проверкам на сумму 52,2 млрд сумов;
🔸по камеральным налоговым проверкам на сумму 146,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iste'molchilarga to‘langan keshbek 1 trln so‘mdan oshdi

🗓Mart oyida 2,2 mln nafarga yaqin iste'molchilar tomonidan 118 mlrd so‘mdan ortiq keshbek yig‘ildi.
Ayni paytda 1,6 mln nafarga yaqin iste'molchiga 76,3 mlrd so‘m to‘lab berildi.

🧮Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun yana 1,2 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

📈Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 79 mlrd so‘mdan oshdi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

🔸soliq hisobotlari topshirilishi;
🔸hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
🔸soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etiladi yoki tasdiqlanmaydi

👉Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

👉Keshbek tasdiqlanishi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#кешбэк

Сумма выплаченного потребителям кешбэка превысила 1 трлн сумов

🗓В марте около 2,2 млн потребителей накоплено 118 млрд сумов кешбэка.
В настоящее время около 1,6 млн потребителей выплачено 76,3 млрд сумов кешбэка.

🧮Также в результате устранения недостатков подтверждено ещё 1,2 млрд сумов кешбэка за прошлые месяцы.

📈Общая сумма кешбэка, выплаченного через мобильное приложение Soliq, превысила 1 трлн 79 млрд сумов.

Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства:
🔸представят налоговую отчётность;
🔸устранят недостатки в отчётности;
🔸погасят налоговую задолженность.

👉Как узнать, за какие чеки и почему не подтвержден кешбэк?

👉
Для получения кешбэка необходимо пройти Face ID

👉Подтверждение кешбэка

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar
ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettiriladi.
❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil
______
#новое_в_законодательстве

С 1 мая 2023 года до 1 января 2025 года
работодателям продолжат возмещать из Государственного бюджета суммы социального налога, уплаченного за работников в возрасте до 25 лет.
❗️За исключением бюджетных организаций, государственных предприятий, юрлиц, в уставном фонде (капитале) которых доля государства составляет 50% и более.
👉
УП-61 от 26.04.2023

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#YTT

YTT tomonidan yollangan xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan

2023-yilgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizini (150 ming so‘m) tashkil etar edi.

2023-yildan mazkur soliq summasi yiliga BHMning bir baravarigacha (300 ming so‘m) kamaytirildi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno).

👉PQ‑366 30.08.2022

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#ijtimoiy_soliq

Nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 390 mln so‘mdan ortiq soliq qaytarildi

2023-yil 1-aprel holatiga 80 ta tashkilotga 310 ta ariza asosida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 390,6 mln so‘m ijtimoiy soliq qaytarildi.

Ish beruvchi ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun qanday murojaat qilishi lozim?

2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-martga qadar
ish beruvchilarga 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi.
❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PQ-57-son 21.12.2021-yil

Ariza topshirish uchun ish beruvchi:

➡️ my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetning “Xizmatlar” qatoridagi “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limidan “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bandini tanlashi lozim.
➡️ Ochilgan oynadan "Nogironlar uchun" bo‘limi tanlanadi.
➡️ Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzili va faoliyat turi) avtomatik shakllanadi.
➡️ Yil va davr (oylar) ko‘rsatilishi lozim.
➡️ Ilovadagi ariza to‘ldiriladi. Jadvalda nogironligi bo‘lgan xodimning JShShIR, soliq stavkasi, oylik maoshi summasi va oy (davr) qo‘lda kiritiladi. Agar ijtimoiy soliq summasini qaytarish arizasi bir necha oy uchun topshirilgan bo'lsa, unda har bir xodim bo‘yicha jadvaldagi qatorlar har oy uchun alohida to'ldirilishi kerak.
➡️ Jadval to‘ldirgandan so‘ng, pastki qatorlarda xodimlarning umumiy soni va qaytarilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy soliq summasi avtomatik hosil bo‘ladi.
➡️ Ish beruvchining bank rekvizitlari ham avtomatik shakllanadi.
➡️ Shundan so‘ng “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. Ariza va uning ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirib, “Arizani yuborish” tugmasini bosish lozim.

Ariza holatini “Yuborilgan arizalar” bo‘limida ko‘rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Toshkent xalqaro investitsiya forumi yangi biznes imkoniyatlarini kashf etadi

Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida II Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur forumning yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida barcha ishtirokchilarni qutlab, bu forum ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga, yangi biznes imkoniyatlarini kashf etishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Jumladan, qulay fiskal tizim yaratildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12 foizga tushirildi. Xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividendlar 3 yil muddatga foyda soligʻidan ozod qilindi. Muhimi – soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki ogʻirlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qatʼiy belgilab qoʻyildi.

Anjumanda 70 mamlakatdan 2 ming 500 ga yaqin biznes va moliya sohasi vakillari ishtirok etmoqda. Forum doirasida xorijlik sheriklarga Oʻzbekiston hududlarining investitsiya salohiyati va 160 dan ortiq yirik loyihalar taqdimot qilinadi. Investitsiya va savdo bitimlarini imzolash marosimlari boʻladi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi 28-aprel kuni yakunlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter