Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.87K photos
1.88K videos
153 files
8.31K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#korrupsiya_fiskal_institut

Davlat soliq qo‘mitasi raisi oʻrinbosaridan bo‘lajak soliqchilarga mahorat darslari

Joriy yilning 23-dekabr kuni Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mirziyod Mirvaxidovich Maxkamov tomonidan Fiskal institut talabalari shuningdek, Toshkent soliq texnikumi oʻquvchilariga "Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya va sodir etilishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy holatlarni oldini olish choralari" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida talabalar Davlat soliq qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, soliq organlari xodimlari oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish hamda xodimlarni odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitishni tashkil etish masalalari haqidagi bilimlarni egalladilar.

2021-2022-yillar davomida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish doirasida yigirmaga yaqin ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

Joriy yilning iyul oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligining 3 ta, ya’ni “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” guruhlarga toifalangan reytingida Davlat soliq qo‘mitasi faoliyati “yaxshi” deb topildi va 1-guruhdan o‘rin oldi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter